Kishanlangan erk timsoli

(Rauf Parfining 70 yilligi munosabati bilan) Rauf Parfi (1943-2005) timsol edi… Tutqinlikda ham ozod, hur yashash mumkinligini ko’rsatgan, kishanlangan erkning ramzi edi. Bugun shoir o’limidan so’ng o’tgan vaqt oralig’ida ortga qarash bu timsolning o’rni diqqinafaslikdagi ijod ahliga, ayniqsa, yoshlarga nechog’lik yetishmasligi ko’rinmoqda. Biz, bir guruh yoshlar, hali Rauf Parfi tirikligidayoq unga vatandagi so’nggi tirik shoir […]

Karimovning muhojirlarga “salomi” nimadan dalolat?

Islom Karimov Jizzax viloyatiga tashrifi davomida xorijda ishlayotgan o’zbekistonliklarni “dangasa” deb atadi. Uning bu gaplari prezidentlik saylovlaridan uncha uzoq bo’lmagan bir paytda yangrashi odamni mulohaza qilishga undaydi. Chunki, bu bayonotdan haqorat tuygan mehnat muhojirlari ortida „farroshlik“ evaziga orttirilgan puldan tirikchilik qilayotgan millionlab o’zbekistonliklar borligi ayon. Ehtimol, buni Jirinovskiyga o’xshash biror populist  siyosatchi aytganda e’tiborsiz qoldirish […]

Afg’onistondan esayotgan umid shamollari…

So’nggi paytda o’zbeklar hayotiga doir umidli xabarlar Afg’onistondan kela boshladi. Hirotda hazrat Alisher Navoiyning ochiq qolgan mozori qayta ta‘mirdan chiqarildi. Shibirg’onda esa o’zbek tilida uzluksiz televideniya ish boshlagan. Bu nafaqat O’zbekiston, balki mintaqa va tashqaridagi o’zbeklar uchun ham quvonchli xabar. Ayniqsa, mintaqaning aksariyat davlatlarida o’zbeklarning haq-huquqlari cheklanib borayotgan bir paytda. Navoiy qabri uzoq vaqt qarovsiz […]

Muhammad Solih: O`zbekiston Xalq Harakatida kuchlanish jarayoni boshlanmoqda

“O`zbekiston Xalq Harakati”ning Germaniyada o`tgan yili birinchi qurultoyini kuzatgan faollarga ko`ra navbatdagi Praga qurultoyi nisbatan sust bo‘ldi. Ikkinchi uchrashuv bahs-munozaralar bir qadar bosilgan, silliqroq o`tgandek taassurot uyg`otadi. Ehtimol, bu bir yil davomida harakat doirasidagi o`zgarishlar, xususan “Andijon – adolat va tiklanish” va boshqa bir nechta  faollarning O’XH safini tark etishi bilan bog`liqdir. Ikkinchi qurultoygacha yetib […]

Qirg’indan keyin…

Keng ko’lamli fojealar millatni tushkunlikka yetaklaydi, shuningdek, birdamlikka. Ammo qirg’in, qotilliklar va vahshiylik jamiyatda tarqoqlikni kuchaytiradi. Ojizlik… Odatda, bu ojizlik qo’rquvga emas shafqatga tayanadi. Shavqat unutilganda esa bu ojizlik ulkan qasosga aylanishi mumkin.  Qasosni alangalatuvchi ibtidoiy vahshiylik bugungi  jamiyatga yotdek, ammo bu bizning asrda, ikki yil muqaddam O’shda sodir etildi. Qirg’in bir narsaga, o’zbeklarni millat […]

Pahlavon Sodiq: Shartni Karimov qo’ymoqda, G’arb emas…

O’zbek matbuoti uzoq tarixga ega, biroq erkinlik hamisha noyob ne’mat bo’lib kelgan. XX asr boshlarida, o’zbek matbuoti oyoqqa tura boshlagan damlardagi uyg’oqlik bugungi vaziyatdan ancha jonli ko’rinadi. Jadidlar davridagi va mustaqillik yillaridagi “Hurriyat”ni solishtirish bu farq qanchalik ekanligini ham, so’z erkinligiga nisbatan toqat va taqatsizikni ham  yaxshi ko’rsatadi. Nazarimda, shu kabi qisqa uyg’onishlar bo’lgani bois […]

Hukumat xohlagan emas, xohlamagan so’zni yozgani uchun qamoqqa tashlangan jurnalistlar

Parijda asoslangan “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti O’zbekistonda qamoqda o’tirgan barcha jurnalistlar ozod etilishini so’ramoqda.  Tashkilot  Yevropa davlatlari Islom Karimovni qabul qilishga rozilik berishdan avval bu talab inobatga olinadi degan umidda. Albatta bunday shart birinchi navbatda o’zbek jamoatchiligi va ayniqsa jurnalistlari tomonidan ko’tarilishi kerak edi. Biroq vaziyat hammamizga ayon – mamlakatda hech kim hukumatga bunday talab […]

Sanjar Umarov: “O’zbekistonda ijtimoiy portlash xavfi yuqori”

2006-yilda iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Sanjar Umarov Vashington va Toshkent o`rtasidagi muzokaralar natijasida 2009-yilda ozod etilgan edi. Ozodlikka chiqqach AQShga ketgan Umarov ancha vaqt jamoatchilik e`tiboridan uzoqda bo`ldi, siyosiy faoliyatdan chetladi. Yaqinda Berlinda O`zbekistondagi vaziyat muhokama qilingan xalqaro konferensiyada ishtirok etgan muxolifatchi O`zbekistonda ijtimoiy portlash yaqinligini bashorat qiladi. Umarov bilan suhbatimiz […]

Artur Grigoryan: “O’zbekistonda professional boks maktabi ochmoqchiman”

Professional boks bo`yicha O`zbekistondan chiqqan birinchi jahon chempioni, “Mehnat shuhrati” ordeni sovrindori Artur Grigoryan O`zbekistonda professional boksni rivojlantirmoqchi, faqat sarmoya va imkoniyat berilgan taqdirda. Artur Grigoryan bilan o`zbekistonlik yana bir sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev mashg`ulot o`tkazayotgan klubda tasodifan uchrashdim. Keyin bilishimcha, Grigoryan ham shu kompaniyada ishlayapti, Chagayevning jamoasida ikkinchi trener vazifasini ham bajaradi. Artur […]