Chet elda OVIR muddati o’tib ketgan fuqaro javobgarlikka tortiladimi?

Posted June 10th, 2013 at 5:40 pm (UTC+0)
28 comments

O’zbekistondan xorijga chiqish uchun beriladigan OVIR vizasi haqida fuqarolardan bizga ko’plab savollar tushadi. Quyida ana shunday savollarning ayrimlariga javob bermoqchimiz.

Savollar:

1. Xorijdagi O’zbekiston fuqarosi, agar OVIR vizasi muddati o’tib ketgan bo’lsa, o’zi yashab turgan davlatdan boshqa bir xorijiy davlatga OVIRsiz chiqishi mumkinmi? Bu fuqaro keyinroq O’zbekistonga qaytsa,  muammo bo’lmaydimi ?
2. Xorijdagi O’zbekiston elchixonasi yoki konsulligida OVIR muddatini cho’zdirish mumkinmi?
3. OVIR vizasini olish muddati qancha?
4. OVIR vizasini doimiy muddatga olish mumkinmi?

Javoblar:

(AUDIO: OVIR vizasi haqida )

Muddati tugagan OVIR vizasi bilan bir xorijiy davlatdan ikkinchi xorijiy davlatga chiqish mumkinmi?

OVIR vizasi faqatgina O’zbekiston hududidan tashqariga chiqish uchun ruxsat beradigan viza bo’lib, chet elda bo’lgan davrda OVIR vizasi muddatining tugashi MDH davlatlaridan boshqa chet el davlatlariga chiqishga to’sqinlik qilmaydi. O’zbekiston hududidan MDH davlatlariga chiqish uchun OVIR vizasi talab etilmaydi. Ammo OVIR vizasisiz chiqish mumkin bo’lgan MDH davlatlariga chiqib, undan so’ng boshqa xorij davlatlariga OVIR vizasisiz chiqib bo’lmaydi. Chunki bu narsa O’zbekiston orqali OVIR vizasi bilan chiqish lozim bo’lgan davlatlarga OVIRsiz chiqishga urinish, deya baholanadi. Buning oldini olish maqsadida, O’zbekiston Respbulikasi va MDH davlatlari o’rtasidagi kelishuvga binoan, MDH davlatlaridan OVIR vizasisiz yoki OVIR vizasining amal qilish muddati tugagan holda boshqa xorij davlatiga chiqishga yo’l qo’yilmaydi. Agar shaxsning OVIR vizasi mavjud emasligi yoki amal qilish muddati o’tganligi MDH davlatlari mutasaddilari tomonidan uchinchi xorijiy davlatga chiqib ketish paytida aniqlansa, bunday fuqaroning xorijga chiqishiga yo’l qo’yilmaydi va avval OVIR olish uchun O’zbekistonga qaytib borishga majbur qilinadi. Shuning uchun, agar OVIR vizangizning amal qilish muddati tugagan bo’lsa, MDH davlatlaridan biriga borib, u yerdan hozir o’zingiz yashayotgan davlatga yoki boshqa xorijiy davlatga OVIRsiz chiqib keta olmaysiz. MDH davlatlaridan turib uchinchi xorijiy davlatga chiqishdan oldin O’zbekistonga borib, OVIR vizasini yangilashingiz kerak bo’ladi. Ammo, MDH tarkibiga kirmagan davlatlarga amal qilish muddati tugagan OVIR vizasi bilan bemalol kirib, u yerdan boshqa xorijiy davlatga qaytib chiqib ketishingiz mumkin.

Muddati tugagan OVIR vizasi bilan bir xorijiy davlatdan ikkinchi xorijiy davlatga chiqqanlik uchun javobgarlik bormi?

Yuqorida aytilganidek, OVIR vizasi faqat O’zbekistondan chet davlatlarga chiqish uchun lozim bo’lgan xorijga chiqish ruxsatnomasidir. Shuningdek, MDH davlatlariga chiqish uchun ham OVIR vizasi talab qilinmaydi. MDHdan tashqaridagi biror xorijiy davlatga OVIR vizasi bilan chiqqan bo’lsangiz va xorijdalik paytingizda OVIRingiz muddati tugagan bo’lsa va siz yana boshqa bir xorijiy davlatga chiqishga ehtiyoj sezsangiz, bu safaringizni OVIR vizasisiz amalga oshirishingiz mumkin. Bunda O’zbekistonning xorijga chiqishga oid qonun-qoidalarini buzmagan bo’lasiz va O’zbekistonga qaytganingizdan keyin ham biror jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortilmaysiz.

Elchixonada OVIR vizasi muddatini cho’zdirish mumkinmi?

Xorijda muddati tugagan OVIR vizalarini yangilash shart emas. Ammo zarurat tug’ilganda, chet elda doimiy yashovchi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari  “O’zbekiston Respublikasining konsullik ustavi” 43-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi Tartibi”ning 5, 6-bandlariga ko’ra, o’zlari yashab turgan mamlakatdagi O’zbekiston Respublikasi elchixonasi yoki konsulligi orqali O’zbekiston Respublikasidan chiqish vizalarini olishlari mumkin. Xorijda turib OVIR vizasining muddatini diplomatik vakolatxonalar orqali almashtirmoqchi bo’lgan shaxs chet elda doimiy yashash huquqiga ega bo’lishi va elchixona yoki konsullikda xorijda doimiy yashovchi O’zbekiston fuqarosi sifatida ro’yxatdan o’tgan bo’lishi kerak. Agar siz chet elda doimiy yashash huquqiga ega bo’lsangiz, elchixona yoki konsullikda xorijda doimiy yashovchi fuqaro sifatida ro’yxatdan o’tishingiz muammo bo’lmaydi. Diplomatik vakolatxonalarga bog’lanib,  u yerda ro’yxatdan o’tishingiz mumkin. Diplomatik vakolatxona OVIR vizasini rasmiylashtirishni 30 ish kuni ichida hal qilib berishi lozim.

Shuningdek, xorijda doimiy yashovchi O’zbekiston fuqarolari pasportlarini elchixona yoki konsullik orqali yangilaganda, pasportga yangi OVIR vizasi qo’yib beriladi. Xorijda muddati tugagan pasportni yangilash yo’l-yo’riqlari haqida “Xorijdan turib pasportni almashtirish mumkinmi?” maqolasida to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.

OVIR vizasini olish muddati qancha?

O’zbekistonda OVIR vizasini 15 ish kuni ichida berish lozimligi belgilangan. OVIR vizasi berilgan sanadan boshlab ikki yilgacha yaroqli hisoblanadi. Agar chet elda doimiy yashash huquqiga ega bo’lsangiz,  doimiy muddatga OVIR vizasini olishiningiz mumkin. O’zbekistonda turib doimiy OVIR vizasini olish uchun ariza berganda bu jarayon 15 kundan 30 kungacha vaqt olishi mumkin. Diplomatik vakolatxona orqali ham doimiy muddatga OVIR vizasini olish mumkin. Doimiy OVIR vizasi cheklanmagan muddatga beriladi. Bu haqda to’liq ma’lumotni “Doimiy muddatga OVIR olish mumkinmi?” maqolasidan topishingiz mumkin.

OVIR vizasini doimiy muddatga olish mumkinmi?

O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to’g’risida”gi qonuni6-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan erkak yoki ayolning chet el fuqarosi bilan yoxud fuqaroligi bo’lmagan shaxs bilan nikohdan o’tishi, shuningdek bunday nikohning bekor qilinishi er yoki xotinining fuqaroligi o’zgarishiga sabab bo’lmaydi. Demak, Turkiya fuqarosiga turmushga chiqqan bo’lsangiz ham (agar o’z xohishingiz bilan O’zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishni so’rab murojaat qilmagan bo’lsangiz)  siz O’zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanasiz. Bundan kelib chiqadiki, sizning O’zbekiston Respublikasidan chel elga chiqishingiz hamda O’zbekistonga qaytib kirishingiz kabi masalalarda O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga qanday qoida qo’llanilsa, sizga nisbatan ham shunday qoidalar tatbiq etiladi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining chel elga borishlari tartibi to’g’risida”gi 1995-yil 6-yanvardagi 8-sonli qaroriga 1-ilovaning II bo’lim, 1-bandiga ko’ra, chet elga bormoqchi bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari belgilangan tartibda anketa-arizani to’ldirgan va O’zbekiston Respublikasi pasportini taqdim etgan holda yashash joylari bo’yicha ichki ishlar organlariga murojaat qiladilar. Ichki ishlar organlari fuqarolarning anketa-arizasini 15 kunlik muddatda ko’rib chiqadilar va uning pasportiga chel elga vaqtinchalik borish uchun ikki yil davomida amal qiladigan ruxsat berish yozuvi stikeri (OVIR) ni yopishtiradilar.

Siz birinchi marta Turkiyaga kelishingiz oldidan yuqorida keltirilgan tartib bilan  ikki yil muddat davomida chel elga chiqish uchun ruxsatnoma (OVIR) olgansiz. Ushbu ikki yillik muddat tugab siz O’zbekiston Respublikasiga qaytganingizdan so’ng yana O’zbekiston Respublikasidan chiqish uchun ruxsatnoma (OVIR) olishingiz kerak bo’ladi. Ammo siz O’zbekiston Respublikasining chel elga doimiy yashash uchun ketayotgan fuqarosi sifatida yuqorida keltirilgan ikki yillik chet elga chiqish uchun ruxsatnoma emas, balki chet elga chiqish uchun muddatsiz ruxsatnoma olish huquqiga egasiz. Buning uchun pasportingizni taqdim etgan holda yashash joyingiz bo’yicha (ya’ni pasportingiz bo’yicha O’zbekiston Respublikasidagi manzilingiz) ichki ishlar organlariga murojaat qilasiz. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida keltirilgan qarori 1-ilovasi, 2-bo’limi, 2-qismiga ko’ra, doimiy yashash uchun chet elga ketayotgan shaxslarga ichki ishlar organlari ularning pasportidagi vizalar uchun nazarda tutilgan betga doimiy yashash uchun chel elga borishga ruxsat berish yozuvi stikerini amal qilish muddatini ko’rsatmasdan yopishtiradilar. Doimiy yashash uchun chet elga ketayotgan shaxslar uchun hujjatlarni ko’rib chiqish muddati 30 sutkagacha uzaytirilishi mumkin.

Demak, siz O’zbekiston Respublikasiga borib, yana Turkiyaga qaytishingiz uchun albatta OVIR olishingiz kerak, lekin siz ikki yillik muddatdagi OVIR uchun emas, balki doimiy yashash uchun chet elga ketayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida muddatsiz OVIR olish uchun murojaat qilishingiz kerak.

28 responses to “Chet elda OVIR muddati o’tib ketgan fuqaro javobgarlikka tortiladimi?”

  1. byob9193 says:

    1. “Ammo, MDH tarkibiga kirmagan davlatlarga amal qilish muddati tugagan OVIR vizasi bilan bemalol kirib, u yerdan boshqa xorijiy davlatga qaytib chiqib ketishingiz mumkin” MDH davlatlaridan tashqari qaysi davlatga OVIR visasini olmasdan/muddatini yangilatmasdan turib chiqib ketish mumkin? Chegaradan chiqishga ruxsat berishadimi?

  2. byob9193 says:

    2. “O’zbekiston Respublikasining chel elga doimiy yashash uchun ketayotgan fuqarosi sifatida yuqorida keltirilgan ikki yillik chet elga chiqish uchun ruxsatnoma emas, balki chet elga chiqish uchun muddatsiz ruxsatnoma olish huquqiga egasiz. Buning uchun pasportingizni taqdim etgan holda yashash joyingiz bo’yicha (ya’ni pasportingiz bo’yicha O’zbekiston Respublikasidagi manzilingiz) ichki ishlar organlariga murojaat qilasiz”
    Muddatsiz OVIR olish uchun murojaat qilingandan doimiy ro`yxatda/propiskada turgan manzildan chiqishingizni talab qilmaydimi?

    • Malika says:

      Assalom alaykum men 2013 yılda tiblisga ketgandim u yerdan turkiyaga keldim 2014 yılda deport bolib azarbaycanga ketdim turkiyaga qochoq yol bilan kırıb keldim ovir vize olmaganman ozbekiston ga qaytish niyatim yoq turkiyada sığınma ishini qildirsam boladimi ozbekiston imiz ga faqat mehmon bolib borip kelsam boladimi

  3. byob9193 says:

    3. “xorijdalik paytingizda OVIRingiz muddati tugagan bo’lsa va siz yana boshqa bir xorijiy davlatga chiqishga ehtiyoj sezsangiz, bu safaringizni OVIR vizasisiz amalga oshirishingiz mumkin. Bunda O’zbekistonning xorijga chiqishga oid qonun-qoidalarini buzmagan bo’lasiz va O’zbekistonga qaytganingizdan keyin ham biror jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortilmaysiz”
    Yuqorida ko`rsatib o`tilgan ma`lumot Jinoyat Kodeksi 223-moddasiga zid kelmaydimi?

    Статья 223. Незаконный выезд за границу или незаконный въезд в Республику Узбекистан
    Выезд за границу, въезд в Республику Узбекистан или переход границы в нарушение установленного порядка —
    наказывается штрафом от двухсот до четырехсот минимальных размеров заработной платы или лишением свободы от трех до пяти лет.
    (санкция части первой статьи 223 в редакции Закона Республики Узбекистан от 15 декабря 2006 года № ЗРУ-70 — СЗ РУ, 2006 г., № 51-52, ст. 498)
    Те же действия, совершенные:
    а) путем прорыва;
    б) по предварительному сговору группой лиц;
    в) повторно или опасным рецидивистом;
    г) должностным лицом, выезд за границу которого требует специального согласования;
    д) лицом, которому право на въезд в Республику Узбекистан ограничено в установленном порядке.
    (диспозиция части второй статьи 223 в редакции Закона Республики Узбекистан от 29 декабря 2012 года № ЗРУ-345 — СЗ РУ, 2013 г., № 1, ст. 1)
    наказываются лишением свободы от пяти до десяти лет.
    Освобождаются от ответственности иностранные граждане и лица без гражданства, прибывшие в Узбекистан без надлежащего оформления въездных документов для использования права политического убежища, предусмотренного Конституцией Республики Узбекистан.

  4. dilya says:

    Hello, OVIR visasi bilan Turkiya yoki MDH davlatlariga uzok muddat davomida ishlash mumkinmi?

    • Behzod says:

      OVIR vizasi faqat O’zbekistondan chiqish uchun. Xorijga chiqqaningizdan keyin u yerda qancha muddat qolishingiz OVIR muddatiga emas, balki o’zingzining xohishingiz yoki u davlatdagi vizangiz muddatiga bog’liq. OVIR xorijda ishlash huquqini bermaydi, bu ham sizning u davlatdagi status/vizangizga bog’liq bo’ladi.

    • Shahnoza says:

      Salom men turkiyadaman over viz am bor shu avir vizasi bilan turkiyadan amerikaga ketsam boladimi

  5. feruza says:

    Assalomalekum, savolim bor edi, chet elda talaba bb uqiyotgan ikki uzbek nikohdan utishi uchun nimalar kk, Masalan germanyadagi elchixonada, qayerdan anniq ma’lumot olsa buladi.
    elchixonaga tel qisam, konsulga tel qilin deyishdi, konsullikka tel qisam, konsulli oldiga kelib keting deydi, telefonda etishomidimi qanday dakumentlar kk ligini, yo tovba shunaqayam bularikanmiya?!

  6. madina says:

    salom. bir vaqtnig ozizda ikki davlat fuqorosining OVIL viza muddati otib ketsa keyin yana xorijga chiqishga ruxsat etiladimi

  7. GULI says:

    Man 2012 yilda ROSSIYA ga bordim uyerda 3 oy qoldim undan keyin esa rosiiyadan TURKIYA ga borishni xoxladim buning uchun esa OVIR yoq edi manda bazi bir sabablarga kora OZBEKISTONGA qaytishni hohlamadim va ROSSIYA dan UKRAINA ga borib uyerdan esa TURKIYAGA uchdim hozir esa TURKIYA dan OZBEKISTONga qaytishni istayapman Savolim shuki Man OZBEKISTON ga borganda jinoiiy javobgarlikk tortilamanmi yani qonunni buzgan hisoblanamanmi ???

  8. Fuqaroligi yok shaxs uchun horijga chiqish pasporti bilan turkiyega kendim over vizam biti. Pasportimni suragi tugayapti man horijdayok pasportimni yangilashim mumkinmi va butunlay turkiye fuqorosi bulmoqciman doyimi kolmoqchiman buning uchun nima qilishim kerak

  9. sherife says:

    Мен 2011 йилда туркияга келдим.визам хам тугади.якинда паспортими хам йукотиб куйдим.узбекистонга борсам жиноий жавобгарликка тортилишим мумкинми.2016 йил апрелда узбекистонга кайтмокчиман.менга кандай жазо куйилиши мумкин.илтимос маслахатингизга ихтиёжим бор

  10. BEHZOD says:

    Salom hozir men qiyint holatda qoldim savollarimga toliq javob hohlayapman
    men bundan 2 yarım yil oldin turkiyaga kelganman
    turkiyaga rassiyadan kelganim uchun viza olmaganman va bu yerdanham royhatdan otmaganman
    hozir men shu yerdan ozimni hayotimni qurmoqchi bolyapman yoqtirgan qizim bor 1 yarım yıldan beri bir birimizni taniymiz ü bilan turmush qurmoqchimiz. Va turkiya fuqaroligini olmoqchiman
    men hozir nima qilishim kerak bu holatda
    Qonuniy zagsdan otish uchun ozbekistonni konsulidan uylanmaganlik haqida guvohnoma olish kerak ekan men u yerga borib bu guvohnomani istasam menga biror jazo beriladimi masalan deport qilinish yoki shunga ohshagan

  11. BEHZOD says:

    Savollarga javob berishingizni iltimos qilib kutib qolaman

  12. Kredit olgan fuqaro xorijga boraoladimi?

  13. соня says:

    Turkyaga borish uchun yoshni axamyati kanday nechi yoshdan keyn borish huquqiga EGA, turmushga chikkan bolishi shatrmi, javobingiz uchun oldindan raxmat

  14. Abdu says:

    Salom aka aka masalan dubaida ovir visa tugadi amerikaga oqishga chiqmoqchi yoki umraga saudiyaga chiqsa boladimi

Leave a Reply to dilya Cancel reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Blog haqida

Yuridik klinika - "Amerika ovozi" saytining yuridik maslahatlar sahifasi. O'zbekiston qonunchiligi, xorijga chiqish-kelish, fuqarolik, immigratsiya kabi mavzularda huquqiy savollaringiz bo'lsa, ularni bizga uzbek@voanews.com elektron pochta manzili orqali yo'llashingiz mumkin.
Savollaringizga malakali huquqshunoslar javob beradi.
Ushbu blog fuqarolar huquqiy savodxonligini oshirish bilan shug'ullanuvchi "Tashabbus" nodavlat tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Taqvim

June 2013
M T W T F S S
    Jul »
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930