Showing Archived Posts

Qirg’iziston: Sahoba – qadim mozor, obidalar va oromgoh

Posted September 9th, 2014 at 4:24 pm (UTC-4)
Leave a comment

Sahoba – ko’hna mozorga berilgan nom. Kech bahordan to kuzning o’rtalarigacha bu so’lim go’sha gavjum. Salqin tog’ havosi, betakror tabiat, qadim ziyoratgohlar  mintaqaning turli burchaklaridan minglab odamlarni o’ziga jalb qiladi. Sovuq tushgach, odatda, ziyoratchilar kamayadi va Sahobaning kuzgi-qishki jilosidan  faqat mahalliy aholi, asl tabiat  shaydolari-yu, betinim tadqiqotchilar bahramand bo’lishadi. Sahoba ziyoratgohi O’shdan 40 chaqirim g’arbroqda, […]

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

March 2023
M T W T F S S
« Feb    
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031