Farg’ona vodiysiga Navro’zi olam charaqlagan qiyosh, iliqlik, yashil maysa va yengil shabboda – chinakam bahor tafti bilan kirib keldi. Bu yil mintaqada qish ancha cho’zilib, ona tabiatning uyg’onishi, yangilanishi aynan sharqiy Yangi yil kunlariga to’gri keldi.
Qirg’izistonning O’sh viloyati qirg’iz dramatik teatri maydonida doshqozonlarda sumalak, sho’rva qaynadi, palov damlandi. Shifobaxsh bahor o’simliklari hamda barra go’shtlardan tayyorlangan milliy taomlar tortildi.
Har bir go’shada – xush kayfiyat, tomosha, o’yin-kulgi. Yoshlar xizmatda, qariyalar hurmat-izzatda.
Aynan shu kunlarda bobo dehqon yerga urug’ qadayotir. Janubiy Qirg’izistonda ertangi kartoshka ekib bo’lindi. Bog’-rog’ yaratish, ko’kalamzorlashtirish ishlari avjida.
Ikir-chikirlar, gina-kuduratlarni unutib, bir-birlariga bag’irlarini ochar ekan, odamlar tinchlik, omonlik, xotirjamlik tilaydi. Har bir xonadon, har bir shahar-qishloq, barcha o’lka, jahon uchun.
Navro’z, yangilanish – bu soflik, beg’uborlik, shukronalik, yaratuvchanlik demakdir. Bu tabiatning mangu qo’shig’i emasmi?
Quyida Qirg’izistonda suratga olingan va shu kayfiyat, shu qo’shiq aks etgan rasmlarni e’tiboringizga havola etamiz. Read the rest of this entry »