Qirg’izistonda faoliyat yurituvchi “Intimaq” (o’zbek tiliga tarjimasi – Ahillik) teleradiokompaniyasi qoshida ochilgan medialaboratoriya o’zining ilk bitiruvchilariga guvohnomalar topshirdi. Mahalliy oliygohlarda ta’lim olayotgan bir guruh talabalar va turli sohalarda ishlayotgan matbuot shaydolari bir necha oy mobaynida tinchlik va ahillikni targ’ib qilish yo’llari-usullarini o’rgandilar.
Mashg’ulotlarni malakali mutaxassislar olib bordi.
O’quv davomida yoshlar zikr qilingan y’onalishda – tinchlik-osoyishtalik, do’stlik-ahillikni barqaror etish mavzularida – ucha katta bo’lmagan loyihalar ishlab chiqishdi.
Ushbu loyihalar mahalliy teleko’rsatuv tarmog’ida grantlar asosida amalga oshiriladi. Bitiruv kechasi yosh ijodkorlarga aytilgan dasturlar uchun zarur mablag’ga huquq beruvchi hujjatlar ham topshirildi.
BMTning Taraqqiyot Dasturi Qirg’izistonda ikki medialaboratoriya faoliyatini moliyalashtirgan bo’lib, loyiha “Ommaviy ahborot vositalari tinch o’zgarishlar uchun” deb ataladi.
Bundan besh yil muqaddam qirg’iz hukumati qaroriga ko’ra Internews ko’magida ochilgan “Intimaq” teleradiokompaniasi millatlararo, madaniyatlararo ahillik hamda hamkorlikni mustahkamlashni maqsad qilgan. Eshittirish hamda ko’rsatuvlar qirg’iz, rus va o’zbek tillarida olib boriladi.
O’z paytida ushbu ahborot vositasi oyoqqa turib olishi uchun AQSh nufuzli tashkilotlaridan biri “Internews” salmoqli moddiy yordam ko’rsatgan.
Matn va suratlar muallifi
Muhiddin Zarif
Tadbirdan fotolar:
salmoqli moddiy yordam ko’rsatgan.
Matn va suratlar muallifi
Muhiddin Zarif