Germaniyaning Gamburg shahrida o’tgan boks bo’yicha jahon chempionatida O’zbekiston oltita medal bilan jamoalar orasida Kubadan so’ng ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi: bitta oltin, uchta kumush va ikkita bronza.
Finalgacha yetib borgan to’rt o’zbekistonlikning barchasiga musobaqa peshqadami kubaliklar raqiblik qildi. Bahsli kechgan final o’yinlari natijasiga ko’ra, O’zbekistondan faqat Shahram G’iyosov oltin medalni qo’lga kiritdi.
“Amerika Ovozi” muxbiri boks arenasidan turib ushbu janglarni kuzatish imkoniyatiga ega bo’ldi.
Biz final jangi oldidan bo’lajak chempion Shahram G’iyosovni suhbatga tortishga ham muvaffaq bo’ldik.
Quyida ana shu suhbatimizni e’tiboringizga havola etamiz.