Hunar borki, asrlarni qaritgan…

Posted April 13th, 2015 at 9:32 am (UTC-4)
Leave a comment

Zamona zayli bilan yo’qolib borayotgan kasblar oz emas. Aytaylik, ko’nchi, xat tashuvchi, tegirmonchi, soatsoz, aravasoz…

Lekin hunarlar borki, ilm-texnika taraqqiyoti davrida ham – bitmas, o’lmas, tuganmas. Otalar san’atini yangi avlod davom ettirmoqda.

…O’shda (Janubiy Qirg’iziston) tandirchilar ustaxonalari shahar o’rtasida qad ko’targan  Taxti Sulaymon tog’i atrofida joylashgan. Ushbu hunar tarixi uzundan-uzoq. Olimlar tomonidan bu joylarda  olib borilgan qazilmalar paytida XII asrga oid kulolchilik namunalari topilgan…

Mutaxassislarga ko’ra, O’sh tandirlariga talab yildan yilga oshib bormoqda. Buyurtmalar sayyoramizning turli qit’alarida faoliyat ko’rsatayotgan vatandoshlar – tadbirkorlar, oshpaz, nonvoy, somsapazlardan ham kelib turadi.

17 yoshli Olloberdi – beshikchilar sulolasining vakili. O’sh shahar markaziy bozorida alohida beshik rastasi mavjud. Olloberdi esa o’zi istiqomat qilayotgan ko’chada do’kon ochdi – mahalla bolajon, kun sayin chaqaloq dunyoga keladi. Baxtli xonadonlar buyurtmalarining keti uzilmaydi.

Tol yog’ochidan yasalgan beshiklar uncha qimmat emas – 1200-2000 qirg’iz so’mi (20-30 AQSh dollari atrofida). Did bilan bezatilgan, jihozlangan beshiklar narxi esa uch yarim ming so’mdan olti minggacha.

Pichoqchi Bahromjon Ashurov tayyorlagan buyumlar ham xaridorgir. “Men, asosan, Rossiyadan keltirilgan yaxshi toblangan metall bilan ishlayman”, – deydi u. 15 yoshli Hamidillo ota kasbini qunt bilan o’rganmoqda.

Aravonlik do’ppido’zlar  mahsuloti  bozorda ham, turli ko’rgazmalarda ham old o’rinlarda turar ekan. “Hozirgi yoshlar milliy bosh kiyimlarini kamroq kiyishadi, ammo o’rta va katta avlod orasida mijozlar k’op”, – deydi chevar opalar.

Temirchi, sandiqchi, kashtachi, shirdoqdo’z, qalpoqdo’z… – qo’lingiz dard ko’rmasin, umri boqiy hunarlar sohiblari.  Asl go’zallik, boqiylik sizning qo’lingizda, desam, mubolag’a bo’lmas, balki…

Matn va suratlar muallifi Muhiddin ZARIF

“Tandir mavsumi” odatda bahor o’rtasida, iliq kunlar kirishi bilan boshlanadi, O’sh, 2014-yil.

Xalq o’yinlari uchun jihozlar ham mahalliy ustalar tomonidan tayyorlanadi, O’sh, 2014-yil.

Xalq o’yinlari uchun jihozlar ham mahalliy ustalar tomonidan tayyorlanadi, O’sh, 2014-yil.

Qunduz Talqanchiyeva kigizdan qirg’iz milliy liboslari hamda uy jihozlari yasaydi, O’sh, fevral, 2015-yil.

Qunduz Talqanchiyeva kigizdan qirg’iz milliy liboslari hamda uy jihozlari yasaydi, O’sh, fevral, 2015-yil.

Mahalla bolajon, beshikka ehtiyoj uzilmaydi, O’sh, mart, 2015-yil.

Mahalla bolajon, beshikka ehtiyoj uzilmaydi, O’sh, mart, 2015-yil.

Mahalla bolajon, beshikka ehtiyoj uzilmaydi, O’sh, mart, 2015-yil.

Mahalla bolajon, beshikka ehtiyoj uzilmaydi, O’sh, mart, 2015-yil.

17 yoshli Olloberdi – o’shlik beshikchilar sulolasi vakili, O’sh, mart, 2015-yil.

17 yoshli Olloberdi – o’shlik beshikchilar sulolasi vakili, O’sh, mart, 2015-yil.

Markaziy bozor, beshik rastasi, O’sh, aprel, 2015-yil.

Markaziy bozor, beshik rastasi, O’sh, aprel, 2015-yil.

Temirchilar orasida ish o’rganayotgan o’spirinlar ko’p, O’sh, aprel, 2015-yil.

Temirchilar orasida ish o’rganayotgan o’spirinlar ko’p, O’sh, aprel, 2015-yil.

Xo’jalikda zarur ko’plab asbob-uskunalar hozirgacha mahalliy temirchilarning qo’lidan chiqadi, O’sh, aprel, 2015-yil.

Xo’jalikda zarur ko’plab asbob-uskunalar hozirgacha mahalliy temirchilarning qo’lidan chiqadi, O’sh, aprel, 2015-yil.

Pichoqchi Bahromjon yaxshi toblangan metall bilan ishlaydi, O’sh, aprel, 2015-yil.

Pichoqchi Bahromjon yaxshi toblangan metall bilan ishlaydi, O’sh, aprel, 2015-yil.

Bahromjonning farzandi: bu pichoqni o’zim yasadim. O’sh, aprel, 2015-yil.

Bahromjonning farzandi: bu pichoqni o’zim yasadim. O’sh, aprel, 2015-yil.

Yaxshi farzand, yaxshi shogird, O’sh, aprel, 2015-yil.

Yaxshi farzand, yaxshi shogird, O’sh, aprel, 2015-yil.

Sandiq, deysizmi, eshik-rom, deysizmi – sifatiga gap yo’q.  Ravshanbek va Muhammadjon ustazodalar, O’sh, aprel, 2015-yil.

Sandiq, deysizmi, eshik-rom, deysizmi – sifatiga gap yo’q. Ravshanbek va Muhammadjon ustazodalar, O’sh, aprel, 2015-yil.

Temirchilar orasida ish o’rganayotgan o’spirinlar ko’p. Bu yigitcha endi o’n olti yoshga kirayapti, O’sh, aprel, 2015-yil.

Temirchilar orasida ish o’rganayotgan o’spirinlar ko’p. Bu yigitcha endi o’n olti yoshga kirayapti, O’sh, aprel, 2015-yil.

Kundalik turmush uchun oddiy pichoqlar, O’sh bozori, aprel, 2015-yil.

Kundalik turmush uchun oddiy pichoqlar, O’sh bozori, aprel, 2015-yil.

Aravonlik do’ppido’zlar mahsuloti bozorda ham, turli ko’rgazmalarda ham old o’rinda, Aravon qishlog’i, mart, 2015-yil.

Aravonlik do’ppido’zlar mahsuloti bozorda ham, turli ko’rgazmalarda ham old o’rinda, Aravon qishlog’i, mart, 2015-yil.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

April 2015
M T W T F S S
« Mar   May »
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930