Showing Archived Posts

O’zbekistonda necha foiz talaba davlat granti asosida tahsil oladi?

Posted February 7th, 2020 at 1:09 pm (UTC-5)
Leave a comment

Oliy ta’lim – ta’lim tizimining muhim bosqichi. Mamlakat taraqqiyotini belgilaydigan, jamiyatdagi turli soha va tarmoqlar bo‘yicha ixtisoslashgan mutaxassislar aynan shu bosqichda tayyorlanadi. Shu bois, jahonning ko’pgina rivojlangan mamlakatlarida ta’limning mazkur bosqichiga katta e’tibor qaratiladi. O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari qabul kvotasi qamrovi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga nisbatan 9 foizni tashkil etadi. Aniq […]

Posted in O'zbekiston

O’zbekiston va Tojikiston  yosh ijodkorlari tarixiy birlikni tiklashmoqda

Posted July 25th, 2018 at 11:53 am (UTC-5)
Leave a comment

O’zbekistonning Samarqand viloyatidan bir necha yil muqaddam Grin karta sohibi bo’lib, AQShga ko’chib ketgan havaskor shoira Marziya Sodiqova yoz faslida ona vataniga tashrif buyurar ekan, Facebook tarmog’i orqali tanishgan mintaqa ijodkorlarini  diydor uchun Toshkentga taklif etdi. Poytaxt viloyatining Parkent nohiyasidan Sobir Jalolov, Qashqadaryoning Chiroqchi nohiyasidan Rasul Ro’ziyev va Sirojiddin Asqarov singari ijodkorlar  Toshkentning Bo’rijar arig’i […]

Markaziy Osiyo Yoshlar Ligasi: yangi davrda – yangicha harakat

Posted March 18th, 2018 at 9:48 pm (UTC-5)
Leave a comment

Markaziy Osiyoning olti mamlakati (Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston) xalqlari birdam bo‘lib yashashi va umumiy sa’y-harakatlar bilan rivojlanishi kerakligi haqidagi fikr – yangilik emas. Ko‘p o‘qimishli va obro‘li odamlar bunday fikrni ilgari surganlar. Ammo, ma’lum sabablarga ko‘ra, shu paytgacha bunday bunyodkor fikr shirin umidligicha qolib kelgan. Bugun biz Markaziy Osiyoda yangicha kayfiyatni kuzatyapmiz. […]

Shahram G’iyosov – boks bo’yicha jahon chempioni

Posted September 5th, 2017 at 1:42 pm (UTC-5)
Leave a comment

Germaniyaning Gamburg shahrida o’tgan boks bo’yicha jahon chempionatida O’zbekiston oltita medal bilan jamoalar orasida Kubadan so’ng ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi: bitta oltin, uchta kumush va ikkita bronza. Finalgacha yetib borgan to’rt o’zbekistonlikning barchasiga musobaqa peshqadami kubaliklar raqiblik qildi. Bahsli kechgan final o’yinlari natijasiga ko’ra, O’zbekistondan faqat Shahram G’iyosov oltin medalni qo’lga kiritdi. “Amerika Ovozi” muxbiri […]

Posted in O'zbekiston

O`zbeklar turk bo`lmasa, turklar kim?

Posted May 28th, 2015 at 8:15 pm (UTC-5)
2 comments

Akademik Ahmadali Asqarov o`zbek millatining kelib chiqish tarixiga oid yangi tadqiqotida shundoq ham unutilgan, uloqtirilgan Turkiston darzlarini yana kengaytirishga harakat qiladi. Unda o`zbeklarning kelib chiqishi turkiylardan yiroqlashtirilgan bir shaklda taqdim etilgan. Hozirgacha O`zbekiston Turkistonning madaniy, ma`naviy, huquqiy vorisi ekanligi hech kimda shubha uyg`otmagan. Bunday shubha o`zbekistonlik akademik tomonidan bildirilayotganining o`zi ancha  g`alati, ziddiyatli. “O`zbeklarning kelib […]

Posted in O'zbekiston

Adabiyot – Markaziy Osiyo xalqlarini birlashtiruvchi omil

Posted April 30th, 2015 at 1:24 pm (UTC-5)
Leave a comment

Tojikiston va Qirg’iziston o’rtasidagi munosabatlar mustaqillik yillaridan so’ng avvaliga juda iliq bo’lgan. Ayrim tahlilchilar hozirgi tojik-qirg’iz chegara muammolari va yer-suv tortishuvlarida hatto o’zaro otishmalargacha yetib borilganini Rossiya yetakchiligidagi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga bog’lashadi. Buning sababini Tojikiston bu tashkilotga a’zo bo’lmasligini istayotgan tashqi kuchlarning ishi deb bilishadi. Gap shundaki, bu tashkilotga Tojikiston faqat Qirg’iziston bilan aloqalarni yaxshilash […]

Samarqand ko’chalari

Posted January 20th, 2015 at 10:23 pm (UTC-5)
Leave a comment

Ko’hna Samarqandning zamonaviy ko’chalari. Suratlar muallifi David Iza.

Posted in O'zbekiston

Xo’jand: O’zbek, qirg’iz va tojik ijodkorlari bir davrada

Posted November 27th, 2014 at 5:07 pm (UTC-5)
Leave a comment

Agar jips bo’lsak, do’stligimizga hech narsa raxna solmaydi. Tojikistonda o’zbek, qirg’iz va tojik ziyolilarining adabiy gurunglari muntazam ravishda o’tib turadigan tadbirlar. Tojikistonning Qirg’iziston bilan chegaradosh hududlarida shu yil bir necha to’qnashuvlar kuzatilgani aholini xavotirga solib qo’ydi. Respublikada tashkil etilgan o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi mahalliy yozuvchi va shoirlar, hunarmandlar, sportchilar va talabalar ishitirokida ijodiy kechalar, […]

Markaziy Osiyoda Navro’z shukuhi kezmoqda

Posted March 20th, 2014 at 2:53 pm (UTC-5)
2 comments

Farg’ona vodiysiga Navro’zi olam charaqlagan qiyosh, iliqlik, yashil maysa va yengil shabboda – chinakam bahor tafti bilan kirib keldi. Bu yil mintaqada qish ancha cho’zilib, ona tabiatning uyg’onishi, yangilanishi aynan sharqiy Yangi yil kunlariga to’gri keldi. Qirg’izistonning O’sh viloyati qirg’iz dramatik teatri maydonida doshqozonlarda sumalak, sho’rva qaynadi, palov damlandi. Shifobaxsh bahor o’simliklari hamda  barra go’shtlardan […]

Markaziy Osiyoda Navro’z tantanalari

Posted March 16th, 2014 at 6:19 pm (UTC-5)
1 comment

Navro’z bayrami – Markaziy osiyo xalqlari uchun qadim udum. Bu o’lkalar o’z mustaqilligini e’lon qilganidan beri Navro’z davlat miqyosida har yili rasman nishonlanadi. Quyida o’tgan yillardagi tantanalarda olingan ayrim suratlarni e’tiboringizga havola etmoqchimiz. Siz yashab turgan joyda Navro’z bayrami qanday nishonlanadi? Bu haqda bizga uzbek@voanews.com orqali o’z surat va fikrlaringizni jo’natasiz deb umid qilamiz.

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

December 2024
M T W T F S S
« Feb    
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031