Showing Archived Posts

Shahram G’iyosov – boks bo’yicha jahon chempioni

Posted September 5th, 2017 at 1:42 pm (UTC-4)
Leave a comment

Germaniyaning Gamburg shahrida o’tgan boks bo’yicha jahon chempionatida O’zbekiston oltita medal bilan jamoalar orasida Kubadan so’ng ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi: bitta oltin, uchta kumush va ikkita bronza. Finalgacha yetib borgan to’rt o’zbekistonlikning barchasiga musobaqa peshqadami kubaliklar raqiblik qildi. Bahsli kechgan final o’yinlari natijasiga ko’ra, O’zbekistondan faqat Shahram G’iyosov oltin medalni qo’lga kiritdi. “Amerika Ovozi” muxbiri […]

Posted in O'zbekiston

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

September 2017
M T W T F S S
« Mar   Oct »
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930