Tojikiston So’g’dida Tog’li Badaxshon madaniyati haftaligi

21-27 avgust kunlari Tojikiston shimolidagi So’g’d viloyatida Tog’li Badaxshon muxtor viloyati madaniyat kunlari bo’lib o’tdi. Hukumat tashabbusi va moliyaviy ko’magi hamda ikki viloyat rahbariyati hamkorlikda o’tkazgan bu tadbir ko’hna Xo’jand aholisida katta taassurot qoldirdi. Tog’li Badaxshon muxtor viloyati raisi Shodixon Jamshed boshchiligida So’g’dga tashrib buyurgan sakkiz yuzdan ortiq tog’liklarni vodiylik mezbonlar izzat-hurmat bilan kutib olishdi. […]