“Gallup” ning erkinlik bo’yicha so’rovi natijalari bir cho’pchak

AQShda asoslangan “Gallup” omma fikrini o’rganuvchi tashkilot o’tkazgan so’rov  natijalariga ko’ra, O’zbekistonda respondentlarning 92 foizi mamlakatidagi erkinlik darajasidan qoniqishini aytgan. To’g’risi, menda bu ko’rsatkich biroz umid uyg’otdi. Har holda, “Ijtimoiy fikr” markazining 99 foizlik natijasidan oz bo`lsa ham farq qiladi. Demak, 30 million kishilik mamlakatda vaziyatni to’g’ri ko’rayotgan kimdir bor. Hukumatning e’tiboriga kirish uchun har […]

Kishanlangan erk timsoli

(Rauf Parfining 70 yilligi munosabati bilan) Rauf Parfi (1943-2005) timsol edi… Tutqinlikda ham ozod, hur yashash mumkinligini ko’rsatgan, kishanlangan erkning ramzi edi. Bugun shoir o’limidan so’ng o’tgan vaqt oralig’ida ortga qarash bu timsolning o’rni diqqinafaslikdagi ijod ahliga, ayniqsa, yoshlarga nechog’lik yetishmasligi ko’rinmoqda. Biz, bir guruh yoshlar, hali Rauf Parfi tirikligidayoq unga vatandagi so’nggi tirik shoir […]

Afg’onistondan esayotgan umid shamollari…

So’nggi paytda o’zbeklar hayotiga doir umidli xabarlar Afg’onistondan kela boshladi. Hirotda hazrat Alisher Navoiyning ochiq qolgan mozori qayta ta‘mirdan chiqarildi. Shibirg’onda esa o’zbek tilida uzluksiz televideniya ish boshlagan. Bu nafaqat O’zbekiston, balki mintaqa va tashqaridagi o’zbeklar uchun ham quvonchli xabar. Ayniqsa, mintaqaning aksariyat davlatlarida o’zbeklarning haq-huquqlari cheklanib borayotgan bir paytda. Navoiy qabri uzoq vaqt qarovsiz […]

O’zbekistonni 2014-yildan keyin nima kutmoqda?

“O`zbekiston mintaqa gigantiga aylanishga hozirlanmoqda. Islom Karimov O`zbekistonni 20 yillik ixtiyoriy izolyatsiyadan chiqarish qarorida”, – deb yozadi rossiyalik ekspert Aleksandr Sobyanin. Shubhasiz, O`zbekistondagi hozirgi vaziyat soyasida bu o`ta jarangdor bayonot.  Ehtimol, bu jarangdorlik  boshqa bir maqsadda qilingan, haqiqatdan uzoqdir. Har holda, bir blog doirasida buni mulohaza qilib ko`rish mumkin. Rossiyaning Strategik Konyukturalar  Markazi saytida e’lon […]

“O’zbek bahori” qachon boshlanadi?

Arab dunyosida uyg’onish sabab “O’zbek bahori” qachon boshlanadi deya umid bilan savol beruvchilar ko’paygan. Jamiyatda bahoriy yangilanish qachon boshlanishi mavhum, ammo fasllar kelinchagi bahor O’zbekistonga har doimgidek bu yil ham o’z vaqtida kirib keldi. Navro’z tantanalari… An’anaga ko’ra, prezident Islom Karimov milliy bog’da xalqqa o’z ezgu tilaklarini bildiradi. Davlat rahbari bahoriy kayfiyat tilab, tabiatdagi uyg’onish […]

Mamadali Mahmudov – xalqning tutqundagi vijdoni

“Men o’z xalqimning o’g’liman. Kim bizni vatan xoini yoki xalq dushmani desa, uning o’zi vatan xoini va xalq dushmanidir.  Vaqt hammasini o’z joyiga qo’yadi”. Evril Turon   Mamadali Mahmudov uchrashgani borgan yaqinlaridan unga hassa olib kelishlarini so’ragan. U 12-dekabr kuni 72 yoshini qamoqda qarshiladi. Adibning sog’lig’i og’ir, boshidan jarohat olgan, yura olmayapti. 14 yillik qamoq jazosi haqidagi […]

Pahlavon Sodiq: Shartni Karimov qo’ymoqda, G’arb emas…

O’zbek matbuoti uzoq tarixga ega, biroq erkinlik hamisha noyob ne’mat bo’lib kelgan. XX asr boshlarida, o’zbek matbuoti oyoqqa tura boshlagan damlardagi uyg’oqlik bugungi vaziyatdan ancha jonli ko’rinadi. Jadidlar davridagi va mustaqillik yillaridagi “Hurriyat”ni solishtirish bu farq qanchalik ekanligini ham, so’z erkinligiga nisbatan toqat va taqatsizikni ham  yaxshi ko’rsatadi. Nazarimda, shu kabi qisqa uyg’onishlar bo’lgani bois […]