Showing Archived Posts

Issiqko’l durdonalari: toshda qotgan san’at

Posted January 12th, 2018 at 10:31 am (UTC-4)
Leave a comment

Qirg’izistonda, Tyan-Shan tog’ tizmalari ichida joylashgan Issiqko’lni Markaziy Osiyo gavhari deb atashadi. O’tgan yil biz ushbu go’shada bo’lib, nodir suv havzasi hamda atrofdagi osmono’par tog’lar hayoti haqida hikoya qilgan edik. Galdagi fotolavha Shimoliy Issiqko’ldagi xarsang toshlarga o’yib solingan tasvirlar (petrogliflar) to’plamiga bag’ishlandi. Ajdodlarning ushbu noyob tuhfasi hozirda Issiqko’l Davlat tarix-madaniyat muzey-qo’riqhonasi tarkibida  bo’lib, maydoni qirq […]

Posted in Turli xil

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

January 2018
M T W T F S S
« Nov   Mar »
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031