Joriy bahor Qirg’izistonda seryog’in keldi. Oftob va namning mo’lligi qir-adirlarda maysalarning gurkirab o’sishiga sabab bo’ldi. Ona tabiat yo’l chetlari, tog’ yonbag’irlarida lolaqizg’aldoqdan to’qilgan alvon gilamlarini to’shadi. Bepoyon qirlar qip-qizil harir gullarga burkandi.

Janubiy Qirg’izistonda lola fasli uch-to’rt yilda bir – bu yilgiday seryog’in va nisbatan salqin ko’klam paytlari – takrorlanadi. Odatdagi jazirama yillardan farqli o’laroq, lolazorlar ko’rinish beribgina so’nmaydi. Balki bir necha hafta joziba sochadi. Shahar-qishloq ahli xonadonlari bilan yaqin-atrofdagi dala-adirlarga lola sayliga chiqadi.

Lola sayllari – dillarga rohat, xonadonlarga totuvlik bag’ishlaydi. Ishbilarmonlarga esa, masalan, taksi haydovchilari, suratkashlar, xususiy oromgohlar jamoalariga, yaxshigina daromad.

Lolaqizg’aldoq uzoq yashamaydi.  Inson qoni yanglig’ hayotbaxsh bu o’simlik umr bahorining naqadar go’zal va qisqaligi, uni qanchalik qadrlash joizligini eslatayotganday…

Quyida ushbu bahoriy lahzalar aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Matn va suratlar muallifi Muhiddin Zarif

DSC01728DSC01729DSC01730DSC01732DSC01734DSC01735DSC01737DSC01738DSC01739DSC01742DSC01740