O’shlik qariya Yo’ldoshboy ota erta bahordan tevarak-atrofdagi qir-adirlarni kezishni odat qilgan. U qor ortidan unib chiqqan mitti gullar, barg otayotgan o’simliklarni teradi. “Ko’klamga yetkazganiga shukr, ko’zingizga surtib, iste’mol qiling – udum shunaqa, – deydi u ko’k o’t dastalarini mahalladagilarga ulashar ekan. – Qishdan horib chiqqan tanangiz uchun ismaloq, jag’-jag’, yalpizdan bo’lgan yemak ming kimyoviy darmondoridan […]