
Issiqko’l – Markaziy Osiyo durdonasi
Qirg’izistonning Issiqko’li bejizga Markaziy Osiyo durdonasi, marvaridi, deb aytilmaydi. Shimoliy Tiyonshon tog’ tizmalari orasida joylashgan suv havzasi kurramizning 25 yirik ko’llari sarasiga kiradi. Chuqurligi bo’yicha oltinchi o’rinda turadi. Suvi tozaligi, juda tiniqligi bilan esa tengi yo’q – yaqin atrofda kattaroq sanoat korxonalari, tevarak-muhitni bulg’ovchi inshootlar yo’q. Issiqko’lni o’rab turgan tog’ tizmalari yam-yashil ulug’vor o’rmonlar bilan […]

Tojikistonda pishiqchilik lekin narxlar baland
Tojikiston bozorlari hozir meva-sabzavotlarga to’la. Bog’larda yetilgan sabzavot, dalalarda pishgan poliz mahsulotlari ekologik tozaligi, mazasi va chiroyi bilan kishi e’tiborini tortadi. Ayni kunlarda uy bekalari bozordan, yordamchi xo’jaliklaridan keltirgan meva-sabzavotlarda qishga “qo’r” qilishmoqda – banka berkitishmoqda. “Bu yilgi bozorimizjuda to’kin. To’g’ri, mevalar oldingi yilllardagidan qimmatroq. Shaftolini 3 somondan, bulg’or qalampini 2 somondan, pomidorni bir yarimdan, […]
Sada bayrami haqida bilasizmi?
Qish fasli yakunlanib, bahor boshlanishi oldidan Sada sayli o’tkaziladi. Sovet davrida ancha unutilgan bu an’ana mustaqillik yillarida tiklangan. 1990-yilda, masalan, azim Panjakentda tantana qilingan. Sada tarixi islomdan oldingi zardushtiyluk davriga borib taqaladi – tabiat va borliqqa sig’inilgan vaqtlarga. Qishning chillasi tugab, ilk iliq kunlar kelishi, kunning uzayib, tunning qisqara boshlashi, erta dehqonchilik ishlari […]
Muzlar tezlikda erib borar ekan, Tojikiston ahli xavotirda
Global haroratning ko’tarilishi nafaqat Antarktida va Grenlandiya, balki Markaziy Osiyo, xususan Tojikiston to’glaridagi muzliklarga ham ta’sir o’tkazmoqda. O’tgan 20-25 yil orasida Tojikitondagi 40 mingga yaqin muzlikdan 13 mingi qolgan. Mutaxassislar taxminicha, keyingi o’n yil orasida muzliklar yana 20 foizgacha qisqarishi mumkin. Turkiston tog’lari etagidagi Devashtich nohiyasining Mujun va Mang’it qishloqlarida asosan o’zbeklar istiqomat qiladi va […]
O’zbekistonlik faxriydan AQShda prezidentlikka nomzod Hillari Klintonga maktub
Shonazar Ibrohimov iste’fodagi mustaqil jurnalist. “Xalq So’zi” va “O’zbekiston ovozi” kabi gazetalarida ishlagan. Oliy Majlisda “Inson va Qonun” gazetasining maxsus muxbiri va mustaqil “Hurriyat” gazetalarida faoliyat ko’rsatgan. 1972-yili Sovet Telegraflik Agentligida muxbir sifatida faoliyat boshlagan. Ibrohimovning demokrat Hillari Klintonga shu kunlarda yo’llagan elektron maktubida jumladan shunday satrlar bor: “Men uchun, Janobi Oliyalari, Siz kuchli va aqlli […]
Tojik cho’ponlar va o’zbek dehqonlar orasida janjal
Shu kunlarda Tojikiston shimolidagi Spitamen nohiyasida tog’li tojik cho’ponlar va o’zbek dehqonlar orasida katta janjal ro’y berdi. Ravshan Shams, Tojikiston Bir o’zbek Spitamen markaziy kasalxonasida og’ir ahvolda yotibdi. Tojik podachilaridan biri va yana ikki o’zbek dehqon ham shu yerda. Bir necha kishi jarohatlangan, har ikki tomondan. Yuzlab qo’yni soy oralab, yaylovga haydab ketayotgan cho’ponlarning moli […]
Qo’rg’oncha – Tojikistonning Qirg’iziston chegarasidagi tinch va osoyishta qishlog’i
Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasi hozirgi dunyo globallashuv jarayoni jadal ketayotgan zamonda aktual masala bo’lib qolmoqda. Tojikistondagi So’g’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi raisi, dotsent Ilhom Yusupovning fikricha, Markaziy Osiyo respublikalarining birlashuvi mintaqada yirik va kuchli tashkilot tuzilishga asos bo’lishi mumkin. “Lekin, – deydi u, – Qozog’istonning Rossiya yetakchiligidagi ittifoqqa qo’shilishi, O’zbekistonning chekkada qolayotgani-yu, Tojikiston […]
Isfara – Tojikistonning oftobro’y mintaqasi, istiqboli porloq joy
Markaziy Osiyoning eng qashshoq davlati sifatida ko’riladigan Tojikiston respublikasi hukumati keyingi yillarda mamlakat sanoatini rivojlantirishga intilayotgan bo’lsa-da, ishlab chiqarishning asosiy tarmog’i qishloq xo’jaligi bo’lib qolmoqda. Poliz va sabzavot ekinlari g’arq pishgan yoz oylari Tojikistonda mavsumiy ish qaynaydi, qayta ishlashga ixtisoslashgan turli-tuman kichik va qo’shma korxonalarda ishsiz xotin-qizlarga pul topish imkoniyati paydo bo’ladi. Resbublika hukumati iyul […]
Afg’onistonda bahor
Afg’onistonda ham bahor fasli boshlanib, tabiat go’zallikka burkangan. Quyidagi suratlarda aks etgan ko’m-ko’k maysazorlarni va u yerlarda dam olayotgan odamlarni ko’rib, bu o’lka uzoq yillar urush domiga tushgan mamlakat ekani yodingizdan ham chiqadi. Juzijon viloyatining Shibirg’on shahrida joylashgan “Jangalbog’” dam olish maskani mamlakatning tinchlik hukm suradigan va odamlar kelib hordiq chiqaradigan kam sonli makonlardan biri […]
O’rik gullaganda kelgan ayoz…
Iliq bahor o’rtasida qahraton qish xuruji turdi – Markaziy Osiyoda kamdan-kam uchraydigan ko’rinish. Qirg’iziston poytaxti Bishkek shahrida o’tgan tunda selsiy shkalasi bo’yicha 13 daraja sovuq bo’ldi. Bu hozirgacha olib borilgan kuzatuvlar tarixida ayni sana uchun qayd etilgan eng soviq tun hisoblanadi. Odatda issiq iqlim hukm suradigan O’shda kecha-kunduz davomida yoqqan qor qalinligi 20 santimetrdan oshib […]