Showing Archived Posts

Tojikistonda Navro’z qanday nishonlandi?

Posted March 25th, 2014 at 2:28 pm (UTC-4)
Leave a comment

Har yilgidek bu yil ham Tojikistonda Navro’z tantanalari yuqori martabali rahbarlar va oddiy xalq uchun alohida-alohida o’tkazildi. Navro’zning ilk kuni, bahorgi tengkunlikda poytaxt Dushanbe va viloyat markazlarida kazo-kazolar uchun tantanalar ajoyib o’tdi. Maxsus jihozlangan sayilgohlar tantana ishtirokchilari va mehmonlarga to’la, dasturxonlar  to’kin va fayzli bo’ldi, turli tuman qiziqarli tadbirlar tashkil etildi, taniqli xonandalar  ochiq havoda […]

Posted in Tojikiston

Markaziy Osiyoda Navro’z shukuhi kezmoqda

Posted March 20th, 2014 at 2:53 pm (UTC-4)
2 comments

Farg’ona vodiysiga Navro’zi olam charaqlagan qiyosh, iliqlik, yashil maysa va yengil shabboda – chinakam bahor tafti bilan kirib keldi. Bu yil mintaqada qish ancha cho’zilib, ona tabiatning uyg’onishi, yangilanishi aynan sharqiy Yangi yil kunlariga to’gri keldi. Qirg’izistonning O’sh viloyati qirg’iz dramatik teatri maydonida doshqozonlarda sumalak, sho’rva qaynadi, palov damlandi. Shifobaxsh bahor o’simliklari hamda  barra go’shtlardan […]

Markaziy Osiyoda Navro’z tantanalari

Posted March 16th, 2014 at 6:19 pm (UTC-4)
1 comment

Navro’z bayrami – Markaziy osiyo xalqlari uchun qadim udum. Bu o’lkalar o’z mustaqilligini e’lon qilganidan beri Navro’z davlat miqyosida har yili rasman nishonlanadi. Quyida o’tgan yillardagi tantanalarda olingan ayrim suratlarni e’tiboringizga havola etmoqchimiz. Siz yashab turgan joyda Navro’z bayrami qanday nishonlanadi? Bu haqda bizga uzbek@voanews.com orqali o’z surat va fikrlaringizni jo’natasiz deb umid qilamiz.

Qirg’izistonda oq qalpoq kuni nishonlandi

Posted March 12th, 2014 at 1:46 am (UTC-4)
Leave a comment

Bu bayram bahorning birinchi haftasida o’tkaziladi. O’sh shahrida tantana tadbirlari muqaddas Sulaymon tog’i etagida joylashgan istirohatgohda boshlandi. Mahalliy yoshlar qo’mitasi tashkil etgan konsert, tomosha va ko’rgazmada yuzlab kishi qatnashdi. O’quv yurtlari, mehnat jamoalarida ham milliy bosh kiyim o’ziga xos “bosh qahramon” bo’ldi. Oq qalpoq kuni Qirg’izistonda 2011-yildan buyon nishonlanmoqda. “Oq qalpoq – oppoq qorli osmono’par […]

Posted in Qirg'iziston

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

March 2014
M T W T F S S
« Feb   Apr »
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31