Afg’onistonda yurak porogidan har yili 650 bola nobud bo’ladi

Posted February 2nd, 2020 at 12:25 pm (UTC-5)
Leave a comment

Qizil Yarim oy jamiyatining ma’lum qilishicha, ushbu idorada davolanish uchun navbatda turgan, yurak porogidan aziyat chekayotgan bolalarning 30 fozi vafot etmoqda.

Jamiyat rasmiylarining ta’kidlashicha, ro’yxatdan o’tgan barcha bolalarni davolash uchun yetarlicha byudjet mavjud emas.

Biz Qazil Yarim oy jamiyatining Juzjon viloyati, Shibirg’on shahridagi idorasiga borib, ushbu idora raisi bilan suhbatda bo’ldik.

“Har yili 80 dan ko’proq bolalarda bizda yurak porogi aniqlanib, ro’yxatdan o’tadi. Biz ularni Kobuldagi markaziy idoramizga beramiz. Odatda har bolaga to’rt oyda navbat yetadi”, – deydi Ahmad G’ani.

O’tgan yillarga qaraganda ushbu turdagi yurak xastaligi hollari ko’p uchraydi. Ilgari bu kasallik vaqtida aniqlanmas edi. Hozir hamma bu haqda biladi.

“Vaziyati juda og’ir bo’lgan bolalarni zudlik bilan davolashga harakat qilamiz”, – deydi G’ani.

U qurbi yetadigan insonlardan Qizil Yarim oy jamiyatini qo’llab-quvvatlab, bolakaylar hayotini qutqarishda yordam berishni so’raydi.

Tashkilot rasmiylariga ko’ra, 2009-yildan beri ushbu idorada yurak porogidan aziyat chekayotgan 17 ming bola ro’yxatdan o’tgan. Ularning 10,5 mingtasi davolangan, qolgan qariyb 6,5 ming bola hayotini yo’qotgan.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

February 2020
M T W T F S S
« Dec   Jun »
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829