Dunyoga mashhur O’sh tandirlari

Posted July 3rd, 2014 at 3:21 pm (UTC-4)
Leave a comment

So’nggi yillarda O’sh (Qirg’iziston) tandirlarining bozori tobora qizib bormoqda. Avvallari har bir xonadon uchun muhim hisoblangan ushbu qurilma faqat mahalliy aholi tomonidan sotib olingan bo’lsa, endi talabgorlar safida xorijiy xaridorlar ham oz emas.

«Amerikada istiqomat qilayotgan tadbirkor hamshahrimiz ikkita non tandir va ikkita somsa tandirga buyurtma berdi. Rossiyalik nonvoy-u somsapazlar esa doimiy mijozimiz», – deya hikoya qiladi  tandirchi Turdiboy Nizomov.

Turdiboy akaning ishxonasi O’shdagi qadim Sulaymon tog’i yonbag’rida joylashgan. Topilgan qazilmalarga ko’ra, bu joylarda odamlar ikki-uch ming yildan buyon loydan turli idishlar yasab kelgan. Tandirning tarixi ham asrlar qa’riga borib taqalishi ayon.

Tandir tayyorlovchi ustaxonalar vodiyning deyarli barcha shahar-tumanlarida mavjud. Mahalliy ishbilarmonlarning aytishicha, O’sh tandirlari yuqori sifati  bilan ma’lum va mashhurdir.

«Tuproqni suv qurigan paytda shahar chetidagi kanalning tubidan olamiz. Bu tuproq yaxshi qotish va jipslanish xususiyatiga ega. Loyga qo’y juni aralashtiramiz, hosil bo’lgan massani yaxshilab «pishiramiz», – deydi usta. – Laxta-laxta qilib kesilgan  parchalar bir-biriga yopishtiriladi. Tayyor  mahsulot oftobda obdon quritilib, toblanadi».

Turdiboy aka o’gillari Shuhratbek, Tohirjon hamda jiyani Ulug’bek bilan erta bahordan kech kuzgacha peshona teri to’kadi.

Tandirning turi ko’p. Uy tandir, to’y tandir, nonvoy tandir, somsa tandir, go’sht tandir, yer tandir…

Uy tandirga oila ehtiyojiga yarasha – 18-20 ta – non sig’sa, to’y tandir 4-5 barobar «qudratli». Narxi ham shunga yarasha – uy tandir ming qirg’iz so’mi, to’y tandir  esa 4-5 ming (100 AQSh dollariga yaqin) turadi. Katta tandir tayyorlash kamida bir hafta vaqt oladi. Uy tandir, somsa tandir uchun 3-4 kun kifoya.

Zamona zayli bilan O’shning Sulaymon to’gi yaqinidagi Kulollar mahallasining faqat nomi qolgan. Sopol idishlarga talab juda oz, ko’plab kulollar boshqa kasbga ot’gan.

«Lekin kulolchilikning alohida yo’nalishi bo’lmish tandirchilikning umri boqiy. Non bor ekanki, tandir barhayot”, – deydi tandirchilar sulolasi vakili Turdiboy Nizomov.

Quyida tandir tayyorlash jarayoni aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Matn va suratlar muallifi Muhiddin Zarif

DSC01091Read the rest of this entry »

Tojikiston islomiy partiyasiga tazyiqlar oshmoqda

Posted June 25th, 2014 at 2:14 am (UTC-4)
Leave a comment

Tojikistonda  yuqori hokimiyat organi – parlament sayloviga bir yildan ozroq, 8 oy vaqt qoldi.
Saylov yaqinlashar ekan, mavjud hukumat namoyondalari respublikadagi ikki asosiy muxollifat  – Tojikiston Islom uyg’onish partiyasi (TIUP) va Sotsial demokratik partiya faoliyatiga turli yo’llar bilan to’sqinlik qilishmoqda.

Dastlab sotsial demokratik partiya yig’inlariga qarshi uyushtirilgan mitinglar, ofislariga qarshi harakatlar natija bergach, bunday harakatlar AQSh va Buyuk Britaniya elchixonalari oldida ham tashkil etildi. Barcha holatlarda ham miting ishtirokchilari mavjud hukumat harakatlarini qo’llagan holda norozilik bildirishgan.

Hukmron XDP tashabbusi sifatida ko’rilayotgan ana shunday harakatlardan biri yaqinda TIUPning Sug’d viloyat bo’limining buzilayotgan  qarorgohi binosi oldida tashkil etildi.

Partiyaning viloyat bo’limi respublikada 27-iyun  – umummilliy birdamlik kuni oldidan qarorgohlarida birdamlik mitingini o’tkazishni rejalashtirgan edi.

Shahar raisi o’rinbosari  Umida Murodova TIUP Sug’d viloyat bo’limining bayram tashkil etish haqidagi so’rovini rasman rad etib, sizlar tadbiringizni umummilliy atab siyosiy odob doirasidan tashqari chiqqansizlar, sizlarniki  bir partiyaniki, deb javob bergan.

Xo’jand shahar  hokimiyati vakillari Sirdaryoning o’ng qirg’og’ida qurilishi tugallanayotgan “Nuri Islom” jome’ masjidi atrofini ko’kalamzorlashtirish va yo’lni kengaytirish maqsadida partiya qarorgohi buzilishi kerakligini talab qilishgan, ammo qarorgoh uchun yangi yer va buzilgan binoga kompensatsiya to’lash borasida hech gap aytishmagan.

Muxolif partiyaning ayrim faollari hukumat qarorini noqonuniy deb atab, uni nafaqat bir partiyaga qarshi harakat, balki umummilliy totuvlikni obro’sizlantirishga urinish deb bilishmoqda.
Xujand shahar arxitektura boshqarmasi rasmiysi islom partiyasi binosining buzilishi oldindan belgilangan loyihaga ko’ra bo’layotganini va hammasi qonuniy ekanligini aytgan.

TIUP raisi, Oliy Majlis deputati Muhiddin Kabiriy ham shahar hokimiyati qarorini noqonuniy deb atagan.

“Xo’jandda partiya binosini buzish biron bir huquqiy va qonuniy poydevorga ega emas. Ular shu yo’l bilan hammadan oldin Birdamlik bayrami tantanasining o’tkazilishiga qarshi chiqishyapti. Bu bilan milliy birlikka qattiq zarba urushdi. Bu xuddi Ko’lob va Badaxshondagidek oldindan tayyorlangan ssenariy asosida bo’ldi”, – deydi Kabiriy.

TIUP matbuot vakili Mahmudjon Fayzraxmonov  qarorgohimizning vayron etilishi biz uchun alamli va dardli bo’lsa-da, bu ish kelishuv bilan hal etilishini istaymiz deydi.

Huquqshunos Fayziniso Vaxidovaga ko’ra, binoni  faqatgina prokuratura qarori bilan buzish mumkin, shahar hokimiyati bunday vakolatga ega emas.

50 mingga yaqin a’zosi bo’lgan TIUP 2010-yilda o’tgan parlament saylovida 7 foizga yaqin ovoz olgan bo’lib, mamlakatdagi real kuchga ega muxolifat sanaladi.

TIUP Markaziy Osiyoda rasman ro’yxatdan o’tgan yagona diniy siyosiy partiyadir.

Islomiy partiya binosini buzishga qaratilgan xatti-harakat aks etgan suratlar quyida ilova qilinadi.

Suratlar va matn muallifi Ravshan Shams.

Militsiya TIUPga qarshi to'plangan odamlar himoyasida

Militsiya TIUPga qarshi to’plangan odamlar himoyasida

Read the rest of this entry »

Dumalog’im, do’mbog’im – koptokkinam…

Posted June 17th, 2014 at 1:12 pm (UTC-4)
Leave a comment

Futbol bo’yicha Braziliyada o’tayotgan jahon birinchiligi – bugun Qirg’izistonda mavzularning mavzusi. Dumaloqki narsani koptokka o’xshatishadi. Shu kunlarda endigina bozorga olib chiqilgan tarvuzni ham. Kulcha-patir nonlarni ham. Tovuq tuxumi-yu havo sharlarini ham. Va keng soyabonli Amerika shlyapalari… Bahonai-sabab, bu  narsalarning bozori qizidi.

Do’mboqqina bolachalar, to’ladan kelgan yigit-qizlarga nisbatan beg’araz hazil-mutoyiba, mehr-oqibatni-ku asti qo’yavering. «Do’mboqqinam, koptokkinam»…

Ko’cha-ko’yu, choyxona-guzarlarga futboldan boshqa gap yo’qday. Aytishlaricha, ha, deganda yo’l to’sishga odatlangan turli miting ishqibozlari ham futbol payti taym-out olar emishlar. Mana sizga koptokning jozibasi!

Vaqtdagi tafovut sabab, jahon chempionatining aksar o’yinlari  Markaziy Osiyoda tunda namoyish etiladi. Jo’ralar orasida bir-birini uyiga, futbol “spektakl»liga taklif etish rasm bo’lgan (Qiy-chuv tonggacha cho’zilishi ehtimolini hisobga olsak, uy bekalariga sabr bersin).

Katta monitorlar o’rnatilgan kafelarning ish soatlari ham uzaytirilgan.

Qirg’izistonlik futbol ishqibozlarining yana bir qahramonlari bor – O’zbekistonlik referi Ravshan Ermatovning maydon chetidagi yordamchisi, o’shlik Bahodir Q’ochqorov. U kishining ham sochlari uncha-munchaga tik turmaydigan  oltin boshlari omon bo’lsin, beb qolamiz.

Quyida bugun futbol dardi bilan yashayotgan qirg’izistonliklar aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Suratlar va matn muallifi Muhiddin Zarif

DSC01871Read the rest of this entry »

Qirg’iziston bolalari o’qish va mehnat bilan ulg’aymoqda

Posted May 30th, 2014 at 1:25 pm (UTC-4)
Leave a comment

1-iyun Xalqaro bolalar kuni

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, Qirg’izistonda tug’ilish tez sur’atlar bilan o’shib bormoqda. Oilalarda 4-5 tadan farzandli bo’lish tabiiy holga aylanib bormoqda. Buning o’ziga xos muammolari ham bor.

Bolalar bog’chalarida joy yetishmaydi. Maktablar to’lib-toshgan.

Nafaqat kamxarj, balki o’rtahol xonadonlar farzandlari ham bolalikdan mehnat bilan ulg’ayadi.

Keyingi 10-20 yil davomida tirikchilikni vaj qilib, o’quvchilar orasida yuqori sinflarni tashlab ketish hollari ko’paygan. Kimningdir otasi xorijga ishlagani ketgan, oilada qarov o’g’il farzandlar zimmasiga tushgan…

O’qituvchilar uzoq “tanaffus”dan keyin yana bilimga intilish kuchayayotganini ta’kidlaydi. Ayni paytda yangi avlodda dinga qiziqish ham kuchaygan.

Baxt yor bo’lsin sizlarga, bolajonlar, deb qolamiz.

Quyidagi suratlarda Qirg’iziston bolalari hayoti aks etgan. Matn va suratlar muallifi Muhiddin Zarif.

DSC01562DSC01584Read the rest of this entry »

Qirg’izistonda kamyob lola mavsumi boshlandi

Posted May 3rd, 2014 at 5:15 am (UTC-4)
Leave a comment

Joriy bahor Qirg’izistonda seryog’in keldi. Oftob va namning mo’lligi qir-adirlarda maysalarning gurkirab o’sishiga sabab bo’ldi. Ona tabiat yo’l chetlari, tog’ yonbag’irlarida lolaqizg’aldoqdan to’qilgan alvon gilamlarini to’shadi. Bepoyon qirlar qip-qizil harir gullarga burkandi.

Janubiy Qirg’izistonda lola fasli uch-to’rt yilda bir – bu yilgiday seryog’in va nisbatan salqin ko’klam paytlari – takrorlanadi. Odatdagi jazirama yillardan farqli o’laroq, lolazorlar ko’rinish beribgina so’nmaydi. Balki bir necha hafta joziba sochadi. Shahar-qishloq ahli xonadonlari bilan yaqin-atrofdagi dala-adirlarga lola sayliga chiqadi.

Lola sayllari – dillarga rohat, xonadonlarga totuvlik bag’ishlaydi. Ishbilarmonlarga esa, masalan, taksi haydovchilari, suratkashlar, xususiy oromgohlar jamoalariga, yaxshigina daromad.

Lolaqizg’aldoq uzoq yashamaydi.  Inson qoni yanglig’ hayotbaxsh bu o’simlik umr bahorining naqadar go’zal va qisqaligi, uni qanchalik qadrlash joizligini eslatayotganday…

Quyida ushbu bahoriy lahzalar aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Matn va suratlar muallifi Muhiddin Zarif

DSC01728DSC01729Read the rest of this entry »

Shimoliy Afg’onistonni sel bosdi

Posted April 28th, 2014 at 2:33 am (UTC-4)
Leave a comment

Afg’onistonning shimoli-g’arbiy viloyatlarida yuz bergan kuchli suv toshqini natijasida yuzdan ortiq odam halok bo’lgan. O’lganlarning aksariyati Juzjon va Sari Pul viloyatlaridan ekani ma’lum.

Shuningdek, minglab odam o’z uyini tashlab ketishga majbur bo’lgani aytilmoqda. Selga uchragan hududlarda oddiy paxsa devorlardan qurilgan koplab uylar vayron bo’lgan.

Yana yuzlab odamlarning yo’qolgani xabar qilinar ekan, o’lganlar sonining oshishi kutilmoqda.

Quyida ushbu toshqin oqibatlari aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.

12Read the rest of this entry »

Qirg’iziston masjidlari

Posted April 3rd, 2014 at 3:03 am (UTC-4)
Leave a comment

Qirg’izistonda 2500 dan ziyod masjid bo’lib, ularning 1800 nafari o’lkaning janibiy hududlarida faoliyat ko’rsatmoqda.

Mamlakatda masjidlar soni tez sur’atlar bilan o’sib borayotgani mutaxassislarda turli fikrlar uyg’otmoqda.

Diniy muassasalarning ko’payib borayotganidan ayrimlar tashvish bildirayotgan bo’lsa, boshqalar masjidlar sonining oshishi ma’naviyat uchun yaxshi omil ekaniga urg’u beradi.

Aytish joizki, masjidlarning aksari mustaqillik yillari, din erkinligi ancha kengaygan davrda barpo etilgan. Bir-biridan qo’zal, muhtasham binolarda Yaqin Sharq, turk, Samarqand-u Buxoro me’morchilik usullari ko’zga tashlanadi. Ularda milliy usul va naqshlardan ham foydalanilgan.

Qurilishlar nafaqat mahalliy aholi va ishbilarmonlar hamkorligi mahsuli, balki ularni barpo etishda, qayta ta’mirlashda arab, turk va boshqa xorijiy shaxslar, tashkilotlar sarmoyasidan ham foydalanilgan.

Quyida Janubiy Qirg’izistondagi ayrim masjidlar aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Matn va suratlar muallifi Muhiddin Zarif. Read the rest of this entry »

Tojikistonda Navro’z qanday nishonlandi?

Posted March 25th, 2014 at 2:28 pm (UTC-4)
Leave a comment

Har yilgidek bu yil ham Tojikistonda Navro’z tantanalari yuqori martabali rahbarlar va oddiy xalq uchun alohida-alohida o’tkazildi. Navro’zning ilk kuni, bahorgi tengkunlikda poytaxt Dushanbe va viloyat markazlarida kazo-kazolar uchun tantanalar ajoyib o’tdi.

Maxsus jihozlangan sayilgohlar tantana ishtirokchilari va mehmonlarga to’la, dasturxonlar  to’kin va fayzli bo’ldi, turli tuman qiziqarli tadbirlar tashkil etildi, taniqli xonandalar  ochiq havoda kuylashdi, raqsga tushishdi.  Oddiy xalq uchun esa bayram tantanalari yomg’irli, izg’irin bo’lishi aniq bo’lgan kunlarga qoldirildi.

Navro’z sabab oz bo’lsa-da odamlar ko’tarinki kayfiyat istashdi, hordiq ham chiqarishgandek bo’lishdi. Ayrim rahbarlar yo’lg’iz keksalarni ziyorat etishdi, bolalar uylari, maktab va kutubxonalar, kasalxonalarga baholi qudrat ko’mak ko’rsatishdi, xalq uchun taniqli hofizlarning chiqishlarini uyushtirishdi.

Bayramlarning rahbarlar va oddiy xalq uchun alohida o’tkazilishi menga ma’qul bo’lmasa ham, har holda hukumat shunchalik  qilayotganiga  shukr qilish kerak, deydi tantana ishtirokchisi bo’lgan ziyolilardan biri.

Navro’z kuni ochiq havoda viloyat markaziga borishga  qo’li qisqalik qilgan serfarzand dehqon nohiyalarda yomg’irli kunga qoldirilgan bayramni bayram hisoblamaydi.

“Kattalarimiz nuqul o’zini o’ylashadi, oddiy xalq  izg’irin-yomg’irda qoldi. Chiroq bo’lmasa, havo sovuq, bular ham bayram qilishi kerakmi axir? Bu qanaqa gap, uddalay olishmasa, qo’ysinlar, Qrimga o’xshab Rossiyga qo’shilib ketaylik, har tugul maosh berishardi, nafaqa bo’lardi, chiroq o’chmasdi”, – deydi oddiy fuqarolardan biri.

Read the rest of this entry »

Markaziy Osiyoda Navro’z shukuhi kezmoqda

Posted March 20th, 2014 at 2:53 pm (UTC-4)
2 comments

Farg’ona vodiysiga Navro’zi olam charaqlagan qiyosh, iliqlik, yashil maysa va yengil shabboda – chinakam bahor tafti bilan kirib keldi. Bu yil mintaqada qish ancha cho’zilib, ona tabiatning uyg’onishi, yangilanishi aynan sharqiy Yangi yil kunlariga to’gri keldi.

Qirg’izistonning O’sh viloyati qirg’iz dramatik teatri maydonida doshqozonlarda sumalak, sho’rva qaynadi, palov damlandi. Shifobaxsh bahor o’simliklari hamda  barra go’shtlardan tayyorlangan milliy taomlar tortildi.

Har bir go’shada – xush kayfiyat, tomosha, o’yin-kulgi. Yoshlar xizmatda, qariyalar hurmat-izzatda.

Aynan shu kunlarda bobo dehqon yerga urug’ qadayotir. Janubiy Qirg’izistonda ertangi kartoshka ekib bo’lindi. Bog’-rog’ yaratish, ko’kalamzorlashtirish ishlari avjida.

Ikir-chikirlar, gina-kuduratlarni unutib, bir-birlariga bag’irlarini ochar ekan, odamlar tinchlik, omonlik, xotirjamlik tilaydi. Har bir xonadon, har bir shahar-qishloq, barcha o’lka, jahon uchun.

Navro’z, yangilanish – bu soflik, beg’uborlik, shukronalik, yaratuvchanlik demakdir. Bu tabiatning mangu qo’shig’i emasmi?

Quyida Qirg’izistonda suratga olingan va shu kayfiyat, shu qo’shiq aks etgan rasmlarni e’tiboringizga havola etamiz. Read the rest of this entry »

Markaziy Osiyoda Navro’z tantanalari

Posted March 16th, 2014 at 6:19 pm (UTC-4)
1 comment

Navro’z bayrami – Markaziy osiyo xalqlari uchun qadim udum. Bu o’lkalar o’z mustaqilligini e’lon qilganidan beri Navro’z davlat miqyosida har yili rasman nishonlanadi.

Quyida o’tgan yillardagi tantanalarda olingan ayrim suratlarni e’tiboringizga havola etmoqchimiz.

Siz yashab turgan joyda Navro’z bayrami qanday nishonlanadi? Bu haqda bizga uzbek@voanews.com orqali o’z surat va fikrlaringizni jo’natasiz deb umid qilamiz.

Uzbek dancers in embroidered silk costumes perform during the festivities marking the Navruz holiday in Tashkent, Uzbekistan, Tuesday, March 19, 2013. Navruz ("New Year") dates back to ancient Iranian and Central Asian fire-worshippers who celebrated the spring equinox with dances and ritual food. (AP Photo/Anvar Ilyasov)

O’zbek raqqosalari Toshkentda o’tgan Navro’z bayramida xirom aylamoqda. 19-mart, 2013-yil (AP Photo/Anvar Ilyasov).

Read the rest of this entry »

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

July 2020
M T W T F S S
« Jun    
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031