Karimovlar xonadonidan kelgusida nimalarni kutish mumkin?

Nihoyasiga yetayotgan yilning muhim voqeasi, shubhasiz, bosimga uchrab, mol-mulki va maqomidan ajragan Gulnora Karimovaning hukumatdagi ziddiyatlarga doir ayrim ma`lumotlarni jamoatchilikka oshkor etgani bo`ldi. Mojaro hali tugamadi, Gulnora Karimova qismatining yangi yilda kutilayotgan ehtimoliy xotimasi “Twitter” doirasidagi oshkoraliklarni bir qadar kengroq maydonga ko`chirishi ham mumkin. Har holda, Turkiyaning “Hurriyat” nashriga berilgan intervyu so`nggi oylar davomida Gulnora […]

Gulnora Karimova “tvit”larining xotimasi qanday bo’ladi?

Gulnora Karimovaning “Twitter”dagi inqilobiy chiqishlarida biroz shasht pasaygandek, albatta agar Milliy xavfsizlik xizmati rahbari Rustam Inoyatov timsolidagi hukumatga qarshi keskinroq biror kompromatni  so’nggi o’q sifatida saqlamayotgan bo’lsa. Hozircha tvitlar oqimi sekinlik bilan boshqa bir yo’nalish, Gulnora shaxsi atrofida afsona yaratish tomon burilayotgani seziladi. Bu boradagi sanoqsiz  mulozamatlardan misol sifatida foydalanish lozim emasdek, ayniqsa, Gulnoraning mo’min-muslima […]