Showing Archived Posts

Markaziy Osiyo Yoshlar Ligasi: yangi davrda – yangicha harakat

Posted March 18th, 2018 at 9:48 pm (UTC-4)
Leave a comment

Markaziy Osiyoning olti mamlakati (Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston) xalqlari birdam bo‘lib yashashi va umumiy sa’y-harakatlar bilan rivojlanishi kerakligi haqidagi fikr – yangilik emas. Ko‘p o‘qimishli va obro‘li odamlar bunday fikrni ilgari surganlar. Ammo, ma’lum sabablarga ko‘ra, shu paytgacha bunday bunyodkor fikr shirin umidligicha qolib kelgan. Bugun biz Markaziy Osiyoda yangicha kayfiyatni kuzatyapmiz. […]

Faryobda iftor, o’zbeklar davrasida

Posted June 20th, 2016 at 11:47 am (UTC-4)
Leave a comment

Afg’onistonning Faryob viloyatidamiz. Iftor dasturxoni yozilgan. Mamlakatning turli burchaklaridan kelgan 250 dan oshiq talaba yonma-yon o’tiribdi. Tashabbus faryoblik Nosir Ahmad O’zbeko’g’lidan chiqqan bo’lib, tadbirga mahalliy jamoatchilik homiylik qildi. Faryob universitetidagi bu iftorga rasmiylar ham keldi. Yoshlar birdam ekan, davlat xursand, deydi arboblar. Nosir Ahmad O’zbeko’g’li fikricha, iftor bahonasi bilan yoshlar bir-birini yaxshiroq tanib, hamjihatlik kuchayadi.

Tags: , , , Posted in Afg'oniston

Tojikiston: hunarmandchilik xotin-qizlar uchun tirikchilik

Posted June 30th, 2015 at 10:36 am (UTC-4)
Leave a comment

Mamlakatda ishsizlik keng tarqalgani va ishlab chiqarish qisqarib ketgani sabab erkaklarning asosiy qismi vatanni tark etgan. Xotin-qizlar esa sakkiz million aholining qariyib 55 foizini tashkil etadi. Ayollar aksariyat hollarda uyda, ro’zg’or yumushlari va bolalar bilan band. Hukumat keyingi yillarda mahalliy hunarmandchilikni rivojlantirish harakatida. Shu bilan xotin-qizlarni mehnatga jalb etishga intilmoqda. 2014-yilda Sug’d viloyat hokimiyati shu […]

Tojikiston mehnat bozori: yollanma ishchi kuchi qadrsizlanib ketgan (fotolar)

Posted May 30th, 2015 at 5:22 pm (UTC-4)
Leave a comment

Tojikiston ichki iqtisodiyoti, umuman fuqarolar kunlik hayotining 60 foizdan ortig’i mehnat  muhojirlarining chetdan yuborayotgan mablag’lariga bog’lanib qolgan. Migratsiya masalalarini tadqiq etuvchi xalqaro tashkilot ma’lumotlariga ko’ra, Tojikistonga 2010- yildan 2014-yilgacha mehnat muhojirlari asosan Rossiya va Qozog’istondan har yili o’rtacha 3 millarddan 4,5 milliard dollargacha pul jo’natib turishgan. Ukrainadagi mojaro sabab G’arb davlatlari Rossiyaga joruy etgan iqtisodiy […]

Jalol-Obod, Arslonbob va O’zgandagi bebaho lahzalar

Posted September 20th, 2014 at 12:35 am (UTC-4)
1 comment

JALOL-OBOD O’sh singari Jalol-Obodga ham yarim kechada kirib bordim. Shahar markazidagi xonadonda mezbonlarimning ko’zi chaqnaydi, xuddi endi tong otib, yaqin bir tanishlari nonushtaga kelgandek. Katta zalda chiroyli dasturxon yozilgan, issiq ovqat tayyor. O’zimni koyidim – ertaroq yetib kelolmaganim uchun. Buning imkoni bormidi o’zi? Albatta yo’q, chunki mintaqamizda yarim soatlik uchrashuv aslida uch soat degani, uch […]

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

April 2024
M T W T F S S
« Feb    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930