Markaziy Osiyoning eng qashshoq mamlakati deb ko’riladigan Tojikistonda Navro’z tantanalari to’rt kun davom etdi. Prezident Emomali Rahmon qarori bilan bu yil bayram mamlakat shimolida – Sug’d viloyatida o’tkazildi. Tadbirlarda qo’shni mamlakatlardan mehmonlar, shuningdek, Afg’oniston va Erondan alohida taklif etilgan delegatsiyalar ishtirok etdi. Tojikiston, Afg’oniston va Eron o’rtasidagi kelishuvga muvofiq, Navro’z har yili galma-gal bu mamlakatlarning […]