Markaziy Osiyo Yoshlar Ligasi: yangi davrda – yangicha harakat

Markaziy Osiyoning olti mamlakati (Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston) xalqlari birdam bo‘lib yashashi va umumiy sa’y-harakatlar bilan rivojlanishi kerakligi haqidagi fikr – yangilik emas. Ko‘p o‘qimishli va obro‘li odamlar bunday fikrni ilgari surganlar. Ammo, ma’lum sabablarga ko‘ra, shu paytgacha bunday bunyodkor fikr shirin umidligicha qolib kelgan. Bugun biz Markaziy Osiyoda yangicha kayfiyatni kuzatyapmiz. […]

Qirg’izistonda milliy bosh kiyim – Oq qalpoq kuni

Qirg’izistonda milliy bosh kiyim – Oq qalpoq kuni nishonlandi. Mahalliy faollar tomonidan ilk bor 2011-yil otkazilgan tadbir norasmiy bayram tusini olib, har bahor 5-mart kuni, tabiat uyg’ona boshlagan paytda o’tkazilayotir. Shahar-qishloqlarda millat qadriyatlarining ramzi bo’lmish libosga bag’ishlangan tanlovlar, konsertlar, bayram yurishlari, xalq hunarmandlari asarlarining ko’rgazmalari bo’lib o’tdi. Aytish joizki, bu kun mamlakat parlamentining majlisiga milliy […]

Qirg’iziston: “Intimoq” teleradiokompaniyasi navqiron bayramini nishonladi

Intimoq – ahillik demakdir. Qirg’iz, rus hamda o’zbek tillarida faoliyat yurituvchi ushbu teleradiokompaniya Qirg’iziston hukumati va xalqaro tashkilotlar tashabbusi bilan  tashkil topgan. Jamoa keng doirali muxlislar ehtiyojini qondirish, ahillik, do’stlik g’oyalarini tarannum etishni maqsad qilgan. “Intimoq” teleradiokompaniyasining besh yilligiga bag’ishlab O’sh shahrida o’tkazilgan tantanali marosimda mahalliy axborot vositalarining xodimlari, davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar hamda jamoatchilik […]

Yosh jurnalistlar – ahillik targ’ibotchilari

Qirg’izistonda faoliyat yurituvchi “Intimaq” (o’zbek tiliga tarjimasi – Ahillik) teleradiokompaniyasi qoshida ochilgan medialaboratoriya o’zining ilk bitiruvchilariga guvohnomalar topshirdi. Mahalliy oliygohlarda ta’lim olayotgan bir guruh talabalar va turli sohalarda ishlayotgan matbuot shaydolari bir necha oy mobaynida tinchlik va ahillikni targ’ib qilish yo’llari-usullarini o’rgandilar. Mashg’ulotlarni malakali mutaxassislar olib bordi. O’quv davomida yoshlar zikr qilingan y’onalishda – tinchlik-osoyishtalik, […]

Qadim O’shning serjilo maskani – Talabalar shaharchasi

Talabalar shaharchasi O’shning (Qirg’iziston) eng so’lim va bahavo chekka mavzesida joylashgan. Bir tarafda yam-yashil qir-adirlar, dalalar, bir tarafda jo’shqin Oqbura daryosi. Sokin muhit, toza havo… Bu go’shada to’rt oliygoh hamda uch o’rta-maxsus o’quv yurti faoliyat ko’rsatmoqda. Aytishlaricha, jami o’ttiz mingga yaqin talaba, bir necha ming ustoz uchun tuzilgan shart-sharoitga mintaqaning katta-katta poytaxt shaharlari havas qilsa […]

Qirg’iziston: Birinchi xalqaro oqinlar festivalida yoshlar faol qatnashdi

Qirg’izistonda ilk bor o’tkazilgan xalqaro festival bejiz “Oqinlar shohi O’sh-Navro’z-2016” deb atalmadi. Qadim O’sh shahri uch kun davomida “oqinlar poytaxti” bo’ldi. SSSR xalq artisti, taniqli kinorejissyor Bolot Shamshiyev sahnalashtirgan nufuzli ko’rikda Qirg’iziston, Qozog’iston hamda Xitoy Xalq Respublikasi vakillari ishtirok etdi. Asrlar osha yashab kelayotgan “Aytish” (oqinlar aytishuvi, musobaqasi)  – xalq og’zaki ijodining yorqin namunasi. O’ziga […]

Qishloq yoshlar bilan go’zal va farovon

Kuz fasli qishloqqa ajib fayz, latofat va baraka baxsh etadi. Bu fayzu-barakotning “mualliflari” – ona tabiat hamda, deyish mumkinki, yoshlar. “Yer va chorvaning qishloq ahliga mulk  sifatida bo’lib berilishi yoshlarda qishloq xo’jaligiga o’zgacha havas va mehr uyg’otdi, – deydi O’sh viloyati Aravon tumanidan faxriy agronom Tohirjon Olimjonov. – Izlanuvchan fermerlar yangi texnologiyalar, serhosil navlar olib […]

Qirg’izistonda saylov qanday o’tdi?

4-oktabr kuni Qirg‘izistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Rostini aytsam, so‘nggi daqiqagacha saylovlarning toza o‘tishiga shubham bor edi. Ayniqsa, ba’zi davlat ishxonalari xodimlaridan ularni SDPK uchun tashviqot o‘tkazishga majburlashayotgani haqida eshitgach, shubham go‘yoki tasdiqlangandek bo’ldi. Shunday bo‘lsa ham saylovga bordim. Kirib, kerakli joyga bosh barmog‘imni qo‘ydim. Kompyuter darhaqiqat shu joyda ro‘yxatdan o‘tganim va hali ovoz bermaganimni […]

Qirg’izistondagi saylov kampaniyalarida yoshlar faol

Qirg’izistonda parlament saylovlariga tayyorgarlik hal qiluvchi bosqichga kirdi. Ushbu siyosiy tadbir 4-oktabrga belgilangan bo’lib, shu kunlarda parlamentdan joy olish uchun kurashayotgan siyosiy partiyalar targ’ibot-tashviqoti avjiga chiqqan. Ko’chalar batamom saylov “libosida”. Har qadamda partiyalar shiorlari, chaqiriqlari.  Rang-barang  surat-rasmlar, ramzlar ko’zni qamashtiradi. Rasmiy xabarlarga ko’ra, saylovoldi tadbirlari uchun siyosiy partiyalarning oldi 75-85 million, keti 5-10 million qirg’iz […]