Ostona sammiti Markaziy Osiyoda yangi davrdan darak
Ostonada 15-mart kuni o’tgan mintaqaviy sammit prezidentlar muhokamasidagi masalalar, imzolangan qo’shma bayonot bilan emas, aynan bo’lib o’tgani bilan ahamiyat kasb etdi. Sammit haqida OAVdagi maqolalarning aksariyatida Markaziy Osiyoda yangi davr boshlanayotganiga diqqat qaratildi. Mintaqa liderlarining salkam 10 yillik tanaffusdan so’ng o’tgan sammiti, albatta geosiyosiy talqinlarda xoli emas. “Eurasianet” sayti mintaqa liderlari muvofiqlashish uchun dastlabki harakatni […]
Navro’z ayyomiga hozirlik “Tozalash” operatsiyasi bilan boshlandi
O`zbekistonda Navzro`z ayyomiga tayyorgarlik har doimigidek “Tozalash” operatsiyasi bilan boshlandi. Ichki ishlar vazirligi “Tozalash” amaliyotini uyushqoqlik bilan o`tkazmoqda, deb xabar beradi “Kun.uz” mahalliy nashri. Oddiy aholi, poytaxt ko`chalarida tirikchilik umidida yurgan sanoqsiz fuqarolar uchun sir emas bu amaliyotning maqsadi, kimni kimdan tozalashga qaratilgani… “Tozalash” deganda ko’chalar, xiyobon, maydon va yodgorliklarni tozalash anglanganda chidash mumkin edi. […]
Gulnora Karimova serialining navbatdagi qismi: Voqealar rivojida nima yangilik bor?
O’zbekistonni qariyb chorak asrdan beri boshqarib kelayotgan Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova mashmashasining navbatdagi qismi ham ko’pchilikni qiynayotgan savollarga javob bermadi. Maqsad nima? Gulnorani xalqaro tergov-surishtiruvlardan himoya qilishmi yoki siyosiy maydondan chetlatishmi? Bir qarashda oilaviy ziddiyatdan boshlangan bu serial, kutilmaganda, mamlakatdagi siyosiy jarayonga ham ta’sir qilishi mumkin. Tabiiyki, prezidentning qizi oz jinoiy qilmishlarii uchun qonun […]
Vatanni vatandoshlardan begona qilayotgan og’riqlar
Yaqin bir do`stimdan xat oldim. U mendan Rossiya fuqaroligini olish imkoniyatlari haqida so`rabdi. Og’aynimning yozishicha, sharoitdan kelib chiqib va istiqbolni o`ylagan holda Rossiya fuqaroligini olish yomon emas. Ikki yildan buyon xorijda yurgan mendek odam uchun vatanda o`z istiqbolini ko`ra olmayotgan do`stga maslahat berish og`ir. Do`stim ziyoli odam, mamlakat hayoti va taqdiriga befarq emas. Hozirgacha umid […]
Gulnora Karimova “tvit”larining xotimasi qanday bo’ladi?
Gulnora Karimovaning “Twitter”dagi inqilobiy chiqishlarida biroz shasht pasaygandek, albatta agar Milliy xavfsizlik xizmati rahbari Rustam Inoyatov timsolidagi hukumatga qarshi keskinroq biror kompromatni so’nggi o’q sifatida saqlamayotgan bo’lsa. Hozircha tvitlar oqimi sekinlik bilan boshqa bir yo’nalish, Gulnora shaxsi atrofida afsona yaratish tomon burilayotgani seziladi. Bu boradagi sanoqsiz mulozamatlardan misol sifatida foydalanish lozim emasdek, ayniqsa, Gulnoraning mo’min-muslima […]
“O’zbek bahori” qachon boshlanadi?
Arab dunyosida uyg’onish sabab “O’zbek bahori” qachon boshlanadi deya umid bilan savol beruvchilar ko’paygan. Jamiyatda bahoriy yangilanish qachon boshlanishi mavhum, ammo fasllar kelinchagi bahor O’zbekistonga har doimgidek bu yil ham o’z vaqtida kirib keldi. Navro’z tantanalari… An’anaga ko’ra, prezident Islom Karimov milliy bog’da xalqqa o’z ezgu tilaklarini bildiradi. Davlat rahbari bahoriy kayfiyat tilab, tabiatdagi uyg’onish […]
London Olimpiadasidagi sharafsiz ishtirok!
Londonda Yozgi Olimpiya o’yinlari yakunlandi. Shubhasiz, Olimpiada sport musobaqalarining cho’qqisi, shuning uchun bu tantana qoldirgan hayrat ham, alam ham ancha kuchli. Qolaversa, bu ulkan musobaqa har bir davlat uchun o’z imkoniyatlarini sarhisob qiladigan jiddiy sinov. Afsus, sinov O’zbekiston uchun sharafsiz kechdi. Hali Olimpiya saralash bahsidan o’tayotgan futbolchilarimizning jamoa sobiq murabbiyi Vadim Abramov ta’biri bilan aytganda […]
Sanjar Umarov: “O’zbekistonda ijtimoiy portlash xavfi yuqori”
2006-yilda iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Sanjar Umarov Vashington va Toshkent o`rtasidagi muzokaralar natijasida 2009-yilda ozod etilgan edi. Ozodlikka chiqqach AQShga ketgan Umarov ancha vaqt jamoatchilik e`tiboridan uzoqda bo`ldi, siyosiy faoliyatdan chetladi. Yaqinda Berlinda O`zbekistondagi vaziyat muhokama qilingan xalqaro konferensiyada ishtirok etgan muxolifatchi O`zbekistonda ijtimoiy portlash yaqinligini bashorat qiladi. Umarov bilan suhbatimiz […]