Jalol-Obod, Arslonbob va O’zgandagi bebaho lahzalar

JALOL-OBOD O’sh singari Jalol-Obodga ham yarim kechada kirib bordim. Shahar markazidagi xonadonda mezbonlarimning ko’zi chaqnaydi, xuddi endi tong otib, yaqin bir tanishlari nonushtaga kelgandek. Katta zalda chiroyli dasturxon yozilgan, issiq ovqat tayyor. O’zimni koyidim – ertaroq yetib kelolmaganim uchun. Buning imkoni bormidi o’zi? Albatta yo’q, chunki mintaqamizda yarim soatlik uchrashuv aslida uch soat degani, uch […]

O’sh: ushalgan va ushalmagan orzular

O’sh meni o’ziga sehrlab qo’ydi. O’zbek, qirg’iz yoki rus, kimning xonadoniga bormay o’zimni uydagidek, bolaligim o’tgan hovlidagidek his etdim. 2010-yilning iyun oyidagi qonli voqealardan astalik bilan o’ziga kelayotgan, minglab qalblar bir umrga jarohatlangan bu azim shahar horg’in. Lekin ortiqcha shikoyat qilmaydi. Dardini ichiga yutib, kunini ko’rmoqda. O’shda hayot o’tgan to’rt yil ichida qanchalik o’zgardi deya […]