Rossiyadagi hayot: O’zbekistonlik yosh muhojir hikoyasi

Posted December 15th, 2018 at 10:59 am (UTC-4)
Leave a comment

Muhammad Zokirov Moskva Davlat madaniyat universitetining 3-bosqich talabasi. U Rossiyaga qanday kelib qolganidan tortib, o’zbek jurnalistikasi, Rossiyadagi firibgarliklargacha bo’lgan turli mavzular haqida “Amerika Ovozi”ga so’zlab berdi.

“2012-yilda otam bilan yo’lga chiqganimizda samolyotga mablag’imiz yetmagan edi, poyezdda ketishga pulimiz bor edi, lekin chiptalar qolmagani tufayli keta olmaganmiz. Otam ana shu payt qaror qabul qildi va avtobusda ketishimizni aytdi. Qozog’iston orqali chegaradan o’tib boradigan bo’ldik. Avtobus juda ham eski, yo’lovchilar uchun noqulay, o’rindiqlar esa standart o’rindiqlardan ancha kichkina edi. Afsuski, Qozog’istondan faqatgina shunday avtobuslar qatnaydi. Bir necha oylar avval 52 nafar o’zbeklar avtobus ichida halok bo’lganini hali hanuz eslayman. Mana shunday o’rindiqlar va me’yordan oshiq yo’lovchilarni olish oqibatida, avtobus ichidagi odamlar yong’in paytida chiqa olishmagan bo’lishlari ham mumkin”, – deydi Muhammad.

Haqiqatan shu yilning 18-yanvarida sodir bo’lgan mudhish voqeada 52 nafar o’zbekistonliklar vafot etgan edi. 2017-yilda Vladimir shahrida mehnat muhojirlarini olib ketayotgan avtobus poyezd yo’liga turib qolgan, buning oqibatida esa poyezd avtobusni urib yuborgan hamda 20 kishi vafot etgan.

O’zbekistonlik muhojirlar Rossiyaga borish uchun Qozog’iston orqali o’tib boradigan avtobuslarni tanlashadi, chunki bu transport boshqalariga qaraganda ikki barobar arzon. Lekin avtobuslarning asosiy qismi eski, nosoz hamda noqonuniy tarzda yo’lovchilarni tashish bilan shug’ullanadi.

Muhammad bilan to’liq suhbatimizni tomosha qiling:

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

December 2018
M T W T F S S
« Jul   Feb »
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31