O’zbekiston o’zgarishlar fasliga tayyormi?

So’nggi paytlarda turli ommaviy axborot vositalari va mustaqil tahlilchilar O`zbekistonda Islom Karimovdan keyin hokimiyatga kim kelishi haqida turli taxminlarni olg’a sura boshladi. Bu jarayon mamlakatda qanday o’tishi haqidagi  so`nggi hisobotlarning deyarli barchasi xavotirli. Ular O`zbekistonda silkinishlar davri kutilayotganidan darak beradi. Taxminlar turlicha. Lekin barcha tadqiqotchilar,  ekspertlar bir fikrda yakdil: Karimovdan so`ng O`zbekistonda vaziyat qanday bo’lishi […]

Inson huquqlari toptalayotgan O’zbekistonda biznes kafolati va imkoniyatlari… Varshavada davra suhbati

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Polsha poytaxti Varshavada o’tgan uchrashuvlarda Markaziy Osiyoda korrupsiya muammosi muhokama qilindi  Huquq himoyachilari Stiv Sverdlov, Mo’tabar Tojiboyeva va Dmitriy Tixonov, YXHT tashkil etgan yillik anjumanda, Varshava, 26-sentabr, 2012  O’zbekistonda yaqinda yopilgan va mulki musodara qilingan MTS uyali aloqa kompaniyasi millionlab dollar mablag’ yo’qotganini da’vo qilar ekan, Varshava uchrashuvlarida iqtisodiy farovonlik bilan chambarchas bog’liq […]

London Olimpiadasidagi sharafsiz ishtirok!

Londonda Yozgi Olimpiya o’yinlari yakunlandi. Shubhasiz, Olimpiada sport musobaqalarining cho’qqisi, shuning uchun bu tantana qoldirgan hayrat ham, alam ham ancha kuchli. Qolaversa, bu ulkan musobaqa har bir davlat uchun o’z imkoniyatlarini sarhisob qiladigan jiddiy sinov. Afsus, sinov O’zbekiston uchun sharafsiz kechdi. Hali Olimpiya saralash bahsidan o’tayotgan  futbolchilarimizning jamoa sobiq murabbiyi Vadim Abramov ta’biri bilan aytganda […]

Muhammad Solih: O`zbekiston Xalq Harakatida kuchlanish jarayoni boshlanmoqda

“O`zbekiston Xalq Harakati”ning Germaniyada o`tgan yili birinchi qurultoyini kuzatgan faollarga ko`ra navbatdagi Praga qurultoyi nisbatan sust bo‘ldi. Ikkinchi uchrashuv bahs-munozaralar bir qadar bosilgan, silliqroq o`tgandek taassurot uyg`otadi. Ehtimol, bu bir yil davomida harakat doirasidagi o`zgarishlar, xususan “Andijon – adolat va tiklanish” va boshqa bir nechta  faollarning O’XH safini tark etishi bilan bog`liqdir. Ikkinchi qurultoygacha yetib […]

Qirg’indan keyin…

Keng ko’lamli fojealar millatni tushkunlikka yetaklaydi, shuningdek, birdamlikka. Ammo qirg’in, qotilliklar va vahshiylik jamiyatda tarqoqlikni kuchaytiradi. Ojizlik… Odatda, bu ojizlik qo’rquvga emas shafqatga tayanadi. Shavqat unutilganda esa bu ojizlik ulkan qasosga aylanishi mumkin.  Qasosni alangalatuvchi ibtidoiy vahshiylik bugungi  jamiyatga yotdek, ammo bu bizning asrda, ikki yil muqaddam O’shda sodir etildi. Qirg’in bir narsaga, o’zbeklarni millat […]

Pahlavon Sodiq: Shartni Karimov qo’ymoqda, G’arb emas…

O’zbek matbuoti uzoq tarixga ega, biroq erkinlik hamisha noyob ne’mat bo’lib kelgan. XX asr boshlarida, o’zbek matbuoti oyoqqa tura boshlagan damlardagi uyg’oqlik bugungi vaziyatdan ancha jonli ko’rinadi. Jadidlar davridagi va mustaqillik yillaridagi “Hurriyat”ni solishtirish bu farq qanchalik ekanligini ham, so’z erkinligiga nisbatan toqat va taqatsizikni ham  yaxshi ko’rsatadi. Nazarimda, shu kabi qisqa uyg’onishlar bo’lgani bois […]

O’zbekistonda so’z va matbuot erkinligi – eng og’ir masalalar

AQSh Navoiydagi qamoqxonada 12,5 yarim yillik jazo muddatini o’tayotgan mustaqil jurnalist Dilmurod Sayid ozod etilishini so’ramoqda. Davlat departamentining bu chaqirig’i 3- may Xalqaro so’z erkinligi kuni munosabati bilan bildirilmoqda. Dilmurod Sayid tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan, kasbiy faoliyati uchun O’zbekistonda qamoq jazosini o’tayotgan mustaqil jurnalistlardan biri. Dilmurod Sayid 2009-yilda tovlamachilik va ta’magirlikda ayblanib hibsga olingan edi. […]

Hukumat xohlagan emas, xohlamagan so’zni yozgani uchun qamoqqa tashlangan jurnalistlar

Parijda asoslangan “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti O’zbekistonda qamoqda o’tirgan barcha jurnalistlar ozod etilishini so’ramoqda.  Tashkilot  Yevropa davlatlari Islom Karimovni qabul qilishga rozilik berishdan avval bu talab inobatga olinadi degan umidda. Albatta bunday shart birinchi navbatda o’zbek jamoatchiligi va ayniqsa jurnalistlari tomonidan ko’tarilishi kerak edi. Biroq vaziyat hammamizga ayon – mamlakatda hech kim hukumatga bunday talab […]

2015-yilgi prezident saylovlari: Xavotir, tahlil va umidlar…

Tabiiyki, ko’pchilikni qiziqtirgan so’nggi o’zgarish O’zbekistonda prezident saylovlarining kechiktirilishi bo’ldi. Senatning 8-yalpi majlisida ma’qullangan bu qonun shu kuniyoq xorij axborot vositalarida tarqalgan bo’lsada, rasmiy agentlik O’zA bu haqda shanba kuni e’lon qildi. Lekin e’tiborga molik tomoni shuki, ushbu qonun tafsilotlari noaniq, jumladan asosiy o’zgarish – prezident saylovlari 2014-yildan 2015-yilga ko’chirilgani ham. Bu xabardan so’ng prezidentlik […]