Showing Archived Posts

Tojikiston nohiyalarida Navro’z qanday o’tdi?

Posted March 27th, 2017 at 10:17 am (UTC-4)
Leave a comment

Navro’z, ayrim olimlarning ta’kidlashlaricha, hozirda yer yuzida qariyb bir milliard odam yashovchi 100 miilon kvadrat kilometrdan ortiq hudud xalqlari orasida nishonlanadi. Navro’z YUNESKO tarafidan umumbashar madaniy-tarixiy an’ana merosi  sifatida tan olingan. Navro’z hozirgi Tojikiston hududida, ayrim olimlarning aytishicha, bundan besh ming yil ilgari ham nishonlanib kelingan va bahorgi tengkunlik, dehqonchilik ishlarining boshlanishidan darak bergan. Islom […]

Tags: , , Posted in Tojikiston

Bahor taom tortmoqda – quvvatli, totli va shifobaxsh

Posted March 16th, 2015 at 9:48 am (UTC-4)
Leave a comment

O’shlik qariya Yo’ldoshboy ota erta bahordan tevarak-atrofdagi qir-adirlarni kezishni odat qilgan. U qor ortidan unib chiqqan mitti gullar, barg otayotgan o’simliklarni teradi. “Ko’klamga yetkazganiga shukr, ko’zingizga surtib, iste’mol qiling – udum shunaqa, – deydi u ko’k o’t dastalarini mahalladagilarga ulashar ekan. – Qishdan horib chiqqan tanangiz uchun ismaloq, jag’-jag’, yalpizdan bo’lgan yemak ming kimyoviy darmondoridan […]

Tags: , Posted in Qirg'iziston

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

March 2024
M T W T F S S
« Feb    
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031