Karimovning muhojirlarga “salomi” nimadan dalolat?

Islom Karimov Jizzax viloyatiga tashrifi davomida xorijda ishlayotgan o’zbekistonliklarni “dangasa” deb atadi. Uning bu gaplari prezidentlik saylovlaridan uncha uzoq bo’lmagan bir paytda yangrashi odamni mulohaza qilishga undaydi. Chunki, bu bayonotdan haqorat tuygan mehnat muhojirlari ortida „farroshlik“ evaziga orttirilgan puldan tirikchilik qilayotgan millionlab o’zbekistonliklar borligi ayon. Ehtimol, buni Jirinovskiyga o’xshash biror populist  siyosatchi aytganda e’tiborsiz qoldirish […]

Paxtani majburan terdirish – ekspluatatsiya, O’zbekiston ahli nima deydi?

AQSh O’zbekiston hukumatini  zamonaviy qulchilikda ayblab, yaqinda o’zi yuritadigan maxsus ro’yxatda respublika maqomini eng quyi 3-pog’onaga tushirdi. Hamkasbim Navbahor Imamovaning yoritishicha,  buning oqibatida Kongress respublika bilan hamkorlikni cheklab qo’yishi mumkin. Vashington nazarida O’zbekiston paxta dalalarida bolalar va katta yoshdagilar majburan ishlatilishi zamonaviy qulchilik hisoblanadi. Amerika bu muammoni tan olib, Toshkentni siyosatni o’zgartirishga undamoqda. Xo’sh, jamoatchilik, […]