Qirg’iziston: Qish g’amini yozda ye

Posted August 7th, 2014 at 4:39 pm (UTC-5)
Leave a comment

Qirg’iz mulozimlari aholini qish og’ir kechishi ehtimoli borasida ogohlantirar ekan, ommani qahraton oylar gamini hozirdan ko’rishga chaqirmoqda.

“Joriy yil kamsuv keldi, necha yillardan beri birinchi bor dehqonlar avron usulini (dala ekinlarini navbat bilan sug’orish –muallif) qo’llashga majbur bo’layapti. Kocha-hovlilarda dov-daraxtlar quriy boshladi”, – deydi agronom Tohirjon Olimjonov Aravon tumanidan.

O’sh-Qorasuv hududidagi Oqbura daryosidan shu kunlarda yosh bola ham kechib otishi mumkin.

Rasmiylarga ko’ra,  mamlakatning yirik sun’iy havzasi bo’lmish To’qtag’ul suv omborida har yilgidan 3-4 milliard kub metr oz obi hayot to’plandi va bu hol kuz hamda qish oylarida elektr ta’minotida uzilishlar muqarrarligini anglatadi.

“Qolaversa, qo’shni O’zbekistondan Janubiy Qirg’izistonga tabiiy gaz yetkazib berish masalasi hal etilmagani bois, elektr tarmog’i hissasiga tushadigan yuk yanada og’ir bo’lishi ko’rinib turibdi”, – deydi O’sh shahar meriyasi xodimlari.

Ushbu vaziyatda mutaxassislar ko’mir-o’tin g’amlashni tavsiya etmoqda. O’shning 15 burchagida ko’mir sotish punktlari ochildi. Xabarlarga ko’ra, shaharda 12 suyultirilgan gaz quyish shohobchasini qurish uchun joy ajratildi.

Odamlar esa o’z taraddudini ko’rmoqda. Chorvasi bor xonadonlar (nafaqat qishloq, balki shaharlarda ham) tezak quritayapti. Has-hashak, chirigan daraxtlarga «qiron keldi». G’ayrati bor yosh-qari issiq kunlardan foydalanib, o’tin to’plash uchun tog’larga yol olgan.

Xizmat ko’rsatgan suv xo’jaligi xodimi Alisher Sotiboldiyevning aytishicha, hududning suv zahiralarini to’ldirishda buloqlarning o’z o’rni bor.

“Afsuski, keyingi yillarda xo’jasizlik oqibatida ularning ko’pi yo’q bo’lib ketdi,- deydi mutaxassis. –Ammo yana ham kech emas – ma’lum qismini qayta tiklash, ko’zini ochish mumkin. Faqat harakat darkor”.

Haq gap. Masalan, O’shning istirohat bog’laridan birida saqlanib qolgan buloqlardan yozu-qish odam izi arimaydi.

Yo’z bo’lsin, qish bo’lsin – soz bol’sin, ishqilib.

Matn va suratlar muallifi Muhiddin Zarif

Qorasuv tumani -Aravon, ko'cha ariqlari qurib qoldi.

Qorasuv tumani -Aravon, ko’cha ariqlari qurib qoldi.

Qish uchun g'amlanayotgan o'tinlar

Qish uchun g’amlanayotgan o’tinlar

Qish uchun g'amlanayotgan o'tinlar

Qish uchun g’amlanayotgan o’tinlar

O'sh mahallalaridan birida

O’sh mahallalaridan birida

Suyultirilgan gaz quyish shohobchasi (O'sh) qishloqlar aholisi uchun ham sayyor holda xizmat ko'rsatadi.

Suyultirilgan gaz quyish shohobchasi (O’sh) qishloqlar aholisi uchun ham sayyor holda xizmat ko’rsatadi.

Eski mahallada charxpalaklar ish berayapti.

Eski mahallada charxpalaklar ish berayapti.

Qish uchun g'amlanayotgan o'tinlar

Qish uchun g’amlanayotgan o’tinlar

Isssiqlik shohobchalari ta'mirdan o'tayapti.

Isssiqlik shohobchalari ta’mirdan o’tayapti.

Yozda tezak quritish yana rasm bo'lyapti.

Yozda tezak quritish yana rasm bo’lyapti.

O'shda ochilgan ko'mir sotish punktlaridan birida.

O’shda ochilgan ko’mir sotish punktlaridan birida.

Oqbura daryosini yozda bola ham kechib o'tishi mumkin.

Oqbura daryosini yozda bola ham kechib o’tishi mumkin.

Oqbura daryosi

Oqbura daryosi

Qiz buloq

Qiz buloq

O'sh istirohat bogidagi buloqdan shu kunlarda odam izi arimaydi.

O’sh istirohat bogidagi buloqdan shu kunlarda odam izi arimaydi.

Ayollar o'tin to'plamoqda.

Ayollar o’tin to’plamoqda.

Shahar yaqinidagi daraxtzor

Shahar yaqinidagi daraxtzor

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

August 2014
M T W T F S S
« Jul   Sep »
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031