Afg’onistonning shimoli-g’arbiy viloyatlarida yuz bergan kuchli suv toshqini natijasida yuzdan ortiq odam halok bo’lgan. O’lganlarning aksariyati Juzjon va Sari Pul viloyatlaridan ekani ma’lum. Shuningdek, minglab odam o’z uyini tashlab ketishga majbur bo’lgani aytilmoqda. Selga uchragan hududlarda oddiy paxsa devorlardan qurilgan koplab uylar vayron bo’lgan. Yana yuzlab odamlarning yo’qolgani xabar qilinar ekan, o’lganlar sonining oshishi kutilmoqda. […]
Qirg’iziston masjidlari
Qirg’izistonda 2500 dan ziyod masjid bo’lib, ularning 1800 nafari o’lkaning janibiy hududlarida faoliyat ko’rsatmoqda. Mamlakatda masjidlar soni tez sur’atlar bilan o’sib borayotgani mutaxassislarda turli fikrlar uyg’otmoqda. Diniy muassasalarning ko’payib borayotganidan ayrimlar tashvish bildirayotgan bo’lsa, boshqalar masjidlar sonining oshishi ma’naviyat uchun yaxshi omil ekaniga urg’u beradi. Aytish joizki, masjidlarning aksari mustaqillik yillari, din erkinligi ancha kengaygan […]