Tojikiston: hunarmandchilik xotin-qizlar uchun tirikchilik

Posted June 30th, 2015 at 10:36 am (UTC-5)
Leave a comment

Bir kun kleib bu qizlar qiyiq tikish san'atini o'z avlodlariga meros qoldirishadi

Mamlakatda ishsizlik keng tarqalgani va ishlab chiqarish qisqarib ketgani sabab erkaklarning asosiy qismi vatanni tark etgan. Xotin-qizlar esa sakkiz million aholining qariyib 55 foizini tashkil etadi.

Ayollar aksariyat hollarda uyda, ro’zg’or yumushlari va bolalar bilan band.

Hukumat keyingi yillarda mahalliy hunarmandchilikni rivojlantirish harakatida. Shu bilan xotin-qizlarni mehnatga jalb etishga intilmoqda.

2014-yilda Sug’d viloyat hokimiyati shu maqsadda 200 ming somoniy ajratib, maxsus tanlov asosida 30 grant bergan.Rasmiylar kam ta’minlangan oilalarga alohida ahamiyat qaratilganini aytadi.

Birgina Sug’d viloyatida Asht, Bobojon G’afurov, Panjakent, Spitamen nohiyalarida xalq hunarmandchiligini rivojlantirish markazlari ochilib, ishga tushirildi. Bu markazlarga bichish-to’qishda tajribali onaxonlar jalb etilib, yoshlarga qadimiy kashtachilik, qo’lda gilam  va matolar to’qish, milliy uslubdagi jihozlar tayyorlash o’rgatilmoqda.

Sug’d viloyatiing Spitamen nohiyasidagi qadimgi Kurkat qihlog’ida ishsiz 80 xotin-qiz jalb etilgan yangi ishlab chiqarish o’quv markaziga mahalliy hukumat eski ustalar yasagan 10 ga yaqin adras va atlas to’qish dastgohlari, 20 dona zamonaviy tikish mashinalari taqdim etdi.

Gilam to’quvchilarga Mavluda Ummatova, kiyim tikuvchi chevarlarga Dilafro’z Hotamova ustozlik qilmoqda.

“Ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimiz pishiq-puxtaligi bilan ajralib turadi. Lekin gap shundaki, qo’l mehnati va tabiiy xom ashyoning qimmatkigi sabab mahsulotlarimiz arzon-garov import mollari bilan raqobatlasha olmaydi. Xalqimiz sifatsiz bo’lsada, Xitoy va Eron mahsulotlari xarid qilishga o’rganib qolgan”, – deydi Dilafro’z.

Mavluda Ummatovaning aytishicha, garchi to’y-hashamlarda eski udumlarga rioya qilishsada, xalq zamonaviy matolarni xarid qilishni m’aqul ko’radi.

“To’ylarda kelinlar uchun o’ta qimmat turk, arab, hind kiyim-kechaklari, matolarni xarid qilishadi. Holbuki, sifatiga ko’ra ulardan ustunroq turadigan, o’z qo’limizda to’qilgan choyshab, parda, quroq dasturxonlar, matolarimiz bor. Odamlar yaltur-yultur matolarga o’ch, zamonaviy modaga berilgan, yoshlarning didi boshqacha”, – deydi Mavluda.

Tajribali gilam to’quvchi Risolat opa Abdurahmonova chet elning arzon matolariga qaraganda avra-astari quroqlrdan tikilgan ko’rpa va ko’rpachalar, dasturxon, yostiq jildlari har qanday xonadon  sandig’ini to’ldirishi, uyini bezashi mumkin deb aytadi.

“Eski davrlarda tabiiy jun va ipdan to’qilgan gilam, sholchani ostimizga to’shar edik, ham sifatli, ham zararsiz edi. Odamlarimiz endi arzon-garov Eronu-turk  gilamlariga o’rganib qoldi. Biz tabiiy jundan to’qigan 80X100 sm hajmdagi kichik gilamchamiz tannarxi qarib 500 somonyga boradi. Bu pulga manaman degan kishi to’yxonaga gerdayib katta Eron gilamini  ko’tarib  boradi. Mamlakatimizda xalq amaliy hunarmandchiligiga e’tibor qaratilib, qo’l menhatiga qiziqish ko’rsatilayotgani yaxshi, ammo masalani oxirigacha hal etish zarur”, – deydi Risolat  opa.

Uning fikricha, respublika hukumati mahalliy tadbirkorlar faoliyatini davlat miqyosida qo’llab quvvatlashi zarur, mahsulotlar targ’iboti ommaviy axborot vositalarida keng yo’lga qo’yilishi, soliqlarda imtiyozlar berilishi kerak.

Ravshan Shams

Xo’jand, Tojikiston

Ustoz va shogird, qiyiq tikish jarayoni

Ustoz va shogird, qiyiq tikish jarayoni

Usta to'quvchi Maluda Ummatova shogirdi bilan dastgohlarni yigishtirmoqda

Usta to’quvchi Maluda Ummatova shogirdi bilan dastgohlarni yigishtirmoqda

Ish ustida

Ish ustida

Qo'lda yasalgan to'qish dastgohida ishlashni onalardan meros olishganlar bor

Qo’lda yasalgan to’qish dastgohida ishlashni onalaridan o’rganganlar bor

Qo'lda tikilgan palaklar qishloqlarda hali hali chimildiq, go'shangalarni bezab kelmoqda

Qo’lda tikilgan palaklar qishloqlarda hali hali chimildiq, go’shangalarni bezab kelmoqda

Qo'lda sholcha to'qish yangi avlodga meros qoldirilmoqda

Qo’lda sholcha to’qish yangi avlodga meros

Qo'lda ensiz to'qiladigan adras  tolalari mana shhunday qo'llardan o'tadi

Qo’lda ensiz to’qiladigan adras tolalari mana shunday qo’llardan o’tadi

Qiziqish bo'lsa hunarni qizaloqlar ham egallashi mumkin

Qiziqish bo’lsa hunarni qizaloqlar ham egallashi mumkin

Paxta tolasidan to'qilib,tabiiy rang berilgan iplardan sholcha to'qilmoqda

Paxta tolasidan to’qilib, tabiiy rang berilgan iplardan sholcha to’qilmoqda

Oyoq ostiga mo'ljallab qo'lda to'qilayotgan qalin gilamcha har qanday Eron mahsulotidan ustun turadi

Oyoq ostiga mo’ljallab qo’lda to’qilayotgan qalin gilamcha har qanday Eron mahsulotidan ustun turadi

Ota-bobolarimiz mana shunday dastgohlarda mato to'qishgan, ular yana ish bermoqda

Ota-bobolarimiz mana shunday dastgohlarda mato to’qishgan, ular yana ish bermoqda

Minglab ip tolalaridan qo'lda mana shunday sholcha to'qiladi

Minglab ip tolalaridan qo’lda mana shunday sholcha to’qiladi

Eskilardan qilgan qiqiq va quroq tikish ham san'at

Eskilardan qilgan qiqiq va quroq tikish ham san’at

Eskidan qolgan sholcha yana hayotga qaytmoqda

Eskidan qolgan sholcha yana hayotga qaytmoqda

Chevarlarga ish mo'l, o'quvchilar uchun ust-bosh formasiga buyirtma olindi

Chevarlarga ish mo’l, o’quvchilar uchun ust-bosh formasiga buyurtma olindi

Chevar kelinlar ishsiz qolmaydi

Chevar kelinlar ishsiz qolmaydi

Ustozlar saboq bermoqda

Ustozlar saboq bermoqda

Bichuvchi usta yoshlarga matoni qanday kesishni o'rgatadi

Bichuvchi usta yoshlarga matoni qanday kesishni o’rgatadi

Ayollar onalaridan meros olgan ish uslublarini yoshlarga o'rgatishmoqda

Ayollar onalaridan meros olgan ish uslublarini yoshlarga o’rgatishmoqda

Adras to'qish jarayoni

Adras to’qish jarayoni

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

June 2015
M T W T F S S
« May   Sep »
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930