Chegara bilmas nihollar… O’zbekistondan Tojikistonga

140 ming kvadrat kilometr hududga ega Tojikiston maydonining 93 foizini tog’lar tashkil etadi. Bu tog’larning aksar qismi yuksak qorli va yalango’och qoyalardan iborat. Faqat daralarning ayrim qismlari, vodiy va pasttekisliklardagina ekin ekiladi, daraxtlar ko’karadi, odamlar yashaydi. Qadimiy manbalarga qaraganda, hozirgi Tojikistonning 25 foiz hududi yovvoyi o’rmon, to’qaylar bilan qoplangan bo’lgan, unda minglab turdagi dov-daraxtlar ko’kargan. […]