Gulnora Karimova serialining navbatdagi qismi: Voqealar rivojida nima yangilik bor?

O’zbekistonni qariyb chorak asrdan beri boshqarib kelayotgan Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova mashmashasining navbatdagi qismi ham ko’pchilikni qiynayotgan savollarga javob bermadi. Maqsad nima? Gulnorani xalqaro tergov-surishtiruvlardan himoya qilishmi yoki siyosiy maydondan chetlatishmi? Bir qarashda oilaviy ziddiyatdan boshlangan bu serial, kutilmaganda, mamlakatdagi siyosiy jarayonga ham ta’sir qilishi mumkin. Tabiiyki, prezidentning qizi oz jinoiy qilmishlarii uchun qonun […]

“Gallup” ning erkinlik bo’yicha so’rovi natijalari bir cho’pchak

AQShda asoslangan “Gallup” omma fikrini o’rganuvchi tashkilot o’tkazgan so’rov  natijalariga ko’ra, O’zbekistonda respondentlarning 92 foizi mamlakatidagi erkinlik darajasidan qoniqishini aytgan. To’g’risi, menda bu ko’rsatkich biroz umid uyg’otdi. Har holda, “Ijtimoiy fikr” markazining 99 foizlik natijasidan oz bo`lsa ham farq qiladi. Demak, 30 million kishilik mamlakatda vaziyatni to’g’ri ko’rayotgan kimdir bor. Hukumatning e’tiboriga kirish uchun har […]

Erkin matbuot – Rossiya tahdidiga qarshi eng yaxshi qurol

O`zbek matbuoti har yili bir guruh mahalliy jurnalistlarga beriluvchi “Oltin qalam” mukofotini tantana qilayotgan bir paytda qozoq matbuoti mamlakat jamoatchiligi Rossiya ommaviy axborot vositalari ta’siriga tushib qolgani yuzasidan jiddiy xavotir bildirdi. Qozoq ziyolilari bugun mahalliy matbuotni kishanlash bilan band bo`lgan hukumatni ertaga o`z jamotchiligini yo`qotib qo`yishidan ogoh etmoqda. Qo`shnilarda matbuot nisbatan erkinroq, har holda bu […]

Gulnora Karimova “tvit”larining xotimasi qanday bo’ladi?

Gulnora Karimovaning “Twitter”dagi inqilobiy chiqishlarida biroz shasht pasaygandek, albatta agar Milliy xavfsizlik xizmati rahbari Rustam Inoyatov timsolidagi hukumatga qarshi keskinroq biror kompromatni  so’nggi o’q sifatida saqlamayotgan bo’lsa. Hozircha tvitlar oqimi sekinlik bilan boshqa bir yo’nalish, Gulnora shaxsi atrofida afsona yaratish tomon burilayotgani seziladi. Bu boradagi sanoqsiz  mulozamatlardan misol sifatida foydalanish lozim emasdek, ayniqsa, Gulnoraning mo’min-muslima […]

Gulnora Karimova boshida aylanayotgan qora bulutlar nimadan dalolat?

O’zbekiston prezidenti Islom Karimovning to’ng’ich qizi Gulnora Karimovaning otasi nazaridan qolgani bilan bog’liq so’nggi voqealar ortidan Toshkent siyosiy muhitidagi turg’un barqarorlikda biroz silkinish kuzatilgandek tuyulmoqda. Kutilmaganda, bir necha yillardan buyon mustahkam nazorat ostida saqlangan mustaqil saytlarga oz muddatga erkinlik berildi. Aholiga Toshkentdan turib internet orqali bemalol va to’siqsiz axborot olish imkoniyati taqdim etildi. Bu imkoniyat […]

Kishanlangan erk timsoli

(Rauf Parfining 70 yilligi munosabati bilan) Rauf Parfi (1943-2005) timsol edi… Tutqinlikda ham ozod, hur yashash mumkinligini ko’rsatgan, kishanlangan erkning ramzi edi. Bugun shoir o’limidan so’ng o’tgan vaqt oralig’ida ortga qarash bu timsolning o’rni diqqinafaslikdagi ijod ahliga, ayniqsa, yoshlarga nechog’lik yetishmasligi ko’rinmoqda. Biz, bir guruh yoshlar, hali Rauf Parfi tirikligidayoq unga vatandagi so’nggi tirik shoir […]

Futbol: Braziliya chiptasining boy berilishida jurnalistlar aybdormi?

Xullas, bir kun avval hammani ruhlantirib turgan Braziliya umidi “Paxtakor” stadionida chilparchin bo`ldi! Kimdir bu mag`lubyatga ko`nikdi, kimdir hanuz tushkunlikda (hamon umidni yo`qotmaganlar diqqatiga  – FIFA Iordaniyani Brazilya poygasidan chetlashtirish niyatida emas, jamoa muxlislarining Ammondagi bezoriligidan qat‘i nazar). Iordaniya bilan o`yin bir narsani – milliy terma jamoaning taktika borasidagi  surunkali kasalligi yanada qo’ziganini ko‘rsatdi. Aniqrog`i, […]

Paxtani majburan terdirish – ekspluatatsiya, O’zbekiston ahli nima deydi?

AQSh O’zbekiston hukumatini  zamonaviy qulchilikda ayblab, yaqinda o’zi yuritadigan maxsus ro’yxatda respublika maqomini eng quyi 3-pog’onaga tushirdi. Hamkasbim Navbahor Imamovaning yoritishicha,  buning oqibatida Kongress respublika bilan hamkorlikni cheklab qo’yishi mumkin. Vashington nazarida O’zbekiston paxta dalalarida bolalar va katta yoshdagilar majburan ishlatilishi zamonaviy qulchilik hisoblanadi. Amerika bu muammoni tan olib, Toshkentni siyosatni o’zgartirishga undamoqda. Xo’sh, jamoatchilik, […]

Afg’onistondan esayotgan umid shamollari…

So’nggi paytda o’zbeklar hayotiga doir umidli xabarlar Afg’onistondan kela boshladi. Hirotda hazrat Alisher Navoiyning ochiq qolgan mozori qayta ta‘mirdan chiqarildi. Shibirg’onda esa o’zbek tilida uzluksiz televideniya ish boshlagan. Bu nafaqat O’zbekiston, balki mintaqa va tashqaridagi o’zbeklar uchun ham quvonchli xabar. Ayniqsa, mintaqaning aksariyat davlatlarida o’zbeklarning haq-huquqlari cheklanib borayotgan bir paytda. Navoiy qabri uzoq vaqt qarovsiz […]