Qirg’izistondagi saylov kampaniyalarida yoshlar faol

Qirg’izistonda parlament saylovlariga tayyorgarlik hal qiluvchi bosqichga kirdi. Ushbu siyosiy tadbir 4-oktabrga belgilangan bo’lib, shu kunlarda parlamentdan joy olish uchun kurashayotgan siyosiy partiyalar targ’ibot-tashviqoti avjiga chiqqan. Ko’chalar batamom saylov “libosida”. Har qadamda partiyalar shiorlari, chaqiriqlari.  Rang-barang  surat-rasmlar, ramzlar ko’zni qamashtiradi. Rasmiy xabarlarga ko’ra, saylovoldi tadbirlari uchun siyosiy partiyalarning oldi 75-85 million, keti 5-10 million qirg’iz […]

Adabiyot – Markaziy Osiyo xalqlarini birlashtiruvchi omil

Tojikiston va Qirg’iziston o’rtasidagi munosabatlar mustaqillik yillaridan so’ng avvaliga juda iliq bo’lgan. Ayrim tahlilchilar hozirgi tojik-qirg’iz chegara muammolari va yer-suv tortishuvlarida hatto o’zaro otishmalargacha yetib borilganini Rossiya yetakchiligidagi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga bog’lashadi. Buning sababini Tojikiston bu tashkilotga a’zo bo’lmasligini istayotgan tashqi kuchlarning ishi deb bilishadi. Gap shundaki, bu tashkilotga Tojikiston faqat Qirg’iziston bilan aloqalarni yaxshilash […]

Hunar borki, asrlarni qaritgan…

Zamona zayli bilan yo’qolib borayotgan kasblar oz emas. Aytaylik, ko’nchi, xat tashuvchi, tegirmonchi, soatsoz, aravasoz… Lekin hunarlar borki, ilm-texnika taraqqiyoti davrida ham – bitmas, o’lmas, tuganmas. Otalar san’atini yangi avlod davom ettirmoqda. …O’shda (Janubiy Qirg’iziston) tandirchilar ustaxonalari shahar o’rtasida qad ko’targan  Taxti Sulaymon tog’i atrofida joylashgan. Ushbu hunar tarixi uzundan-uzoq. Olimlar tomonidan bu joylarda  olib […]

Bahor taom tortmoqda – quvvatli, totli va shifobaxsh

O’shlik qariya Yo’ldoshboy ota erta bahordan tevarak-atrofdagi qir-adirlarni kezishni odat qilgan. U qor ortidan unib chiqqan mitti gullar, barg otayotgan o’simliklarni teradi. “Ko’klamga yetkazganiga shukr, ko’zingizga surtib, iste’mol qiling – udum shunaqa, – deydi u ko’k o’t dastalarini mahalladagilarga ulashar ekan. – Qishdan horib chiqqan tanangiz uchun ismaloq, jag’-jag’, yalpizdan bo’lgan yemak ming kimyoviy darmondoridan […]

Qirg’izistonda xalq amaliy san’ati zamon bilan hamnafas

O’sh shahrining Dala hovlilari mavzesida yashovchi Qunduz Talkanchiyeva esini tanibdiki, kigizdan milliy liboslar va uy jihozlari tayyorlash bilan mashg’ul. Uning qo’lidan chiqqan oq qalpoq, kundalik va bayram kamzil-choponlari, gilamdan pishiq shirdoqlarning bozori chaqqon. “Qulay, tabiiy, xalqona buyumlarga, ayniqsa, keyingi yillarda talab kuchaymoqda,- deydi chevar opa.- Masalan, milliy oq qalpoq eng yaxshi sovg’alardan sanaladi, ushbu bosh […]

Xo’jand: O’zbek, qirg’iz va tojik ijodkorlari bir davrada

Agar jips bo’lsak, do’stligimizga hech narsa raxna solmaydi. Tojikistonda o’zbek, qirg’iz va tojik ziyolilarining adabiy gurunglari muntazam ravishda o’tib turadigan tadbirlar. Tojikistonning Qirg’iziston bilan chegaradosh hududlarida shu yil bir necha to’qnashuvlar kuzatilgani aholini xavotirga solib qo’ydi. Respublikada tashkil etilgan o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi mahalliy yozuvchi va shoirlar, hunarmandlar, sportchilar va talabalar ishitirokida ijodiy kechalar, […]

Qirg’izistonda karnay-surnay yana urf bo’lmoqda

Yaqin davrlargacha janubiy Qirg’izistonda to’y-tantanalar hofizlar ishtirokisiz o’tmas, qo’shiqchilarga xalq cholg’u ansambllari jo’r bo’lar edi. Dutor, rubob, tanbur, g’ijjak, nay… Hozir o’zbek to’ylarida mehmonlarni, odatda, karnay-surnay sadolari bilan kutib olishadi. Kelin-kuyovga ham karnay-surnay hamroh, sunnat to’yida ham. Ixchamlashgan bazmlarda “Tanovor”, “Munojot”, “Dilxiroj”, “Shodiyona” – barini karnay-surnay qoyillatadi. Bunday xizmat to’y egalariga nisbatan arzon tushadi, shov-shuvi […]

Janubiy Qirg’iziston: barhayot obidalar

Qirg’izistonning O’sh shahri o’rtasida qad ko’targan Sulaymon tog’i (yoki Taxti Sulaymon) bir necha yil muqaddam “UNESCO”ning muhofaza qilinuvchi obidalari ro’yxatiga kiritilgan. Azaldan qadamjo sanalib kelgan Taxti Sulaymon hozirda Milliy tarixiy-arxeologik muzey-qo’riqxona tarkibiga kiradi. Mahalliy mutaxassislarning aytishicha, tog’ va uning atrofida 60 obida mavjud bo’lib, barchasi muhofazaga olingan. Aytaylik, XVI asrda qurilgan Rovot Abdullaxon masjidi (ta’mirdan […]

Jalol-Obod, Arslonbob va O’zgandagi bebaho lahzalar

JALOL-OBOD O’sh singari Jalol-Obodga ham yarim kechada kirib bordim. Shahar markazidagi xonadonda mezbonlarimning ko’zi chaqnaydi, xuddi endi tong otib, yaqin bir tanishlari nonushtaga kelgandek. Katta zalda chiroyli dasturxon yozilgan, issiq ovqat tayyor. O’zimni koyidim – ertaroq yetib kelolmaganim uchun. Buning imkoni bormidi o’zi? Albatta yo’q, chunki mintaqamizda yarim soatlik uchrashuv aslida uch soat degani, uch […]