Тил- савод белгиси… Водийдан мактуб

Тилни асраш ва ривожлантириш учун одамлар онги, маънавий дунёқарашида ҳам ислоҳот бўлиши зарур. Бир қарашда маънавиятнинг чегараси йўқдек, илғаб бўлмасдек туюлади. Лекин ана шу маънавий муҳит иҳота қилинмаса, маънавиятга алоқаси йўқ битиклардан ҳимояланмаса, бетаъсир нағмалар кўпайиб кетишини, муқаддас маънавиятимиз оёқости бўлишини вақт яққол кўрсатди. Кейинги пайтларда баъзан давлатнинг миллий рамзи сифатида эътироф этилаётган она тилимизга […]

Gulnora Karimova serialining navbatdagi qismi: Voqealar rivojida nima yangilik bor?

O’zbekistonni qariyb chorak asrdan beri boshqarib kelayotgan Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova mashmashasining navbatdagi qismi ham ko’pchilikni qiynayotgan savollarga javob bermadi. Maqsad nima? Gulnorani xalqaro tergov-surishtiruvlardan himoya qilishmi yoki siyosiy maydondan chetlatishmi? Bir qarashda oilaviy ziddiyatdan boshlangan bu serial, kutilmaganda, mamlakatdagi siyosiy jarayonga ham ta’sir qilishi mumkin. Tabiiyki, prezidentning qizi oz jinoiy qilmishlarii uchun qonun […]

“Gallup” ning erkinlik bo’yicha so’rovi natijalari bir cho’pchak

AQShda asoslangan “Gallup” omma fikrini o’rganuvchi tashkilot o’tkazgan so’rov  natijalariga ko’ra, O’zbekistonda respondentlarning 92 foizi mamlakatidagi erkinlik darajasidan qoniqishini aytgan. To’g’risi, menda bu ko’rsatkich biroz umid uyg’otdi. Har holda, “Ijtimoiy fikr” markazining 99 foizlik natijasidan oz bo`lsa ham farq qiladi. Demak, 30 million kishilik mamlakatda vaziyatni to’g’ri ko’rayotgan kimdir bor. Hukumatning e’tiboriga kirish uchun har […]

Paxtani majburan terdirish – ekspluatatsiya, O’zbekiston ahli nima deydi?

AQSh O’zbekiston hukumatini  zamonaviy qulchilikda ayblab, yaqinda o’zi yuritadigan maxsus ro’yxatda respublika maqomini eng quyi 3-pog’onaga tushirdi. Hamkasbim Navbahor Imamovaning yoritishicha,  buning oqibatida Kongress respublika bilan hamkorlikni cheklab qo’yishi mumkin. Vashington nazarida O’zbekiston paxta dalalarida bolalar va katta yoshdagilar majburan ishlatilishi zamonaviy qulchilik hisoblanadi. Amerika bu muammoni tan olib, Toshkentni siyosatni o’zgartirishga undamoqda. Xo’sh, jamoatchilik, […]

Afg’onistondan esayotgan umid shamollari…

So’nggi paytda o’zbeklar hayotiga doir umidli xabarlar Afg’onistondan kela boshladi. Hirotda hazrat Alisher Navoiyning ochiq qolgan mozori qayta ta‘mirdan chiqarildi. Shibirg’onda esa o’zbek tilida uzluksiz televideniya ish boshlagan. Bu nafaqat O’zbekiston, balki mintaqa va tashqaridagi o’zbeklar uchun ham quvonchli xabar. Ayniqsa, mintaqaning aksariyat davlatlarida o’zbeklarning haq-huquqlari cheklanib borayotgan bir paytda. Navoiy qabri uzoq vaqt qarovsiz […]

Mard inson edi…

(Baxtiyor Hamroyev xotirasiga) Baxtiyor Hamroyevning o’limi, shubhasiz,  bizda hali shakllanib ulgurmagan  fuqarolik jamiyati uchun og’ir yo’qotish bo’ldi. Baxtiyor Hamroyev o’zbek jamiyatida nisbatan yangi harakat bo’lgan inson huquqlari himoyasi tushunchasini imkon qadar ommalashtirib, bu faoliyatni mahalliylashtrishga katta hissa qo’shgan inson edi. AQShning O’zbekistondagi elchixonasi marhum xotirasi uchun chiqargan bayonotda ham Baxtiyor Hamroyevning inson huquqlari himoyachilari orasida […]

O’zbekistonni 2014-yildan keyin nima kutmoqda?

“O`zbekiston mintaqa gigantiga aylanishga hozirlanmoqda. Islom Karimov O`zbekistonni 20 yillik ixtiyoriy izolyatsiyadan chiqarish qarorida”, – deb yozadi rossiyalik ekspert Aleksandr Sobyanin. Shubhasiz, O`zbekistondagi hozirgi vaziyat soyasida bu o`ta jarangdor bayonot.  Ehtimol, bu jarangdorlik  boshqa bir maqsadda qilingan, haqiqatdan uzoqdir. Har holda, bir blog doirasida buni mulohaza qilib ko`rish mumkin. Rossiyaning Strategik Konyukturalar  Markazi saytida e’lon […]

“O’zbek bahori” qachon boshlanadi?

Arab dunyosida uyg’onish sabab “O’zbek bahori” qachon boshlanadi deya umid bilan savol beruvchilar ko’paygan. Jamiyatda bahoriy yangilanish qachon boshlanishi mavhum, ammo fasllar kelinchagi bahor O’zbekistonga har doimgidek bu yil ham o’z vaqtida kirib keldi. Navro’z tantanalari… An’anaga ko’ra, prezident Islom Karimov milliy bog’da xalqqa o’z ezgu tilaklarini bildiradi. Davlat rahbari bahoriy kayfiyat tilab, tabiatdagi uyg’onish […]

O‘zbekiston va AQSh aloqalari: Bundan keyin nima bo’ladi?

Xalqaro qo`shinlar Afg`onistondan chiqarilgandan keyin,  AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati qanday bo`lishi ko`p muhokama qilinmoqda. Darhaqiqat, so’nggi yillarda mintaqadagi voqealar rivojida  AQSh siyosati muhum o`rin egallab kelgan. Bundan keyin AQShning hududda qanchalar faol bo’lishi ko’p narsani o’zgartirishi mumkin. Obamaning Kongressdagi bayonotidan so`ng harbiy yuklarni dastlabki qismi Pokiston orqali olib chiqila boshlandi. 2014-yil oxiriga borib xalqaro kuchlar […]