Showing Archived Posts

Qirg’izistonda xalq amaliy san’ati zamon bilan hamnafas

Posted February 12th, 2015 at 10:17 pm (UTC-5)
Leave a comment

O’sh shahrining Dala hovlilari mavzesida yashovchi Qunduz Talkanchiyeva esini tanibdiki, kigizdan milliy liboslar va uy jihozlari tayyorlash bilan mashg’ul. Uning qo’lidan chiqqan oq qalpoq, kundalik va bayram kamzil-choponlari, gilamdan pishiq shirdoqlarning bozori chaqqon. “Qulay, tabiiy, xalqona buyumlarga, ayniqsa, keyingi yillarda talab kuchaymoqda,- deydi chevar opa.- Masalan, milliy oq qalpoq eng yaxshi sovg’alardan sanaladi, ushbu bosh […]

Posted in Qirg'iziston

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

February 2015
M T W T F S S
« Jan   Mar »
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728