Qirg’izistonda saylov qanday o’tdi?

4-oktabr kuni Qirg‘izistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Rostini aytsam, so‘nggi daqiqagacha saylovlarning toza o‘tishiga shubham bor edi. Ayniqsa, ba’zi davlat ishxonalari xodimlaridan ularni SDPK uchun tashviqot o‘tkazishga majburlashayotgani haqida eshitgach, shubham go‘yoki tasdiqlangandek bo’ldi. Shunday bo‘lsa ham saylovga bordim. Kirib, kerakli joyga bosh barmog‘imni qo‘ydim. Kompyuter darhaqiqat shu joyda ro‘yxatdan o‘tganim va hali ovoz bermaganimni […]

Almati – tog’lar bag’ridagi mag’rur, qimmat va xushmanzara metropolis

Qozog‘istonga Bishkekdan mashinada bordim. Chegaradan o‘tish osonlashibdi. Uch soatlik yo‘l, tirband ko’chalarda tiqilib qolmasangiz. Almati mintaqaviy markazga aylangan. Qimmat. Muomala ham shunga yarasha. Shahar Qozog‘iston timsoli, o‘ziga ishonchi baland. 2022-yilgi Qishki Olimpiadaga mezbonlik qiladimi-yo’qmi, buni kelasi yil yozda bilamiz. BISHKEKDAK ALMATI TOMON: VIKTOR VA MEN Chegaradan o’tish dunyoning qayerida bo’lmasin, yurakni biroz bo’lsa-da taka-puka qiladigan […]

Jalol-Obod, Arslonbob va O’zgandagi bebaho lahzalar

JALOL-OBOD O’sh singari Jalol-Obodga ham yarim kechada kirib bordim. Shahar markazidagi xonadonda mezbonlarimning ko’zi chaqnaydi, xuddi endi tong otib, yaqin bir tanishlari nonushtaga kelgandek. Katta zalda chiroyli dasturxon yozilgan, issiq ovqat tayyor. O’zimni koyidim – ertaroq yetib kelolmaganim uchun. Buning imkoni bormidi o’zi? Albatta yo’q, chunki mintaqamizda yarim soatlik uchrashuv aslida uch soat degani, uch […]

O’sh: ushalgan va ushalmagan orzular

O’sh meni o’ziga sehrlab qo’ydi. O’zbek, qirg’iz yoki rus, kimning xonadoniga bormay o’zimni uydagidek, bolaligim o’tgan hovlidagidek his etdim. 2010-yilning iyun oyidagi qonli voqealardan astalik bilan o’ziga kelayotgan, minglab qalblar bir umrga jarohatlangan bu azim shahar horg’in. Lekin ortiqcha shikoyat qilmaydi. Dardini ichiga yutib, kunini ko’rmoqda. O’shda hayot o’tgan to’rt yil ichida qanchalik o’zgardi deya […]

Bishkek – global, erkin, ta’mirtalab shahar

Sovet davrida Frunze, ungacha esa Pishpek, bugungi kunda esa Bishkek – Qirg’iziston poytaxti – o’tgan o’n yillikda ikki inqilob va qonli, tahlikali namoyishlarga guvoh bo’ldi. Markaziy Osiyoning boshqa biror markazi yaqin o’tmishda bu qadar siyosiy voqealarni boshdan kechirmagan. Biroq Bishkek bir qarashda Sovet davridan beri ko’p o’zgarmagandek. Imoratlar, ko’chalar eskirgan. Kommunizm nishonalarini ko’rasiz atrofda. Qizig’i, […]