
Shukur Burhonov nomidagi Nov o’zbek musiqali drama teatri binosi
Shukur Burhonov nomidagi Tojikistondagi yagona o’zbek musiqali drama teatri tarixi qariyib yuz yilga borib taqaladi.
Bundan 95 yil muqaddam, o’tgan asrning yigirmanchi yillari o’rtasida o’sha vaqtlarda O’zbekiston hududida bo’lgan “Qizil Putilov” kolxozi raisi Qoripo’lat Rahmatboyev va san’at shaydosi Do’stmat Husainovlar maslahatlashib, havaskorlik to’garagi tashkil etishga qaror qiladilar.
O’zbek sozandasi Otabobo Boboyev va cholg’uchi, xalq hofizi G’aniqori Husainovlar yangi ijodiy jamoa tashkili mas’ullari bo’lib, Qo’qondan Parzixon G’oziyeva, Andijondan Shamsi Rasulov va Butaxon Shodiyevalarni, Farg’onadan Xosiyatxon Turaboyeva, Rayimjon Salimov hamda Umarjon To’raboyevlarni Nov badiiy havaskorlari jamoasiga olib keshadi.
1934-yilga kelib havaskorlar jamoasi xalq teatri bo’lib to’la shakllanadi. Ijodiy jamoaning san’atkor hofiz va cholg’uchilari soni yigirmadan ortadi.
Bundan 80 yil muqaddam teatr jamoasining asosiy faoliyati “Halima” va “Gulsara” spektakllarini sahnalashtirish va el orasida konsert dasturlarini o’tkazishdan iborat bo’lgan. Markaziy Osiyoning besh jumhuriyatidagi shahar va chekka qishloqlarga muntazam ijodiy safarlar uyushtirib turilgan.
O’tgan asrning o’rtalariga kelib Nov nohiyasidagi o’zek musiqali drama teatrida Oyxon Yoqubova, Mirzo Pardayev, Usmonjon Siddiqov, Xosiyatxon Ne’matova, Po’latjon Elmurodov, Maqsadxon Toshxonova, Botir Alimatov singari xalq hofizlari butun Markaziy Osiyo bo’ylab dovruq qozonadi.
60-yillarda turkman dramaturgi Nazar Geldining “Maqtanchoq”, Dilbarning “Umrzoqning ishi” pyesalari sahnalashtirilgan bo’lsa, keyingi yillarda Komil Yashinning “Nurxon”, Hamzaning “Maysaraning ishi”, Ismoil Akromovning “Adolat”, Siddiqiyning “Umid uyi” dramalari teatr sahnasiga olib chiqildi.
Jamoa ishini jonlantirish uchun Toshkentdan maxsus taklif etilgan yahudiy Yoqubjon Moshoyev teatr va rassomchilik oliygohini tugatgan, sohaning yetuk mutaxassisi edi.
Yoqubjon aka o’z ishining jonkuyari bo’lish bilan birga ajoyib inson edilar, deb eslaydi u haqda Tojikistonda xizmat ko’rsatgan artist Tojiniso Niyozova.
«Moshoyev har qanday byurokratchilik, sahnaga yot ko’rinishlarga qattiq qarshilik ko’rsatib, teatr faoliyatini ancha jonlantirdi. Ammo uning prinsipialligi va o’z ishiga puxtaligi o’sha vaqtdagi rahbarlarga yoqmadi. U sho’rolar davridayoq Germaniyaga ketib qoldi. Ular bosh rejissor sifatida har qanday masalaga jiddiy yondoshar, pragmatik qarashga ega mutaxassis edilar, hozirgacha ularni hurmat bilan yodga olamiz». – deydi u.
1980-1990-yillarda o’zbek teatri davrga hamohang “Gipnoz”, “Insonlikka nomzod”, mashhur “Toshbolta oshiq”, “Oltin devor”, “Tohir va Zuhra”, “Temir xotin”, “Oshiq G’arib va Shohsanam” asarlarini sahnalashtirgan bo’lsa, mustaqillik yillarida “Sotqin”, “Spitamen”, “Qayig’i singanlar” kabi o’lmas spektakllarni yaratdi.
Sobiq sho’rolar davlatining inqirozi sabab teatr jamoasi ham og’ir sharoitga bilan yuzlashadi, layoqatli sana’tkorlar ish izlab teatrni tashlab ketadi. Uzoq muhojirlik yillari boshlanadi. Faqat yangi asrning birinchi o’n yilligiga kelib, Jumaniyoz Jabborovning “O’jarlar”, Shekspirning “Richard III”, Mansur Surushning “Sendan nolimayman, asrim” spektakllari jamoaning avvalgi shuhratini tiklaydi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida Tojikistondagi yagona Nov o’zbek musiqali drama teatriga mashur aktyor Shukur Burhonov nomi beriladi. Keyinroq bu nomni o’zgartirishmoqchi bo’lganlarida teatr jamoasi bir ovozdan bunga qarchi chiqib, o’zbek sana’tkori nomini saqlab qolishadi.
Respublikadagi yagona o’zbek musiqali drama teatri san’atkorlaridan biri keyingi yillarda hukumat ichki milliy siyosatidagi bir tomonlama qarashlar tufayli repertuarda o’zbekcha qo’shiqlar kamaytirilib, ko’proq tojik tilida chiqishlar talab etilayotganini ta’kidlasa-da, o’zbek xalqi ijodiy jamoadan o’z millatiga mansub chiqishlarni talab etadi.
“Kezi kelganda teatr afishalarini tojikchalashtirishni talab etishadi, ammo sahnada chiqishimiz aksar o’zbek tilida bo’ladi, chinovniklar bunda zug’umlarini o’tkazsalar-da, tomoshabinni o’zgartirib bo’lmaydi”, – deydi ijodiy jamoa a’zolaridan biri.
Teatr joylashgan, aksar o’zbeklar istiqomat qiladigan Spitamen nohiyasi raisi Muqtadi Majidov ijodiy jamoa uchun yubiley sharafiga mahalliy byudjet ta’minotdan ko’p o’rinli yengil mashina sovg’a etdi.
Jamoa ijodiy ishlarni davom ettirishga va’da bermoqda.
Quyida teatrning 80 yillik yubiley tantanasi aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Surat va matnlar muallifi Ravshan Shams.

Teatr hovilisiga darboz Yunusov Abdujabbor kirib kelmoqda.

Milliy do’mbira karnay sadosiga hamohang.
- Teatr aktyorlari

Nohiyaning eng ko’hna Qarosuv mahallasi raisi Jannat opa Toshmatova

Yosh xonanda Qobiljon Mirashurov raqsga tushmoqda.

Xonanda Murodjon Rahmonov va dramaturg O’rinboy Usmon

Tojkistonda xizmat ko’rsatgan xonanda Tojiniso Niyozova Sug’d televideniysiga intervyu bermoqda.

So’g’dning taniqli tojik rejissyori Salomov Islom

Rasmiylar

Karnay sadosi mo’ysafid qariyani teatrga yetakladi.

Viloyat madaniyat vaziri Nabiev Orifjon rasmiylar bilan

Qiziqchi Hamroqulov G’ayrat va direktor Yahyoev A.

Tojikistonda xizmati Shohista – Buyuk xizmatlari uchun medali sohiblari, teatr direktori Yahyoev Abduqodir, Niyozova T. komik aktyor Sanginov Jo’rabek

Teatr rejissyori Xudoydod Orifiy mehmonlar bilan

Teatr direktori o’rinbosari Rahmatjon Dadaboev va ustoz karnaychi Nazar Nosrirov

Teatr xonandalari ommaviy tadbirda.

Teatr shu kuni liq to’ldi.

Ikki yashar qizaloq

Teatrning yosh artist va xonandalari umumiy chiqish uyushtirihdi

Teatr kollektivi sovg’ani qabul qildi

Fuqorolar urushi davrida Oliy Majlis deputati bo’lgan obro’li rais G’olibjon Fozilov hurmatli mehmonlardan.

Tohir va Zuhro asaridan ko’rinish.

Teatr balkoni bolalarga to’lgan.

Mehmonlar olqishi

Zal tomoshabinlarga liq to’ldi.

Sahna asari

Hoji onalar yubiley tadbiridan juda mamnunlar.

Shekspirning Richard-III asari sahnada

Ko’zboylog’ichlar sahnada

Shoshma quyosh spektaklidan ko’rinish

Dramaturg O’rinboy Usmon va doirachi Shuhrat Qosimov sahnada

O’zbek yozuvchi va dramaturgi teatr jamoasi bilan

Teatr aktyor va xonandalari Mavlonova Zulfiya, Tojinisi Niyozova va Muanavvara Qosimoxonova

Aktrisa Muhayyo Otayeva

Tojikistonda xizmat ko’rsatgan artist, o’zbek xonandasi Qodir Mirashurov oilasi bilan

San’atkorlar

Teatr kostyumeri Shomatova Matluba

Shoshmaqom ansamblidan Nasiba Uzoqova va Solijon Do’stmatov

Sozandalar Botir Avezov, Tavakkal Vaydulloyev va Muhammadjon A’zamov

Yubiley so’ngida fotograf Renat barcha san’atkorlarni suratga muhrlamoqda.

Teatr jamoasi yubiley tadbiridan so’ng xotira uchun rasmga tushmoqda.