Issiqko’l durdonalari: toshda qotgan san’at

Posted January 12th, 2018 at 10:31 am (UTC-4)
Leave a comment

Qirg’izistonda, Tyan-Shan tog’ tizmalari ichida joylashgan Issiqko’lni Markaziy Osiyo gavhari deb atashadi. O’tgan yil biz ushbu go’shada bo’lib, nodir suv havzasi hamda atrofdagi osmono’par tog’lar hayoti haqida hikoya qilgan edik.

Galdagi fotolavha Shimoliy Issiqko’ldagi xarsang toshlarga o’yib solingan tasvirlar (petrogliflar) to’plamiga bag’ishlandi.

Ajdodlarning ushbu noyob tuhfasi hozirda Issiqko’l Davlat tarix-madaniyat muzey-qo’riqhonasi tarkibida  bo’lib, maydoni qirq gektardan oshadi. Qadim odamlar xarsang toshlarda aks ettirgan tasvirlar moviy ko’ldan bir necha chaqirim narida, tog’ yonbag’rida yastanib yotibdi.

Qattiq tog’ jinslari hamda nisbatan yumshoq qumtoshlarda o’yib chizilgan yuzlab-minglab tasvirlar: odamlar, turli jonivorlar, marosimlar, ov, safar ko’rinishlari…

Mutaxassislarga ko’ra, bu chizgilarni qadim odamlar metall yoki o’tkir toshdan yasalgan bolg’alar yordamida yaratgan. Ushbu tosh asarlarning hajmi 30 santimetrdan to uch metrgacha.

Tarixchi olimlarning aytishicha, mazkur maskan ochiq osmon ostidagi ulkan ibodatxona bo’lgan. U paytlar bu joylarda yashagan aholi osmon jismlariga sig’ingan va xarsang toshlardagi tasvirlar diniy marosimlarda muhim rol o’ynagan.

Tadqiqotchilarning aytishicha, Issiqko’l muzey-qo’riqxonasidagi tog’ echkilarining, qoplonlar va bug’ularning tasviri ko’p jihatlari bilan (o’lchami, ifoda san’ati va boshqa sifatlari) tengi yo’q.

Quloch yetmaydigan xarsang toshlarga ko’plab tuya karvonlarining “surat”lari, yo’ldagi chavandozlar aks etgan. Muzey xodimlari fikricha, ushbu tasvirlar Buyuk Ipak yo’lining bir butog’i aynan Issiqko’l yoqalab qo’shni Xitoyga yo’nalganini tasdiqlaydi.

Ko’hna tosh yozuvlar hozirda davlat himoyasida. Besh yil muqaddam tasvirlar Germaniya tarafi ko’magida restavratsiya qilingan.

Ochiq osmon ostidagi azim yodgorliklar maskanidan qishin-yozin sayohatchi va ziyoratchilarning qadami uzilmaydi.

Suratlar va matn muallifi Muhiddin Zarif

Qirg’iziston: “Intimoq” teleradiokompaniyasi navqiron bayramini nishonladi

Posted November 28th, 2017 at 12:23 pm (UTC-4)
Leave a comment

Intimoq – ahillik demakdir. Qirg’iz, rus hamda o’zbek tillarida faoliyat yurituvchi ushbu teleradiokompaniya Qirg’iziston hukumati va xalqaro tashkilotlar tashabbusi bilan  tashkil topgan. Jamoa keng doirali muxlislar ehtiyojini qondirish, ahillik, do’stlik g’oyalarini tarannum etishni maqsad qilgan.

“Intimoq” teleradiokompaniyasining besh yilligiga bag’ishlab O’sh shahrida o’tkazilgan tantanali marosimda mahalliy axborot vositalarining xodimlari, davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yig’ilganlarning e’tirof etishicha, hozirga baynalminal teleradiouyushma mamlakatning eng zamonaviy, ilg’or, keng tarmoqli axborot vositalaridan biriga aylandi. “Intimaq”ning o’z televideniyesi, radiosi, gazeta va sayti bor, uni ijtimoiy tarmoqlarda tinglash, ko’rish va o’qish mumkin. Shuningdek, teleradiokompaniya soha uchun kadrlar tayyorlovchi maktabga ega.

Navqiron teleradiokompaniyaning jamoasi ham aksari yoshlardan iborat. Yuz xodimning sakson nafari hali o’ttiz besh bahorni ko’rmagan.  Read the rest of this entry »

Qirg’izistonda gul fasli: iliq kuz gulzorlar umriga umr qo’shdi

Posted October 3rd, 2017 at 2:20 pm (UTC-4)
Leave a comment

 

Deydilarki, azaldan namozshomgul O’rta  Osiyo ayollarining sevimli guli bo’lgan. Opa-singillarimiz, onalarimiz shu gul bilan sirlashgan, dardlashgan, ezgu tuyg’ularini unga bayon etgan, nafis go’zallikdan xufyona zavqlangan bo’lsa, ajab emas.

Namoz – shom – gul. Mehnat – zahmat – rohat. Poklik, iffat… Read the rest of this entry »

Shahram G’iyosov – boks bo’yicha jahon chempioni

Posted September 5th, 2017 at 1:42 pm (UTC-4)
Leave a comment

Germaniyaning Gamburg shahrida o’tgan boks bo’yicha jahon chempionatida O’zbekiston oltita medal bilan jamoalar orasida Kubadan so’ng ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi: bitta oltin, uchta kumush va ikkita bronza.

Finalgacha yetib borgan to’rt o’zbekistonlikning barchasiga musobaqa peshqadami kubaliklar raqiblik qildi. Bahsli kechgan final o’yinlari natijasiga ko’ra, O’zbekistondan faqat Shahram G’iyosov oltin medalni qo’lga kiritdi.

“Amerika Ovozi” muxbiri boks arenasidan turib ushbu janglarni kuzatish imkoniyatiga ega bo’ldi.

Biz final jangi oldidan bo’lajak chempion Shahram G’iyosovni suhbatga tortishga ham muvaffaq bo’ldik.

Quyida ana shu suhbatimizni e’tiboringizga havola etamiz.

Tojikiston nohiyalarida Navro’z qanday o’tdi?

Posted March 27th, 2017 at 10:17 am (UTC-4)
Leave a comment

Navro’z tantanasiga mashinalar maxsus bezatildi.

Navro’z, ayrim olimlarning ta’kidlashlaricha, hozirda yer yuzida qariyb bir milliard odam yashovchi 100 miilon kvadrat kilometrdan ortiq hudud xalqlari orasida nishonlanadi.

Navro’z YUNESKO tarafidan umumbashar madaniy-tarixiy an’ana merosi  sifatida tan olingan.

Navro’z hozirgi Tojikiston hududida, ayrim olimlarning aytishicha, bundan besh ming yil ilgari ham nishonlanib kelingan va bahorgi tengkunlik, dehqonchilik ishlarining boshlanishidan darak bergan.

Islom dini mintaqaga kirib kelishidan bir necha ming yil oldin otashparastlar nishonlagan Navro’zdagi milliy an’analar haligacha saqlanib kelmoqda. Juda to’yimli va odam immunitetini mustahkamlab, quvvat beruvchi, maysalab o’stirilgan bug’doydan tayyorlanuvchi Sumalak -Navro’zning bosh taomi hisoblanadi va 24-30 soat davomida qaynatib, damlanib pishiriladi.

Baland tog’ qishloqlarida Sumalak tayyorlash oson emas, ayrim joylarda bosimning pastligi sabab, uni pishirishning iloji ham yoq. U yerlarning o’ziga xos sut-qatiqli taomlari bor.

Tojikiston, Afg’oniston va Eron orasida bir necha yil oldin erishilgan kelishuvga muvofiq, mintaqada Navro’z bayrami  galma-galdan ularning birida xalqaro miqyosda o’tkazib kelinardi. Ikki yildirki, bu an’anaga putur yetgan, har davlat Navro’zni o’z hududida nishonlamoqda.

Navro’z tantanalari sabab respublikada bir haftalik dam olish e’lon qilingan, bayram 21-martdan 27-martgacha davom etadi.

2017-yil Navro’z bayrami 21-mart kuni respublika prezidenti, millat peshvosi unvonini olgan Emomali Rahmon ishtirokida bu safar mamlakat janubidagi Tursunzoda shahrida katta tantanalar bilan boshlandi, unda davlat rahbari xos raqsga ham tushib berdi.  Kunning ikkinchi yarmida bayram poytaxt Dushanbeda hukumat rahbarlari ishtirokida davom etdi.

Navro’z bayrami kunlari xalq sayllari, o’yin-kulgi, turli-tuman musobaqalar o’tkaziladi. Ommaviy tadbir joylarida ham ilgari huquq posbonlari qimor hisoblab, javobgarlikka tortishlari mumkin bo’lgan, pul tikiladigan o’yinlar ochiq-oydin o’ynalaveradi. Kimdir yutadi, kimdir yutqazadi, ammo o’rtada chuv tushuvchi o’smirlarning serob bo’lishi hech kimga sir emas. Shunday bo’lsa-da, bu bayram kayfiyatiga ta’sir o’tkazmaydi, aksincha, qiziqish va o’yinqaroqlikni yanada oshiradi. Read the rest of this entry »

Yosh jurnalistlar – ahillik targ’ibotchilari

Posted December 19th, 2016 at 5:27 pm (UTC-4)
Leave a comment

dsc05224

Qirg’izistonda faoliyat yurituvchi “Intimaq” (o’zbek tiliga tarjimasi – Ahillik) teleradiokompaniyasi qoshida ochilgan medialaboratoriya o’zining ilk bitiruvchilariga guvohnomalar topshirdi. Mahalliy oliygohlarda ta’lim olayotgan bir guruh talabalar va turli sohalarda ishlayotgan matbuot shaydolari bir necha oy mobaynida tinchlik va ahillikni targ’ib qilish yo’llari-usullarini o’rgandilar.

Mashg’ulotlarni malakali mutaxassislar olib bordi.

O’quv davomida yoshlar zikr qilingan y’onalishda – tinchlik-osoyishtalik, do’stlik-ahillikni barqaror etish mavzularida – ucha katta  bo’lmagan loyihalar ishlab chiqishdi.

Ushbu loyihalar mahalliy teleko’rsatuv tarmog’ida grantlar asosida amalga oshiriladi. Bitiruv kechasi yosh ijodkorlarga aytilgan dasturlar uchun zarur mablag’ga huquq beruvchi hujjatlar ham topshirildi.

BMTning Taraqqiyot Dasturi Qirg’izistonda ikki medialaboratoriya faoliyatini moliyalashtirgan bo’lib, loyiha “Ommaviy ahborot vositalari tinch o’zgarishlar uchun” deb ataladi.

Bundan besh yil muqaddam qirg’iz hukumati qaroriga ko’ra Internews ko’magida ochilgan “Intimaq” teleradiokompaniasi millatlararo, madaniyatlararo ahillik hamda hamkorlikni mustahkamlashni  maqsad qilgan. Eshittirish hamda ko’rsatuvlar qirg’iz, rus va o’zbek tillarida olib boriladi.

O’z paytida ushbu ahborot vositasi oyoqqa turib olishi uchun AQSh nufuzli tashkilotlaridan biri “Internews” salmoqli moddiy yordam ko’rsatgan.

Matn va suratlar muallifi

Muhiddin Zarif

Tadbirdan fotolar:

salmoqli moddiy yordam ko’rsatgan.

Matn va suratlar muallifi

Muhiddin Zarif

Afg’on-Turk maktabi muhtojlarga yordam ulashdi

Posted July 2nd, 2016 at 2:42 pm (UTC-4)
1 comment

IMG_0224Afg’onistonda Turkiya bilan hamkorlikda ish yurituvchi maktab Ramazon ehsoni sifatida Shibirg’on shahrida 550 oilaga ko’mak yetkazdi.

Har bir oilaga 10 kg un, 10 kg guruch, 3 litr yog’, 3 kg shakar, yarim kg choy tarqatilgan. Ularning qiymati 30 dollarni tashkil etadi.

Shibirg’on Afg’on-Turk maktabi muovini Sayid Horunning aytishicha, yordamga muhtoj kishilar ro’yxati o’quvchilar, bitiruvchilar, o’quvchilar oilalari va maktabning ustozlari tomonidan tuzilgan, kambag’al odamlar shaharning har go’shasidan bor.

Unga ko’ra, yordamlardan ko’zlangan maqsad tujjorlar va badavlat odamlarni xayrli ishlarga jalb qilishdan iboratdir.

Read the rest of this entry »

Faryobda iftor, o’zbeklar davrasida

Posted June 20th, 2016 at 11:47 am (UTC-4)
Leave a comment

Afg’onistonning Faryob viloyatidamiz. Iftor dasturxoni yozilgan.

Mamlakatning turli burchaklaridan kelgan 250 dan oshiq talaba yonma-yon o’tiribdi.

Tashabbus faryoblik Nosir Ahmad O’zbeko’g’lidan chiqqan bo’lib, tadbirga mahalliy jamoatchilik homiylik qildi.

Faryob universitetidagi bu iftorga rasmiylar ham keldi. Yoshlar birdam ekan, davlat xursand, deydi arboblar.

Nosir Ahmad O’zbeko’g’li fikricha, iftor bahonasi bilan yoshlar bir-birini yaxshiroq tanib, hamjihatlik kuchayadi.

1 (3)

1 (4)

1 (5)

1 (6)

1 (8)

1 (9)

1 (2)

1 (7)

1 (1)

Qadim O’shning serjilo maskani – Talabalar shaharchasi

Posted April 28th, 2016 at 3:53 pm (UTC-4)
Leave a comment

DSC04762Talabalar shaharchasi O’shning (Qirg’iziston) eng so’lim va bahavo chekka mavzesida joylashgan. Bir tarafda yam-yashil qir-adirlar, dalalar, bir tarafda jo’shqin Oqbura daryosi. Sokin muhit, toza havo…

Bu go’shada to’rt oliygoh hamda uch o’rta-maxsus o’quv yurti faoliyat ko’rsatmoqda. Aytishlaricha, jami o’ttiz mingga yaqin talaba, bir necha ming ustoz uchun tuzilgan shart-sharoitga mintaqaning katta-katta poytaxt shaharlari havas qilsa arziydi. Bu yerda zamonaviy o’quv korpuslari, kutubxonalar, yotoqxonalar, sport va dam olish, sog’lomlashtirish markazlari va katta masjid bor.

Deyarli barchasi mustaqillik yillari barpo etilgan.

Marhamat, yigit-qizlar. O’qing, o’rganing, olg’a intiling, deging keladi bu sharoitlarni ko’rib.

Mahalliy oliygohlar xalqaro aloqalarni taraqqiy ettirmoqda. Mutolaa zallarida Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Turkiya kabi mamlakatlardan kelgan yoshlarni uchratish mumkin. O’sh davlat universitetining Xalqaro Tibbiyot kulliyoti, Turkiya Diyonat vaqfi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Ilohiyot fakulteti, O’sh Texnologiya universitetining axborot texnologiyalari va qurilish bo’limlari eng nufuzli bilim dargohlari sarasiga kiradi.

Mutaxassislarga ko’ra, mahalliy o’quv yurtlarining salohiyati, obro’-e’tiborining o’sib borishi  hududda ilm-fan taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shadi.

Matn va suratlar muallifi Muhiddin Zarif

DSC04662Read the rest of this entry »

Qirg’iziston: Birinchi xalqaro oqinlar festivalida yoshlar faol qatnashdi

Posted March 21st, 2016 at 11:58 am (UTC-4)
Leave a comment

DSC04685

Qirg’izistonda ilk bor o’tkazilgan xalqaro festival bejiz “Oqinlar shohi O’sh-Navro’z-2016” deb atalmadi. Qadim O’sh shahri uch kun davomida “oqinlar poytaxti” bo’ldi. SSSR xalq artisti, taniqli kinorejissyor Bolot Shamshiyev sahnalashtirgan nufuzli ko’rikda Qirg’iziston, Qozog’iston hamda Xitoy Xalq Respublikasi vakillari ishtirok etdi.

Asrlar osha yashab kelayotgan “Aytish” (oqinlar aytishuvi, musobaqasi)  – xalq og’zaki ijodining yorqin namunasi. O’ziga xos bu bellashuv har ikki tomondan tezkor aql, hozirjavoblik va topqirlik, nozik takalluf talab qiladi. Oldindan berilgan mavzuni, improvizatsiya qilgan holda, keng talqin etish kerak. Odatda, aytish tarixiy obrazlar qiyofasida ijro etiladi.

Bu “mushoira” yosh tanlamaydi. Unda yosh bola ham, keksa oqsoqol yoki onaxon ham qatnashishi mumkin. Read the rest of this entry »

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

April 2021
M T W T F S S
« Feb    
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930