O’zbekiston iqtisodiyoti: bugun va kelajak

Muallif:  Arobiddin Turaxanov, investitsiya bo’yicha katta mutaxassis. Andijonda tug’ilgan. “Umid” fondi orqali Britaniyada iqtisodiyot sohasida o’qigan. 2004-yildan beri AQShda yashaydi. “Fortune 500” ga kiruvchi turli kompaniyalarda ishlab, 10 milliard dollarlik portfelni boshqargan. Nyu-York moliya markazi “Wall Street”da faoliyat yuritgan. Hozirda sarmoya (aksiya va obligatsiya) bo’yicha kompaniyada tahlilchi. O‘zbekistonda bo‘layotgan o‘zgarishlarni kuzatar ekanman, 1998-2001 yillari “Umid” […]

Tojik cho’ponlar va o’zbek dehqonlar orasida janjal

Shu kunlarda Tojikiston shimolidagi Spitamen nohiyasida tog’li tojik cho’ponlar va o’zbek dehqonlar orasida katta janjal ro’y berdi. Ravshan Shams, Tojikiston Bir o’zbek Spitamen markaziy kasalxonasida og’ir ahvolda yotibdi. Tojik podachilaridan biri va yana ikki o’zbek dehqon ham shu yerda. Bir necha kishi jarohatlangan, har ikki tomondan. Yuzlab qo’yni soy oralab, yaylovga haydab ketayotgan cho’ponlarning moli […]

Til – savod belgisi… Vodiydan maktub

Tilni asrash va rivojlantirish uchun odamlar ongi, ma’naviy dunyoqarashida ham islohot bo‘lishi zarur. Bir qarashda ma’naviyatning chegarasi yo‘qdek, ilg‘ab bo‘lmasdek tuyuladi. Lekin ana shu ma’naviy muhit ihota qilinmasa, ma’naviyatga aloqasi yo‘q bitiklardan himoyalanmasa, beta’sir nag‘malar ko‘payib ketishini, muqaddas ma’naviyatimiz oyoqosti bo‘lishini vaqt yaqqol ko‘rsatdi. Keyingi paytlarda ba’zan davlatning milliy ramzi sifatida e’tirof etilayotgan ona tilimizga […]

Тил- савод белгиси… Водийдан мактуб

Тилни асраш ва ривожлантириш учун одамлар онги, маънавий дунёқарашида ҳам ислоҳот бўлиши зарур. Бир қарашда маънавиятнинг чегараси йўқдек, илғаб бўлмасдек туюлади. Лекин ана шу маънавий муҳит иҳота қилинмаса, маънавиятга алоқаси йўқ битиклардан ҳимояланмаса, бетаъсир нағмалар кўпайиб кетишини, муқаддас маънавиятимиз оёқости бўлишини вақт яққол кўрсатди. Кейинги пайтларда баъзан давлатнинг миллий рамзи сифатида эътироф этилаётган она тилимизга […]

Bloglarga tushov solindimi?

O’zbekistonda jurnalistlar biroz bo`lsa-da o`zlarini erkin his qilishi mumkin bo`lgan maydon – blogchilar faoliyatiga ham chang solindi. Senatning yalpi majlisida ma`qullanib, 5-sentabrdan kuchga kirgan qonun blogdagi yozuvlar uchun jinoiy javobgarlikdan ogoh etadi. Rasman belgilanishicha, blogerlar ijtimoiy-siyosiy hayotga taalluqli noto`g`ri, asosiz axborot tarqatsa, davlat sirini fosh etsa javobgarlikka tortilishi mumkin. Gap shundaki, O`zbekistondagi vaziyat bilan tanish […]

Kishanlangan erk timsoli

(Rauf Parfining 70 yilligi munosabati bilan) Rauf Parfi (1943-2005) timsol edi… Tutqinlikda ham ozod, hur yashash mumkinligini ko’rsatgan, kishanlangan erkning ramzi edi. Bugun shoir o’limidan so’ng o’tgan vaqt oralig’ida ortga qarash bu timsolning o’rni diqqinafaslikdagi ijod ahliga, ayniqsa, yoshlarga nechog’lik yetishmasligi ko’rinmoqda. Biz, bir guruh yoshlar, hali Rauf Parfi tirikligidayoq unga vatandagi so’nggi tirik shoir […]

Afg’onistondan esayotgan umid shamollari…

So’nggi paytda o’zbeklar hayotiga doir umidli xabarlar Afg’onistondan kela boshladi. Hirotda hazrat Alisher Navoiyning ochiq qolgan mozori qayta ta‘mirdan chiqarildi. Shibirg’onda esa o’zbek tilida uzluksiz televideniya ish boshlagan. Bu nafaqat O’zbekiston, balki mintaqa va tashqaridagi o’zbeklar uchun ham quvonchli xabar. Ayniqsa, mintaqaning aksariyat davlatlarida o’zbeklarning haq-huquqlari cheklanib borayotgan bir paytda. Navoiy qabri uzoq vaqt qarovsiz […]

“O’zbek bahori” qachon boshlanadi?

Arab dunyosida uyg’onish sabab “O’zbek bahori” qachon boshlanadi deya umid bilan savol beruvchilar ko’paygan. Jamiyatda bahoriy yangilanish qachon boshlanishi mavhum, ammo fasllar kelinchagi bahor O’zbekistonga har doimgidek bu yil ham o’z vaqtida kirib keldi. Navro’z tantanalari… An’anaga ko’ra, prezident Islom Karimov milliy bog’da xalqqa o’z ezgu tilaklarini bildiradi. Davlat rahbari bahoriy kayfiyat tilab, tabiatdagi uyg’onish […]