Qirg’iziston: “Intimoq” teleradiokompaniyasi navqiron bayramini nishonladi

Posted November 28th, 2017 at 12:23 pm (UTC-4)
Leave a comment

Intimoq – ahillik demakdir. Qirg’iz, rus hamda o’zbek tillarida faoliyat yurituvchi ushbu teleradiokompaniya Qirg’iziston hukumati va xalqaro tashkilotlar tashabbusi bilan  tashkil topgan. Jamoa keng doirali muxlislar ehtiyojini qondirish, ahillik, do’stlik g’oyalarini tarannum etishni maqsad qilgan.

“Intimoq” teleradiokompaniyasining besh yilligiga bag’ishlab O’sh shahrida o’tkazilgan tantanali marosimda mahalliy axborot vositalarining xodimlari, davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yig’ilganlarning e’tirof etishicha, hozirga baynalminal teleradiouyushma mamlakatning eng zamonaviy, ilg’or, keng tarmoqli axborot vositalaridan biriga aylandi. “Intimaq”ning o’z televideniyesi, radiosi, gazeta va sayti bor, uni ijtimoiy tarmoqlarda tinglash, ko’rish va o’qish mumkin. Shuningdek, teleradiokompaniya soha uchun kadrlar tayyorlovchi maktabga ega.

Navqiron teleradiokompaniyaning jamoasi ham aksari yoshlardan iborat. Yuz xodimning sakson nafari hali o’ttiz besh bahorni ko’rmagan. 

Umida Mirzaboyeva jamoaga birinchilar qatori qo’shilgan. Hozirda muxlislar qalbidan joy olgan radio va teledasturni olib boradi.

“Bizning radio O’zbekistonning qo’shni viloyatlari aholisi, shuningdek, Rossiyada faoliyat ko’rsatayotgan vatandoshlar orasida ham taniqli. Biz orqali Janubiy Qirg’iziston hayoti, qarindosh-urug’lar, do’st-birodarlar turmushidan xabardor bo’lib turishadi”, –  deydi Umida.

“Intimoq” media maktabi ham o’ziga xos jihatlari bilan mamlakat axborot maydonida yagona. “Intimoq”ning barcha tarmoqlari qatori ushbu o’quv dargohi ham xalqaro tashkilotlar, jumladan, Internews va AQSh Xalqaro Taraqqiyot agentligining moliyaviy ko’magiga tayanadi.

Raqamli texnologiyalarga o’tish munosabati bilan jamoa 2016 – 2020-yillarga mo’ljallangan taraqqiyot dasturini ishlab chiqqan.

“Yangi strategiyamizga binoan, biz hozirjavob onlayn janrlarga, aytaylik, saytimizga, multimediaviy mahsulot chiqarishga urg’u bermoqdamiz. Hozircha bu masalada o’lkada old o’rinda turibmiz”, – deydi “Intimoq” teleradiokompaniyasining dasturlar direktori Adilbek O’ro’zmatov.

Suratlar va matn muallifi Muhiddin Zarif

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

November 2017
M T W T F S S
« Oct   Jan »
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930