Shavkat Mirziyoyev islohotchi prezident maqomini oqlay oladimi?
Shavkat Mirziyoyev hokimiyati islohotchi prezident maqomini oqlash sinovi oldida turibdi. Mamlakatda qudratdagi hokimiyatga nisbatan muxoliflik da’vosidagi yangi siyosiy kuch paydo bo’lmoqda. Men professor Xidirnazar Olloqulov yetakchiligidagi “Haqiqat va taraqqiyot” sotsial demokratik partiyasini tuzishga oid harakatlarni nazarda tutayapman. Yangi siyosiy guruh yuzaga chiqayotganida buyurtmadan xoli, mustaqil ko’rinadi. Gap nafaqat uning yetakchisi professor Olloqulovning adolatni tiklashga bo’lgan […]
Markaziy Osiyoda koronavirus davrida siyosiy avtoritarizm kuchaymoqda
Dunyo pandemiya halokatiga qarshi kurash bilan band ekan, Tojikistonda prezident Imomali Rahmon o’g’li Rustam Rahmonni mamlakat parlamenti raisi lavozimiga ko’tardi. Tojikiston siyosiy tuzumidagi keyingi qadamlar taxtning otadan o’g’ilga tortiq qilinishi bilan davom etishi bashorat qilinmoqda. Qozog’istonda 30 yildan buyon, hatto prezidentlik vakolatidan soqit bo’lishi ortidan ham, mamlakat boshqaruvini qo’ldan bermay kelayotgan Nazarboyev hukumatiga nisbatan muxoliflarni […]
Mirziyoyevning kutilgan tanqidi va Ortiqxo’jayevning oktagon oldidagi rasmi
Butun O’zbekistonni, ayniqsa, jurnalistlarni hayajonda ushlagan so’nggi hafta sarlavhaga chiqqan voqealarning ro’y berishi bilan yakunlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning ismsiz, ammo hamma uchun tushunarli deb ko’rilgan tanqidi 22-noyabr kuni o’tgan selektor yig’ilishida aytildi. Jurnalistlarga qilingan tahdiddan so’ng jamoatchilik tomonidan uzoq kutilgan bu munosabatda prezident Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo’jayev ismini tilga olmagan bo’lsa-da, “matbuotchilar bilan muloqotda oddiy muomala madaniyatini, […]
Markaziy Osiyo hamkorligi sustlashyaptimi?
Markaziy Osiyo prezidentlari sammiti noyabr oxirida bo’lishi kutilmoqda, ammo uch bor qoldirilgan bu sammitning Toshkentda o’tishi hozircha O’zbekiston tomonidan tasdiqlangani yo’q. Mintaqaviy sammit 27-noyabr kuni Toshkentda o’tishiga doir xabar Qozog’istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning Ostonadagi chiqishida tilga olindi. Geosiyosiy jarayonlar tahlili bilan shug’ullanuvchi “Astana Club” konferensiyasida qilingan bu chiqishida Nazarboyev yig’in avval rejalanganidek 27-noyabrda Toshkentda […]
Adliya vazirligi bosh vazirlikka oid so’rovlarni “asossiz” deb tanqid qildi
O’zbekiston Adliya vazirligi parlament saylovi munosabati bilan ayrim axborot vositalari o’tkazayotgan ijtimoiy so’rovlarning qonunchilikka zid, asossizligidan ogohlantirmoqda. Ijtimoiy tarmoq kanallarida bosh vazirlikka nomzodlar bo’yicha o’tkazilgan so’rovda “Xalq demokratik partiyasi” (XDP) vakili Ochilboy Ramatov amaldagi Bosh vazir Abdulla Aripov nomzodini katta farq bilan ortda qoldirgani bilan jamoatchilik diqqatini tortgan. O’zbekiston rasmiy partiyalari kutilmaganda saylovdagi ehtimoliy g’alabalaridan […]
Qurama tog’ etaklarida, Xo’jandda o’zbegu-tojik liderlaridan minnatdor
Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka saylangach, O’zbekiston-Tojikiston o’rtasidagi munosabatlar iliqlashgandan beri yaqin ikki oy orasida ikki respublika chegaralarini ikki yuz mingdan ortiq odam kesib o’tdi. Chegaraning ochilganidan minnatdor ikki xalq rahbarlar haqqiga duo qilmoqda. “Necha yillardan beri Tojikistondagi qarindoshlaimiz diydoridan benasib edim, xudoga shukr Tohskentdan Xo’jandga uch soatda kirib keldik, aytsam ishonmaysiz, jigarlarimiz yuzimiz tugul, minib kelgan […]
Ostona sammiti Markaziy Osiyoda yangi davrdan darak
Ostonada 15-mart kuni o’tgan mintaqaviy sammit prezidentlar muhokamasidagi masalalar, imzolangan qo’shma bayonot bilan emas, aynan bo’lib o’tgani bilan ahamiyat kasb etdi. Sammit haqida OAVdagi maqolalarning aksariyatida Markaziy Osiyoda yangi davr boshlanayotganiga diqqat qaratildi. Mintaqa liderlarining salkam 10 yillik tanaffusdan so’ng o’tgan sammiti, albatta geosiyosiy talqinlarda xoli emas. “Eurasianet” sayti mintaqa liderlari muvofiqlashish uchun dastlabki harakatni […]
Qo’shtegirmon qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Tojikiston shimoli, So’g’d viloyati qadimdan tabiati go’zalligi, iqlimi turfaligi, sershashma suvga, qimmatbaho ma’danlarga boyligi bilan o’zga yurtlarni rom etib kelgan. So’g’d viloyati markazidagi qadimiy Qo’shtegirmon qishlog’i qo’shni O’zbekistonning Toshkent viloyati Bekobod shahriga tutash bo’lib, hududida Farhod GESi to’g’oni joylashgan. Strategik jihatdan nihoyatda muhim bo’lgan to’g’onga egalik bahsi hali hanuz ikki qardosh respublika o’rtasida yechilmagan bir […]
O’shdan Samarqandgacha: ikki o’lka rassomlarining ko’rgazmasi
O’sh – Samarqand – Buxoro – Toshkent. O’sh shahridagi Tasviriy san’at muzeyida davom etayotgan ko’rgazma shunday nomlangan. Taqdimot “Qirg’iziston – O’zbekiston – 2017” nomi ostida o’tkazilmoqda. Qirg’iziston va O’zbekistonlik to’rt musavvirning asarlari zikr qilingan ko’hna shaharlarning obidalari, tabiati va bugungi kunlari haqida hikoya qiladi. Shohi Zinda. Labi Hovuz. Bibi Xonim maqbarasi. Sulaymon tog’i. Oqbura daryosi… […]
Qirg’iziston Jahon Banki ko’magida muqobil yo’l qurmoqda
O’tgan yilning yozida Tojikiston shimolidagi So’g’d viloyatiga qo’shni Qirg’izistonning Batkent viloyatida mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega deb ko’rilayotgan alohida Isfana-Kolso-Kayragach avtomobil yo’li qurilishi boshlangan edi. Uzunligi 36 kilometr bo’lgan yo’l qurilishi uchun mablag’ni Jahon banki ajratgan bo’lib, qirg’iz valyutasida bu mablag’ 1 milliard 200 million somni tashkil etadi. Qurilishning strategik ahamiyati shunda ko’riladiki, Batkent viloyatining […]