Showing Archived Posts

  • Page 2 of 2
  • <
  • 1
  • 2

Tojikistonda Majlisi Oliy quyi palatasi va mahalliy majlislarga saylov tayyorgarligi qizg’in

Posted February 26th, 2015 at 10:43 pm (UTC-4)
Leave a comment

1-mart Tojikistonda Oliy Majlis quyi palatasi – Majlisi Namoyandagon va mahalliy majlislarga saylov qanday o’tishi haqida mamlakatda ko’pchilik bosh ham qotirib o’tirmaydi. Hukumat vakillari jahon hamjamiyatini  mamlakatda saylovlar demokratik va shaffof o’tkazilishiga ishontirib keladi. Tojikistonning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili Rustam Soliyev Bryusselda Yevroparlament Vitse-prezidenti Richard Charneski bilan uchrashganda saylovning yuqori darajada uyushqoqlik bilan o’tishiga ishonch […]

Posted in Tojikiston

Xo’jand: “eskisini buzib, yangisini qurishmoqchi”

Posted January 29th, 2015 at 12:26 am (UTC-4)
Leave a comment

Keyingi yillarda Tojikiston shahar va nohiya markazlarida bir qancha qurilishlar olib borilmoqdaki, buni mamlakatga tashrif buyurgan mehmonlar ham qayd etishmoqda. 2015-yilda Navro’z tantanalari Tojikistonning So’g’d viloyati markazi bo’lmish Xo’jand shahrida xalqaro miqyosda nishonlanishi rejalangan. Tojikiston, Afg’oniston va Eron davlatlari rahbariyati kelishuviga muvofiq, Navro’z tantanalari har yili navbatma-navbat bu mamlakatlarning birida o’tadi. Mezbonlik bu yil Xo’jand […]

Posted in Tojikiston

Xo’jand: O’zbek, qirg’iz va tojik ijodkorlari bir davrada

Posted November 27th, 2014 at 5:07 pm (UTC-4)
Leave a comment

Agar jips bo’lsak, do’stligimizga hech narsa raxna solmaydi. Tojikistonda o’zbek, qirg’iz va tojik ziyolilarining adabiy gurunglari muntazam ravishda o’tib turadigan tadbirlar. Tojikistonning Qirg’iziston bilan chegaradosh hududlarida shu yil bir necha to’qnashuvlar kuzatilgani aholini xavotirga solib qo’ydi. Respublikada tashkil etilgan o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi mahalliy yozuvchi va shoirlar, hunarmandlar, sportchilar va talabalar ishitirokida ijodiy kechalar, […]

Tojikiston va AQSh yoshlarini san’at birlashtirmoqda

Posted October 27th, 2014 at 12:51 pm (UTC-4)
Leave a comment

Keyingi yillarda Tojikistonning  Amerika Qo’shma Shtatlari bilan hamkorligi turli sohalarda tobora rivojlanib bormoqda. Jumladan, AQShning Dushanbedagi elchixonasi Tojikistonda qator lohihalarni amalga oshirib kelmoqda. Ijtimoiy,  harbiy,  maorif, sog’liqni saqlash, huquqiy va madaniy sohalarni o’z ichga olgan keng qamrovli loyihalar qiymati yiliga bir necha million dollarni tashkil etadi. Amerikaning Dushanbedagi elchixonasi Tojikistonda tashkil etgan navbatdagi madaniy loyiha […]

Posted in Tojikiston

Tojikistondagi yagona o’zbek musiqali drama teatri 80 yoshda

Posted September 27th, 2014 at 2:19 pm (UTC-4)
Leave a comment

Shukur Burhonov nomidagi Tojikistondagi yagona o’zbek musiqali drama teatri tarixi qariyib yuz yilga borib taqaladi. Bundan 95 yil muqaddam, o’tgan asrning yigirmanchi yillari o’rtasida o’sha vaqtlarda O’zbekiston hududida bo’lgan “Qizil Putilov” kolxozi raisi Qoripo’lat Rahmatboyev va san’at shaydosi Do’stmat Husainovlar maslahatlashib, havaskorlik to’garagi tashkil etishga qaror qiladilar. O’zbek sozandasi Otabobo Boboyev va cholg’uchi, xalq hofizi  […]

Tags: , , Posted in Tojikiston

Tojik anklavlari mojaro o’chog’i bo’lib qolmoqda

Posted July 23rd, 2014 at 12:28 pm (UTC-4)
Leave a comment

Sho’rolar davrida Tojikistonning Isfara nohiyasi respublika shimoli-sharqida rivojlangan sanoat markazi bo’lgan. Hozirda Isfara shahrida sanoqli sanoat korxonalarigina ishlab turibdi. Nohiya 1927-yilda O ‘zbekistonning Xo’jand okrugi tarkibida tashkil etilgan bo’lib, 1929-yilgi milliy chegaralanishga ko’ra Tojikistonga berilgan. Nohiya shimolidagi Lakkon qishlog’ining  Turkiston to’g tizmasi etaklari O’zbekiston chegara qo’shinlari tomonidan piyodalarga qarshi minalashtirilgan bo’lib, respublikada ilk mina qurbonlari […]

Tags: , , Posted in Tojikiston

Tojikiston islomiy partiyasiga tazyiqlar oshmoqda

Posted June 25th, 2014 at 2:14 am (UTC-4)
Leave a comment

Tojikistonda  yuqori hokimiyat organi – parlament sayloviga bir yildan ozroq, 8 oy vaqt qoldi. Saylov yaqinlashar ekan, mavjud hukumat namoyondalari respublikadagi ikki asosiy muxollifat  – Tojikiston Islom uyg’onish partiyasi (TIUP) va Sotsial demokratik partiya faoliyatiga turli yo’llar bilan to’sqinlik qilishmoqda. Dastlab sotsial demokratik partiya yig’inlariga qarshi uyushtirilgan mitinglar, ofislariga qarshi harakatlar natija bergach, bunday harakatlar […]

Tojikistonda Navro’z qanday nishonlandi?

Posted March 25th, 2014 at 2:28 pm (UTC-4)
Leave a comment

Har yilgidek bu yil ham Tojikistonda Navro’z tantanalari yuqori martabali rahbarlar va oddiy xalq uchun alohida-alohida o’tkazildi. Navro’zning ilk kuni, bahorgi tengkunlikda poytaxt Dushanbe va viloyat markazlarida kazo-kazolar uchun tantanalar ajoyib o’tdi. Maxsus jihozlangan sayilgohlar tantana ishtirokchilari va mehmonlarga to’la, dasturxonlar  to’kin va fayzli bo’ldi, turli tuman qiziqarli tadbirlar tashkil etildi, taniqli xonandalar  ochiq havoda […]

Posted in Tojikiston

Markaziy Osiyoda Navro’z shukuhi kezmoqda

Posted March 20th, 2014 at 2:53 pm (UTC-4)
2 comments

Farg’ona vodiysiga Navro’zi olam charaqlagan qiyosh, iliqlik, yashil maysa va yengil shabboda – chinakam bahor tafti bilan kirib keldi. Bu yil mintaqada qish ancha cho’zilib, ona tabiatning uyg’onishi, yangilanishi aynan sharqiy Yangi yil kunlariga to’gri keldi. Qirg’izistonning O’sh viloyati qirg’iz dramatik teatri maydonida doshqozonlarda sumalak, sho’rva qaynadi, palov damlandi. Shifobaxsh bahor o’simliklari hamda  barra go’shtlardan […]

Markaziy Osiyoda Navro’z tantanalari

Posted March 16th, 2014 at 6:19 pm (UTC-4)
1 comment

Navro’z bayrami – Markaziy osiyo xalqlari uchun qadim udum. Bu o’lkalar o’z mustaqilligini e’lon qilganidan beri Navro’z davlat miqyosida har yili rasman nishonlanadi. Quyida o’tgan yillardagi tantanalarda olingan ayrim suratlarni e’tiboringizga havola etmoqchimiz. Siz yashab turgan joyda Navro’z bayrami qanday nishonlanadi? Bu haqda bizga uzbek@voanews.com orqali o’z surat va fikrlaringizni jo’natasiz deb umid qilamiz.

  • Page 2 of 2
  • <
  • 1
  • 2

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

April 2024
M T W T F S S
« Feb    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930