Showing Archived Posts

Dumalog’im, do’mbog’im – koptokkinam…

Posted June 17th, 2014 at 1:12 pm (UTC-4)
Leave a comment

Futbol bo’yicha Braziliyada o’tayotgan jahon birinchiligi – bugun Qirg’izistonda mavzularning mavzusi. Dumaloqki narsani koptokka o’xshatishadi. Shu kunlarda endigina bozorga olib chiqilgan tarvuzni ham. Kulcha-patir nonlarni ham. Tovuq tuxumi-yu havo sharlarini ham. Va keng soyabonli Amerika shlyapalari… Bahonai-sabab, bu  narsalarning bozori qizidi. Do’mboqqina bolachalar, to’ladan kelgan yigit-qizlarga nisbatan beg’araz hazil-mutoyiba, mehr-oqibatni-ku asti qo’yavering. «Do’mboqqinam, koptokkinam»… Ko’cha-ko’yu, […]

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

September 2021
M T W T F S S
« Feb    
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930