Qirg’izistonda 2500 dan ziyod masjid bo’lib, ularning 1800 nafari o’lkaning janibiy hududlarida faoliyat ko’rsatmoqda.
Mamlakatda masjidlar soni tez sur’atlar bilan o’sib borayotgani mutaxassislarda turli fikrlar uyg’otmoqda.
Diniy muassasalarning ko’payib borayotganidan ayrimlar tashvish bildirayotgan bo’lsa, boshqalar masjidlar sonining oshishi ma’naviyat uchun yaxshi omil ekaniga urg’u beradi.
Aytish joizki, masjidlarning aksari mustaqillik yillari, din erkinligi ancha kengaygan davrda barpo etilgan. Bir-biridan qo’zal, muhtasham binolarda Yaqin Sharq, turk, Samarqand-u Buxoro me’morchilik usullari ko’zga tashlanadi. Ularda milliy usul va naqshlardan ham foydalanilgan.
Qurilishlar nafaqat mahalliy aholi va ishbilarmonlar hamkorligi mahsuli, balki ularni barpo etishda, qayta ta’mirlashda arab, turk va boshqa xorijiy shaxslar, tashkilotlar sarmoyasidan ham foydalanilgan.
Quyida Janubiy Qirg’izistondagi ayrim masjidlar aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Matn va suratlar muallifi Muhiddin Zarif.