Chegara bilmas nihollar… O’zbekistondan Tojikistonga

140 ming kvadrat kilometr hududga ega Tojikiston maydonining 93 foizini tog’lar tashkil etadi. Bu tog’larning aksar qismi yuksak qorli va yalango’och qoyalardan iborat. Faqat daralarning ayrim qismlari, vodiy va pasttekisliklardagina ekin ekiladi, daraxtlar ko’karadi, odamlar yashaydi. Qadimiy manbalarga qaraganda, hozirgi Tojikistonning 25 foiz hududi yovvoyi o’rmon, to’qaylar bilan qoplangan bo’lgan, unda minglab turdagi dov-daraxtlar ko’kargan. […]

Tojik cho’ponlar va o’zbek dehqonlar orasida janjal

Shu kunlarda Tojikiston shimolidagi Spitamen nohiyasida tog’li tojik cho’ponlar va o’zbek dehqonlar orasida katta janjal ro’y berdi. Ravshan Shams, Tojikiston Bir o’zbek Spitamen markaziy kasalxonasida og’ir ahvolda yotibdi. Tojik podachilaridan biri va yana ikki o’zbek dehqon ham shu yerda. Bir necha kishi jarohatlangan, har ikki tomondan. Yuzlab qo’yni soy oralab, yaylovga haydab ketayotgan cho’ponlarning moli […]

Bloglarga tushov solindimi?

O’zbekistonda jurnalistlar biroz bo`lsa-da o`zlarini erkin his qilishi mumkin bo`lgan maydon – blogchilar faoliyatiga ham chang solindi. Senatning yalpi majlisida ma`qullanib, 5-sentabrdan kuchga kirgan qonun blogdagi yozuvlar uchun jinoiy javobgarlikdan ogoh etadi. Rasman belgilanishicha, blogerlar ijtimoiy-siyosiy hayotga taalluqli noto`g`ri, asosiz axborot tarqatsa, davlat sirini fosh etsa javobgarlikka tortilishi mumkin. Gap shundaki, O`zbekistondagi vaziyat bilan tanish […]

Artur Grigoryan: “O’zbekistonda professional boks maktabi ochmoqchiman”

Professional boks bo`yicha O`zbekistondan chiqqan birinchi jahon chempioni, “Mehnat shuhrati” ordeni sovrindori Artur Grigoryan O`zbekistonda professional boksni rivojlantirmoqchi, faqat sarmoya va imkoniyat berilgan taqdirda. Artur Grigoryan bilan o`zbekistonlik yana bir sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev mashg`ulot o`tkazayotgan klubda tasodifan uchrashdim. Keyin bilishimcha, Grigoryan ham shu kompaniyada ishlayapti, Chagayevning jamoasida ikkinchi trener vazifasini ham bajaradi. Artur […]