Afg‘onistonning Shibirg‘on shahrida Bobur adabiy-madaniy markazi tashabbusi bilan Alisher Navoiyning 575 yillik yubileyi o‘tkazildi. Unda 1000 ga yaqin odam ishtirok etdi.
Navoiy asarlari va uning davlat va ijtimoiy hayotda tutgan o’rni haqida ma’ruzalar qilindi.
Har yili Afg‘onistonning qator viloyatlarida Navoiyning tug‘ilgan kuni nishonlanadi.
Quyida Shibirg’onda o’tgan tadbir aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Matn va suratlar muallifi Abulbasir Ilg’or.