O’zbekistonda so’z va matbuot erkinligi – eng og’ir masalalar

AQSh Navoiydagi qamoqxonada 12,5 yarim yillik jazo muddatini o’tayotgan mustaqil jurnalist Dilmurod Sayid ozod etilishini so’ramoqda. Davlat departamentining bu chaqirig’i 3- may Xalqaro so’z erkinligi kuni munosabati bilan bildirilmoqda. Dilmurod Sayid tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan, kasbiy faoliyati uchun O’zbekistonda qamoq jazosini o’tayotgan mustaqil jurnalistlardan biri. Dilmurod Sayid 2009-yilda tovlamachilik va ta’magirlikda ayblanib hibsga olingan edi. […]