Showing Archived Posts

Xorijda mashhur Qirg’iziston dorbozlari bu gal vatanni gullatdi

Posted September 15th, 2014 at 1:44 pm (UTC-4)
Leave a comment

Yaqinda, yozning oxiri – kuzning dastlabki kunlarida, O’sh viloyati Novqat tumanining so’lim Sahoba oromgohida  qarqarqishloqlik mashhur dorbozlar guruhi tomosha ko’rsatdi. Hafta davomida ixlosmandlarning safi arimadi. “Qo’shni Aravondan keldik. Ota-bobolardan qolgan bu qadim san’atni sog’inib qolgan ekanmiz, maza qildik, – deydi o’zini fermer deb tanishtirgan Azamat aka Vohidov. – Avvallari biz tomonda ham yilda ikki-uch bor […]

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

March 2024
M T W T F S S
« Feb    
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031