Xorijdagi o’zbek saytlari nimani yorityapti?

“O’zbekistonda erkin fikr aytish, xavotirsiz ochiq muhokama yuritish orzuligicha qolayotgan bir paytda xorijda emin-erkin ishlayotgan ko’plab o’zbek saytlaridagi manzara hafsalani pir qiladi”, – deydi yaqinda vatandan chiqib ketishga majbur bo’lgan o’zbekistonlik. Bu umidsiz xulosalar so’nggi yillarda o’zbek faollari tomonidan xorijda ochilgan mustaqil saytlar faoliyati haqida. Bunday qarash birinchi bor aytilayotgani yo’q, qolaversa, vatandoshimiz nazarda tutayotgan […]

“O’zbek bahori” qachon boshlanadi?

Arab dunyosida uyg’onish sabab “O’zbek bahori” qachon boshlanadi deya umid bilan savol beruvchilar ko’paygan. Jamiyatda bahoriy yangilanish qachon boshlanishi mavhum, ammo fasllar kelinchagi bahor O’zbekistonga har doimgidek bu yil ham o’z vaqtida kirib keldi. Navro’z tantanalari… An’anaga ko’ra, prezident Islom Karimov milliy bog’da xalqqa o’z ezgu tilaklarini bildiradi. Davlat rahbari bahoriy kayfiyat tilab, tabiatdagi uyg’onish […]

O‘zbekiston va AQSh aloqalari: Bundan keyin nima bo’ladi?

Xalqaro qo`shinlar Afg`onistondan chiqarilgandan keyin,  AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati qanday bo`lishi ko`p muhokama qilinmoqda. Darhaqiqat, so’nggi yillarda mintaqadagi voqealar rivojida  AQSh siyosati muhum o`rin egallab kelgan. Bundan keyin AQShning hududda qanchalar faol bo’lishi ko’p narsani o’zgartirishi mumkin. Obamaning Kongressdagi bayonotidan so`ng harbiy yuklarni dastlabki qismi Pokiston orqali olib chiqila boshlandi. 2014-yil oxiriga borib xalqaro kuchlar […]

O’zbekiston o’zgarishlar fasliga tayyormi?

So’nggi paytlarda turli ommaviy axborot vositalari va mustaqil tahlilchilar O`zbekistonda Islom Karimovdan keyin hokimiyatga kim kelishi haqida turli taxminlarni olg’a sura boshladi. Bu jarayon mamlakatda qanday o’tishi haqidagi  so`nggi hisobotlarning deyarli barchasi xavotirli. Ular O`zbekistonda silkinishlar davri kutilayotganidan darak beradi. Taxminlar turlicha. Lekin barcha tadqiqotchilar,  ekspertlar bir fikrda yakdil: Karimovdan so`ng O`zbekistonda vaziyat qanday bo’lishi […]

Mamadali Mahmudov – xalqning tutqundagi vijdoni

“Men o’z xalqimning o’g’liman. Kim bizni vatan xoini yoki xalq dushmani desa, uning o’zi vatan xoini va xalq dushmanidir.  Vaqt hammasini o’z joyiga qo’yadi”. Evril Turon   Mamadali Mahmudov uchrashgani borgan yaqinlaridan unga hassa olib kelishlarini so’ragan. U 12-dekabr kuni 72 yoshini qamoqda qarshiladi. Adibning sog’lig’i og’ir, boshidan jarohat olgan, yura olmayapti. 14 yillik qamoq jazosi haqidagi […]

MTS nega yopildi?

Shu yil aprel oyida O`zbekiston Respublikasi prezidentining xorij investitsiyalarini mamlakatga bevosita jalb qilishni takomillashtirish to`g`risida qarori e’lon qilingan edi. Shundan buyon o’tgan to’rt oy davomida mamlakatdagi bir nechta yirik xorij kompaniyalari davlat tomonidan bosimga uchradi. O`zbekistonda muammoga uchragan korxonalarning so`nggisi Rossiya sarmoyadorlariga tegishli MTS aloqa kompaniyasidir. Bundan avvalroq Hindiston bilan hamkorlikdagi “Spantex” to`qimachilik korxonasi, Bekobod […]

London Olimpiadasidagi sharafsiz ishtirok!

Londonda Yozgi Olimpiya o’yinlari yakunlandi. Shubhasiz, Olimpiada sport musobaqalarining cho’qqisi, shuning uchun bu tantana qoldirgan hayrat ham, alam ham ancha kuchli. Qolaversa, bu ulkan musobaqa har bir davlat uchun o’z imkoniyatlarini sarhisob qiladigan jiddiy sinov. Afsus, sinov O’zbekiston uchun sharafsiz kechdi. Hali Olimpiya saralash bahsidan o’tayotgan  futbolchilarimizning jamoa sobiq murabbiyi Vadim Abramov ta’biri bilan aytganda […]

Pahlavon Sodiq: Shartni Karimov qo’ymoqda, G’arb emas…

O’zbek matbuoti uzoq tarixga ega, biroq erkinlik hamisha noyob ne’mat bo’lib kelgan. XX asr boshlarida, o’zbek matbuoti oyoqqa tura boshlagan damlardagi uyg’oqlik bugungi vaziyatdan ancha jonli ko’rinadi. Jadidlar davridagi va mustaqillik yillaridagi “Hurriyat”ni solishtirish bu farq qanchalik ekanligini ham, so’z erkinligiga nisbatan toqat va taqatsizikni ham  yaxshi ko’rsatadi. Nazarimda, shu kabi qisqa uyg’onishlar bo’lgani bois […]

Sanjar Umarov: “O’zbekistonda ijtimoiy portlash xavfi yuqori”

2006-yilda iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Sanjar Umarov Vashington va Toshkent o`rtasidagi muzokaralar natijasida 2009-yilda ozod etilgan edi. Ozodlikka chiqqach AQShga ketgan Umarov ancha vaqt jamoatchilik e`tiboridan uzoqda bo`ldi, siyosiy faoliyatdan chetladi. Yaqinda Berlinda O`zbekistondagi vaziyat muhokama qilingan xalqaro konferensiyada ishtirok etgan muxolifatchi O`zbekistonda ijtimoiy portlash yaqinligini bashorat qiladi. Umarov bilan suhbatimiz […]